Beton qorishmasini quvurlar yordamida tashish

Beton qorishmasini quvurlar yordamida tashish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Beton qorishmasini quvurlar yordamida tashish - rasmi

Material tavsifi

Beton qorishmasini kuvurlar yordamida tashish Reja: Beton qorishmasini kuvurlar yordamida tashish Temirbeton buyumlarni tayyorlashda qoliplar va qoliplash ishlari Bu usul bir joyda xajmi katta bo'lgan (poydevor massivlari, betonni asosi qismi quyma temir-betondan barpo qilinayotganda, armaturasi zich joylashgan konstruksiyalarda, jihoz tagi poydevor hamda ko'p qavatli binolar konstruksiyalariga beton quyishda qo'llaniladi. Bunda asosiy vazifani beton nasoslari bajaradi. Beton qorishmasi beton aralashtirgichdan qabul bunkeri 8 ga uzatiladi, u yerdan nasos beton tashuvchi quvur 5 ga uzatiladi, u yerdan manipulyator 3 ga. Strela sharnirli bo'lib, uchta seksiyadan iborat, xar bir seksiya gidravlik domkrat 4 bilan jihozlangan. Beton o'tkazgichning oxirida egiluvchan tutgich joylashgan bo'lib u tushayotgan beton qorishmasining tezligini pasaytirish, shuningdek strelani o'zgartirmagan holda uni burib ish frontini kengroq olish imkonini yaratadi. Xaydash tezligini o'zgartirish 7 pulpt yordamida amalga oshiriladi. Keyingi paytlarda avtobetonnasos-avtobeton aralashtirgichlar keng qo'llanmokda (rasm 1.16. ) Rasm 1.16. Avtobetonnasos-avtobeton aralashtirgich. 1-avtomobilp shassisi; 2-gidroyuritma; 3-egiluvchan beton o'tkazgich; 4-baraban; 5- boshqarish pulpti; 6-betonnasos; 7- tarqaluvchi lotok; 8- monipulyator; 9- suv uchun bak; Beton qorishmasini havoli xaydagichlar yordamida xaydash orqali qo'zg'aluvchanligi konus cho'qishi 6-8 sm, to'ldiruvchi diametri 40 mm gacha bo'lgan betonlarni gorizontal bo'yicha 200 m va 35 m balandlikka xaydab berish mumkin. Bunday usulda beton xaydashda oraliqlarda tanafuss bilan ishlash imkonini yaratuvchi siqilgan havoli quvur ham ko'zda tutilgan. havoli xaydagichlar kam armaturalangan yupqa devorli tuzilmalarda shuningdek choklarni to'ldirishda ishlatiladi. 0,25-0,3 MPa bosimda siqilgan havo kuchi bilan 1,5-2 msek tezlikda beton qorishmasini xaydash mumkin. Temirbeton buyumlarni tayyorlashda qoliplar va qoliplash ishlari Qolip - beton qorishmasini quyib, quyilayotgan buyum yoki konstruksiyaga maolum loyihani o'lchash va shakl beruvchi vaqtinchalik yordamchi konstruksiya. Qolipga beton qorishmasi quyilib, u qotgunga qadar ushlab turiladi. Qolip yuk ko'taruvchi, ushlab turuvchi va shakl beruvchi elementlardan tashkil topadi. Qolip quyidagi talablarga javob berishi zarur: etarli darajada mustahkam; ishchi holatda o'z shaklini o'zgartirmaslik; texnologik yuk va beton qorishmasi bosimidan geometrik o'lchashni o'zgartirmaslik; quyilgan konstruksiyalar yuzalari sifatini taominlash; yig'ish va echib olish qulay bo'lishi; bir necha marotaba qo'shimcha taomirlashsiz ishlatish. Konstruktiv jihatdan qoliplar quyidagi turlarga bo'linadi: echib qayta o'rnatiladigan mayda donali; yig'ib - qayta o'rnatiladigan yirik shitli; ko'tarib, qayta o'rnatiladigan; bloksimon; xajmiy-fazoviy; sirpanuvchi; gorizontal harakatlanuvchi; pnevmatik, echilmaydigan va isitiladigan. Buyumlarni qoliplash uchun foydalaniladigan qoliplar va stendlar buyumga bo'lgan standart va texnikaviy sharoitlar va loyiha hujjatlari talabiga javob berishdagi yo'l qo'yiladigan og'ishga ega bo'lgan o'lchamdagi buyumlarni tayyorlashga mo'ljallangan, GOST 25781-83* ga muvofiq bo'lishi lozim. Qolip tayyorlash uchun II, II va IV navli igna bargli daraxt taxtalari, suvga chidamli fanera, varaqsimon, profilli po'latlar, stekloplastik buyumlar, plastmassalar, armotsement, asbest ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 123.71 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 123.71 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga