Beton quyish ishlari Reja: Quyma tuzilmalar Utirish choklari harorat choklari Betonning cho'qishidan chok Quyma tuzilmalar - deb, joyning o'zida quyilib tayyorlanadigan tuzilmalarga aytiladi Beton quyish ishlari - beton va temirbeton konstruksiyalar barpo qilishning eng oxirgi va maosuliyatli jarayondir. Quyilgan beton qorishmasi loyihada ko'zda tutilgan shakldagi tuzilmani hosil qiladi. Beton quyish ishlarini boshlashdan oldin qolipning loyihaga mosligi, o'lchamlari, mustahkamligi, unga o'rnagan armatura karkasi, to'rining va zakladnoylarining o'rnida, shuningdek, mosligi tekshirib ko'riladi. Agar beton qorishmasi bevosita yer ustiga qo'yiladigan bo'lsa, u holda asosni tayyorlanish darajasi tekshirilib ko'riladi. Tekshirishlar natijalari bekib ketadigan ishlar dalolatnoma bilan rasmiylashtirilb qo'yiladi. Ish boshlashdan oldin shu dalolatnomalar to'liq o'rganilib chiqilishi lozim. Shuni esda tutish kerakki, qotib qolgan betonni yoki beton konstruksiyalarda yo'l qo'yilgan xatoni to'g'rilash juda katta qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun beton quyish texnologiyasiga to'liq amal qilish maqsadga muvofiqdir. Xar qanday qolip beton quyish ishlaridan oldin bosimli suv yoki siqilgan havo bilan beton qorishmasi qo'yiladigan qolip tozalanishi zarur. Beton quyish ishlarini boshlashga 1 soat qolganda yog'och va fanera qoliplar suv sepib namlanadi. Agar qolipda 8 mm dan ortiq bo'lgan yoriqlar bo'lsa ulardan tsement suti oqib ketmasligi uchun choklari to'ldiriladi. Armaturalar zangdan va loydan tozalandi. Beton quyish ishlariga qatnashadigan barcha mashina va mexanizmlar xam ish boshlashga shaylab qo'yiladi. Beton qorishmasini qabul qilish, tarqatish va zichlash uzluksiz ketma-ketlikda bajariladi. Shuning uchun ushbu texnologik jarayon doimo texnik nazorat ostida olib turilish zarur. Buning uchun xar kuni va xar smenada beton ishlarini olib borish jurnali to'ldirib borilib, unga kuni, smenasi, beton qorishma xossasi, ish xajmi, qorishmadan olingan namuna kuni va soni tashqi havo va beton qorishmasi harorati, qolip turi va uni qachon yechish kuni yozib boriladi Smena oxirida inventarlar, mashina, mexanizmlar hamda beton tashuvchi jihozlar yuvib beton yopishmalaridan tozalab qo'yiladi. Quyilayotgan beton qorishmasini bir konstruksiyaga bir xilda va bir xil xossadagisi quyilishi konstruksiya sifatini taominlaydi. Katta hajmdagi, turli konfiguratsiyadagi tuzilmalarni betonlashda ularni alohida blok tarzida bir-biridan ajratib quyib olinadi. Bu alohida blok yoki uchastkalarni ajratib turuvchi qismini deformatsiya choki deyiladi. Deformatsiya choklari o'z navbatida: o'tirish harorat va cho'qish choklariga bo'linadi. Utirish choklari - bir konstruksiyani ikkinchi bir konstruksiyadan ajratib turish uchun xizmat qiladi. Masalan, jihoz osti poydevori pol tuzilmasidan chok qalinligi 7-10 mm qoldirib ajratib qo'yiladi. Bunga asosiy sabab o'z og'irligi bilan pol konstruksiyasiga taosir qilmasin. harorat choklari - harorat taosiridan konstruksiyalarni kengayishi va kichrayishini hisobga olib qo'yiladi. (yo'l va aerodrom qoplamalarini quyishda). Bunday choklar orasidagi masofa va chok qalinligi hisob asosida qo'yiladi. Betonning cho'qishidan chok - uzun inshoot yoki katta ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
190.55 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
190.55 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: docx