Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish

Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish - rasmi

Material tavsifi

Beton va temirbeton ishlarini majmuali bajarish Reja: Majmuali jarayon tarkibi Beton ishlarini mexanizatsiyalash Majmuali jarayon tarkibi Monolit temirbeton konstruksiyalarni barpo etish majmuali jarayoni texnologik bog'langan va kema-ket bajariladigan oddiy jarayonlardan tashkil topgan: qolip va havozalarni o'rnatish; armatura montaji; qo'yma detallarni montaji; beton qorishmasini joylash va zichlash; yozda betonni parvarishlash va qishda qotishini tezlashtirish; qolipni ko'chirish; ko'p hollarda yig'ma konstruksiyalarni montaj qilish mavjud. Betonni qolipdan ko'chirish mustahkamligiga erishganiga qadar ketgan vaqt, umumiy texnologik siklga kiradi. Oddiy jarayonlar tarkibi, ularning mehnat sarfi va bajarilish ketma-ketligi barpo etilayotgan monolit konstruksiyalarni turi va o'ziga xosligi, qo'llaniladigan mexanizmlar, qolip turlari va ishlarni bajarishni mahalliy o'ziga xosligiga bog'liq. Xar qaysi oddiy jarayonni majmuali (kompleks) brigadaga birlashgan ixtisoslashgan zvenolar bajaradi. Ishlarni oqim usulida bajarish uchun inshoot balandligi bo'yicha yaruslarga, reja bo'yicha qamrovlarga bo'linadi. Yaruslarga bo'lish - betonlash chog'ida tanaffuslar bo'lishi mumkinligi va harorat va ishchi choklar hosil qilinishi mumkinligini nazarda tutilgan holda balandlik bo'yicha qirqim. Odatda bir qavatli binolar ikki yarusga bo'linadi, birinchisiga - poydevorlar, ikkinchisiga -karkasning qolgan xamma konstruksiyalari kiradi. Ko'p qavatli binolarda to'liq qavat yopmalar bilan yarus sifatida qabul qilinadi. Yarus balandligi 4 m oshishi ma'qul emas, chunki katta balandlikda va jadal betonlash chog'ida joylanayotgan beton qorishmasidan qoliplarga ta'sir etuvchi yon bosim oshib ketadi. Qamrovlarga bo'lish -gorizontal qirqim bo'lib, u qo'yidagilarni taqoza qiladi: xar qaysi oddiy jarayondagi mehnat sarfini tengligi va ruxsat etilgan og'ish 25% dan ko'p bo'lmasligini; qamrovning (ishchi uchastkani) eng kichik o'lchami - zvenoni bir smena davomidagi ishiga tengligini; qamrov o'lchami, tanaffussiz betonlanayotgan yoki ishchi choklari hosil qilinayotgan blok kattaligi bilan bog'lanishini; obyektdagi qamrovlar sonini oqimlar soniga teng yoki karrali bo'lishini. Zveno ishchilarni smena o'rtasida bir qamrovdan boshqa qamrovga o'tishlari ma'qul emas. Qamrovlarning o'lchamlari odatda bino seksiyasining uzunligiga yoki konstruktiv elementlar - poydevorlar, ustunlar, boshqa konstruksiyalarning to'liq soniga, yoki uchastkalarni ishchi va harorat choklari uchun mo'ljallangan chegaralariga mos kelishi kerak. Oqim usuli bilan betonlash ishlarini majmuali jarayonini bajarishni aniq tashkil etish uchun kerak: har qaysi jarayonni mehnat sarfini aniqlash; obyektni xar bir jarayon uchun mehnat sarfi yaqinroq bo'lgan, zveno uchun smena davomida bajaradigan ishlari yetarli bo'lishi kerak bo'lgan yarus va qamrovlarga bo'lish; ritm oqimini va umumiy optimal ish muddatini aniqlash; qolip, armatura va beton qorishmani ish joyiga uzatib beradigan jihozlarni aniqlash va ma'ulini tanlash; alohida jarayonlarni mehnat sarfini, qabul qilingan oqim ritmini nazarda tutib zarur ishchilar sonini aniqlash va zveno va brigadalarni tuzish; majmuali jarayonga taqvimiy(smenali) grafik tuzish. Oqimlarni birlashtirish variantlari ham bo'lishi mumkin. Ko'p hollarda bitta oqimda qoliplar o'rnatiladi va birdaniga armatura ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 528.62 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 528.62 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga