Betonlar haqida umumiy ma'lumotlar

Betonlar haqida umumiy ma'lumotlar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Betonlar haqida umumiy ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

Betonlar haqida umumiy ma'lumotlar. Beton turlari Reja: 1. Beton haqida tushunchalar. 2. Betonlarning sinflanishi. Og'ir beton. 3. Beton uchun xom ashyolar. 4. Betonni mustahkamligi. Betonlar qurilishda ishlatiladigan asosiy ashyodir. Sanoat, turar joy binolari, qishloq xo'jaligi inshootlarining konstruksiyalari betondan tayyorlanadi. Shuningdek, betonlar to'g'on, shlyuz, kanallar qurishda, qirg'oqlarni mustahkamlashda, avtomobil, temir yo'l va ko'prik yo'llarini qurishda ishlatiladi. Kimyo sanoati apparatlarining ichki va sirtqi yuzalarini qoplash uchun betonning maxsus turlaridan foydalaniladi. Bog'lovchi modda, mayda va yirik to'ldirgichlarni suv bilan qorishtirib olingan qorishmaning asta-sekin qotishi natijasida hosil bo'lgan sun'iy tosh beton deb ataladi. Zichligiga ko'ra betonlar quyidagicha tasniflanadi. Juda og'ir betonlarning zichligi 2500 kgm3 dan yuqori, bunda to'ldirgich sifatida po'lat qipig'i (po'lat-beton), bariyli beton, magnezit, cho'yan chiqindisi va boshqalar ishlatiladi. Og'ir (oddiy) betonning zichligi 1800-2500 kgm3. To'ldirgich sifatida qum, shag'al yoki chaqiq tosh va boshqalar ishlatiladi. Yengil betonning zichligi 500-1800 kgm3, to'ldirgich sifatida toshqol, keramzit, agloporit, perlit, pemza, tuf va boshqa yengil tabiiy va sun'iy toshlar ishlatiladi. Juda yengil beton. Zichligi 500 kgm3 dan kam bo'lgan konstruktiv va issiqlikni kam o'tkazadigan ko'pikbeton, gazbeton yoki yirik g'ovakli betonlar shular jumlasidandir. Ko'rinib turibdiki, betonlarning zichligi 300 kgm3 dan 3600 kgm3 gacha o'zgarar ekan. Bu esa, beton buyumlarini yoki konstruksiyalarni kerakli zichliqda tayyorlashga imkon beradi. Betonbop ashyolar Beton tayyorlash uchun ishlatiladigan ashyolar davlat standartlarida ko'rsatilgan talablar asosida to'la sinalgan bo'lishi kerak. Konstruksiya va inshootning tuzilishiga, ishlab chiqarish ishlaridagi sharoitga qarab tsement xili tanlanadi. Betonning siqilishidagi mustahkamlik chegarasiga ko'ra tsement markasini tanlanadi To'ldirgichlar. Qum mayda to'ldirgichdir. Beton tayyorlashda O'rta Osiyoda asosan daryo, tog' yoki barxan qumlari ishlatiladi. Beton uchun ishlatiladigan qumning tarkibi toza bo'lishi kerak. Qum tarkibida ko'p uchraydigan zararli aralashmalar (gips, slyuda, pirit, chang va loy zarrachalari, organik moddalar) betonning sifatini pasaytiradi. Qumdagi slyuda miqdori 0,5 % dan, sulfatli birikmalardan - pirit (G'eS2) bilan gips qumda 1 % dan ortmasligi lozim. Ular tsement toshini emiradi, yani beton chidamliligi kamayadi. Gil zarrachalari bilan changlar qum donasining sirtini qoplab tsement toshi bilan o'zaro birikishiga to'sqinlik qiladi va betonning mustahkamligini kamaytiradi. Tabiiy qumlardagi gil va changlar 3 %dan, maydalab tuyilgan qumlarda esa 5 % ortmasligi lozim. Qumdagi organik aralashmalar juda zararlidir. Chunki ular, ayniqsa, organik kislotalar beton mustahkamligini kamaytiradi (1-rasm) va hatto tsement toshini asta-sekin buzadi. Qumning mayda-yirikligi sifatli beton olishda katta ahamiyatga ega. Har xil yiriklikdagi qumlar (0,15 mm. dan 5 mm. gacha) o'zaro g'ovak va bo'shliklarni to'lg'izish hisobiga zichligi katga bo'ladi. Bu holda beton uchun sarflanadigan tsement tejaladi. Agar qumda bo'shliq ko'p bo'lsa, beton uchun tsement xarajati ortadi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.83 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.83 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga