Beton va temirbeton ishlari Reja: Beton va temirbeton haqida umumiy tushunchalar Beton qorishmalarini tayyorlash Beton va temirbeton haqida umumiy tushunchalar Beton va temirbeton tuzilmalar hozirgi zamonaviy bino va inshootlarning ajralmas qismidir. Beton deb, mineral yoki organik bog'lovchi, suv, mayda va yirik to'ldiruvchilarni malum bir miqdordagisini aralashtirib, zichlangandan so'ng qotgan sun'iy tosh materialga aytiladi. Qotgungacha bo'lgan aralashma beton qorishmasi deyiladi. Qurilishda tsement yoki boshqa noorganik bog'lovchi asosida tayyorlangan betonlar ishlatiladi. Tsement va suv betonning aktiv tashkil etuvchalari bo'lib, ular orasidagi reaksiya natijasida tsement toshi hosil bo'lib, u mayda va yirik to'ldiruvchilarni o'zaro birlashtirib turadi. Tsement va to'ldiruvchi orasida xech qanday kimyoviy reaksiya sodir bo'lmaydi, shuning uchun to'ldiruvchilarni inert material deyiladi, Lekin to'ldiruvchilar beton tarkibi va xossasiga ta'sir ko'rsatib» betonga g'ovaklik, qotish tezligi, shuningdek, mustahkamligiga ta'sir ko'rsatadi, to'ldiruvchi sifatida tog' jinslari yoki sanoat chiqindilari (shlak va boshqalar) qo'llaniladi. Keyingi yillarda qurilishda sun'iy to'ldiruvchilar (keramzit, agloporit va x.k) asosida tayyorlanadigan yengil betonlar keng qo'llanilmoqda. Beton xossasini tartibga solish maqsadida qotishni tezlatuvchi va sekinlatuvchi, plastikligi va qolipga qulay joylashuvchinligini, sovuqqa va issiq-quruq havoga chidamliligini oshiruvchi kimyoviy qo'shimchalar keng qo'llanilmoqda. Organik bog'lovchi modda (bitum, sintetik smola va x.k) asosida tayyorlashgan betonlar esa betonning suvga chidamli va suv o'tkazmasligini ta'minlaydi. Bog'lovchi, to'ldiruvchi va qo'shimchalarning xilma-xilligini turli xossadagi va mustahkamlikdagi beton olish imkonini yaratadi. Beton mo'rt ashyo bo'lib, uning siqilishdagi mustahkamligi cho'zilishdagiga nisbatan bir necha barobar ortiqdir. Shuning uchun cho'zuvchi kuchlarni qabul qilish maqsadida cho'zilish qismiga po'lat armatura qo'yiladi va buning natijasida temirbeton hosil bo'ladi. Foydalanish maqsadiga ko'ra betonlar konstruksion, yani yuk ko'taruvchi va o'rovchi tuzilmalar (ustun, to'sin, devor, poydevor va x.k) va maxsus turlariga bo'linadi. Maxsus betonlarga quyidagilar kiradi: - gidrotexnik - suvga, bir necha bor muzlash va erishga, shuningdek, suv o'tkazmaslik chidamli gidrotexnik inshootlar qurilishida ishlatiladigan; - yo'l qurilishi va tayyoragoxlar qoplamalari uchun - yuqori muzga, eyilishga chidamli va dinamik kuchlarni qabul qiluvchi; - o'tga chidamli - yuqori haroratda ishlovchi bino inshootlarni tuzilmalarini ishlab chiqarishda issiqqa chidamli to'ldiruvchilar (g'isht maydasi, domna shlaki, xromit) va mayda to'plangan shamot aralashtirib tayyorlangan 1700S gacha arakatga chidamli beton. Ish bajarish usuliga ko'ra beton va temirbeton tuzilmalar quyma va yig'ma, ishlash prinsipiga ko'ra esa zo'riktirilmagan va zo'riktirilgan armaturali turlariga bo'linadi. Quyma temirbeton va beton tuzilmalar bevosita qurilish maydonida maxsus o'rnatilgan qoliplarga armaturalar o'rnatilib, ichiga beton quyib tayyorlanadi. Quyma temirbeton tuzilmalar yer silkinishi kuchli bo'lgan rayonlarda o'z samarasini beradi. Keyingi paytlarda beton ishlarining maxsus turlariga: suv ostida beton quyish, issiqqa, sovuqqa, kislotaga, ishqorga chidamli betonlarni tayyorlash muhim masalalarni yechishda katta ahamiyatga ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
357.38 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
357.38 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: docx