Beton qorish shoxobchalari

Beton qorish shoxobchalari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Beton qorish shoxobchalari - rasmi

Material tavsifi

Beton qorish shoxobchalari Reja: Beton qorishmasini sifatini tekshirish Beton qorishmalarini tayyorlashda xavfsizlik texnikasi. Beton qorishmasini tashish va quyish joyiga uzatib berish Beton qorish shoxobchalari Beton aralashtirish zavodlarida, shuningdek, yig'ma temirbeton buyumlar ishlab chiqarish tsexlarida beton aralashtirish uskunalari ishlatiladi. Ular minora (vertikal) va ikki pog'onali (porter) tarzida o'zaro joylashtiriladi (rasm 1.11.). Rasm 1.11. Beton aralashtirish uskunasini o'zaro joylashtirish sxemasi. a-minorali (vertikal), b-ikki pog'onali (porter); 1-to'ldiruvchi ombor konveyeri; 2-sarf bunkerga to'ldiruvchini uzatish konveyeri; 3,9,10-buriluvchan to'ldiruvchi tarqatish voronkasi; 4-sarflash bunkeri; 5-tsement uzatish pnevno-quveri; 6,7,8-tsement,to'ldiruvchi va suv meoyorlagichi; 11-beton aralashtirigich; 12-tarqatuvchi bunker; 13-avtobetoontashigich; 14-avtotsementtashigich; 15-konveyer (ko'targich). Minorali uskunaga betonni tashkil qiluvchilar 1 va 2 konveyerdan 4 sarf bunkeriga kelib tushadi, u yerdan 6,7,8 meoyorlovchilar orqali o'tib 11 beton aralashtirgichga o'tadi. Tayyor beton tarqatish bunkeri 12 ga kelib tushadi. U yerdan avtotransport 13 ga yuklanadi. Ikki pog'onali uskunada yuqoridagi ish ikki satxda bajariladi. Bunday uskunalar rejada ko'p joy egallaydi, lekin balandligi unga katta emas. Beton qorishmalarini tayorlashda sikl bo'yicha ishlovchi avtomatlashtirilgan boshqaruvli tsex xam keng qo'llaniladi. U ikki seksiyadan iborat bo'lib, ular alohida joylashgan bunker, meoyorlovchi va aralashtirgichdan iborat bo'lib, ular o'z aro vertikal joylashgan. SB-134A rusumli beton aralashtirish uskunasi sikl bo'yicha ishlovchi uskuna bo'lib, unga material ikki satxda uzatib boriladi. Ular yordamida qo'zg'aluvchanligi yuqori beton qorimashlari tayyorlanib, mehnat unumdorligi 20 m3soat ni tashkil etadi. Unga karaganda quvvati kuchli bo'lgan uskunalar: SB-167-60 m3soat, SB-109-120 m3soat ni tashkil etadi. Agar beton qorishmasi zarur bo'lgan qurilishlar turli rayonlarga ayniqsa qishloq sharoitida tarkab ketgan bulsa harakatlanuvchan avtomatlashgan SB-61A uzliksiz ishlovchi, mehnat unimi 5 m3soat bo'lgan uskuna ishlatiladi (rasm 1.12.). Rasm 1.12. SB-61A avtomatlashgan harakatlanuvchi beton aralashtirgich sxemasi. 1-aralashtirgich; 2,8-lentali konveyer; 3-lentali yuklagich (pitatelg'); 4-isitgich; 5-to'ldiruvchi meoyorlagichi; 6-bog'lovchi meoyorlagichi; 7-bog'lovchi bunkeri; 9-to'ldiruvchini qabul qilish bunkeri. Uskuna ikki o'qli g'ildirakli tirgakka o'rnatilib, u ikki valli aralashtirgich 1- to'ldiruvchi sarf bunkeri 7- tsement va to'ldiruvchi meoyorlagichi 6,5, lentasimon uzatgich 3, lentali konveyer 2,8 dan tashkil topib, isitish isitgich 4 yordamida bajariladi. Bunday uskunalar ish tamom bo'lgach yengil yig'iladi va boshqa qurilishga ko'chiriladi. Avtomatlashgan beton aralashtirish uskunalarini boshqarishni avtomatlashtirish o'z navbatida tayyorlanadigan beton qorishmasini sifatini taominlashda katta ahamiyatga ega. Jarayonlarni avtomat usulda boshqaruvchi boshqarish stansiyalari sifatida SUB-31, SUB-32 va boshqalar qo'llaniladi. SUB-31 stansiyasi 3 ta to'ldiruvchi meoyorlovchisi, tsement meoyorlovchisi va 2 ta suyuqlik meoyorlovchilarining boshqaradi. SUB-32 stansiya material sarfi bunkeri, meoyorlash, aralashtirish va tayyor mahsulotni yuklash kabi ishlarni avtomatlashgan dasturga asosan uzoqdan boshqarish imkoniga ega. Beton qorish ishlarini boshqarishni eng takomillashgan uskunasi KD-1500 komplektlangan jihoz bo'lib, unda boshqarish ishlarini BMU pulpti boshqaradi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 254.58 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 254.58 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga