Betonning maxsus turlari. Yengil betonlar Reja: 1. Betonning maxsus turlari Gidrotexnik beton, kislotaga chidamli beton. 2. Yengil betonlar uchun xom ashyo. 3. Yengil betionlarning turlari va xossalari. 4. Juda (o'ta) yengil betonlar. Gazbeton, ko'pikbeton. Gidrotexnik beton. Muntazam yoki vaqti-vaqti bilan suv ta'sirida bo'ladigan inshootlarni qurishda ishlatiladigan betonga gidrotexnik beton deyiladi. Ishlatilishiga qarab, gidrotexnik inshootlar va undagi konstruktiv qismlar uchun 100 dan 250 gacha, suvning ishqalanish ta'sirida bo'lgan qismlar uchun esa 300-500 markali gidrotexnik betonlar ishlatiladi. Gidrotexnik inshootlar uchun betonning sovuqqa chidamlilik markasi Sch 50, Sch 100, Sch 150, Sch 200, Sch 300 bo'lishi kerak. Suv o'tkazmaslik darajasiga ko'ra gidrotexnik beton S-4, S-6, S-8 kabi markaLarga bo'linadi. Suv osti gidrotexnik inshootlarini betonlashda bog'lovchi sifatida putstsolan portlandtsement yoki toshqol portlandtsement, shuningdek, tarkibida uch kaltsiyli alyuminat miqdori kam bo'lgan portlandtsement ishlatiladi. Agar suv beton uchun zararli bo'lgan tuzlar bilan to'yingan bo'lsa, u holda bog'lovchi sifatida sulfatga chidamli tsement ishlatiladi. To'ldirgich sifatida gidrotexnik beton uchun chaqiq granit toshi, ohak-tosh, zich pemza kabi jinslardan foydalaniladi. Yuqori mustahkam beton deb, markasi eng katta bo'lgan portlandtsement, yuvilgan toza qum va markasi M1200-1400 ga teng bo'lgan chaqiq toshni qorishtirib olingan sun'iy toshga aytiladi. Yuqori mustahkam beton markasi M600-100 dan kam bo'lmasligi kerak. Suv tsement nisbati 0,27-0,45 dan oshmagan quyuq va bikr beton qorishma qolipga joylangandan keyin tebratma yuk bosimida ikki bosqichda zichlanadi. Agar beton qorishmaga superplastifikator qo'shilmalari qo'shilsa, uning mustahkamligining ortishi bilan zichlash sifati ham yaxshi bo'ladi. Markasi 400 ga teng bo'lgan beton o'rniga yuqori mustahkam beton ishlatilsa, po'lat armaturani 10-12 %ga, beton qorishmani esa 10-30 %gacha tejash mumkin. O'tga chidamli betonlar. Sanoat xumdonlarining ichki sirti, temir rudasini eritadigan va sopol buyumlarni pishiradigan xumdon devorlari, qurishda ishlatiladigan betonlar yuqori harorat ta'sirida bo'ladi. Ammo, oddiy tsement asosida tayyorlangan bunday beton harorat 450°S dan oshgandan keyin, asta-sekin buzila boshlaydi. Chunki betonning qotishi jarayonida ajralib chiqqan kaltsiy gidrooksidi bilan gidrosilikatlar va kristall jinsli to'ldirgichlar yuqori haroratda kengayadi. Natijada, beton deformatsiyalanib, unda darzlar hosil bo'ladi. O'tga chidamli beton tayyorlashda bog'lovchi sifatida giltuproq tsement, turli qo'shilmalar qo'shilgan portlandtsement, o'tga chidamli loy, suyuq shisha ishlatiladi. Yuqori haroratda (500°S dan yuqori) ham ta'sirlanmaydigan domna toshqoli sopol buyumlarning maydasi, tog' jinslaridan bazalt, diabaz, andezit kabilar to'ldirgich vazifasini o'taydi. O'tga chidamli yengil betonlar tayyorlashda kam hajmiy massaga ega bo'lgan pemza, toshqol, ko'pchitilgan gil (keramzit), perlit, asbest kabi to'ldirgichlar ishlatiladi. O'tga chidamli beton 1700°S dan yuqori haroratga ham chidashi kerak. Zichligi 1600-2600 kgm3 bo'lgan bu turdagi betonning ishlash jarayonidagi mustahkamligi 5-25 MPa ni tashkil etadi. O'tga chidamli beton ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.05 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.05 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:36 ]
Arxiv ichida: doc