Betonning xossalari. Betonning fizik xossalari

Betonning xossalari. Betonning fizik xossalari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Betonning xossalari. Betonning fizik xossalari - rasmi

Material tavsifi

Betonning xossalari. Betonning fizik xossalari Reja: 1. Beton mustahkamligi. Beton klassi. 2. Beton mustahkamligiga suv-tsement (STs) nisbatining ta'siri 3. Betonning fizik xossalari Mustahkamligi. Betonning mustahkamligi, asosan, ishlatiladigan ashyolar sifatiga, tarkibining samarali usulda hisoblanganligiga va g'ovakligiga bog'liq. Tsementning mustahkamligi uning markasi (Rts) orqali, to'ddirgichlar sifati koeffitsiyent, g'ovakliligi esa qorishmaning suv-tsement (STs) nisbati orqali ifodalanadi. Beton tarkibidagi erkin suv hisobiga uning g'ovaklari ko'payadi, natijada mustahkamligi kamayadi. Demak, betonning mustahkamligi ko'p jihatdan STs nisbatiga bog'liq ekan. Zich betonning g'ovakligi (F) quyidagi formula bilan aniqlanadi: 100% bunda, S va Ts- 1 m3 betonga ketadigan suv va tsement miqdori; Skb - betondagi kimyoviy birikkan suv. Beton 28 kunda qotganda, undagi jami suvning faqat 15 % gina kimyoviy birikadi (Skb = 0,15). Betonni zichlash usuli o'zgarmagan holda 1 m3 hajmdagi betonga sarflangan tsement, suv miqdorini o'zgarishining beton mustahkamligiga ta'siri 2-rasmda ifodalangan. Beton xossalarining asosiy ko'rsatkichlaridan biri uning siqilishdagi mustahkamlik chegarasidir (Rsiq). Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga ko'ra beton bir necha markaga bo'linadi. Betonning markasi tayyorlanayotgan konstruksiyaning loyihasida ko'rsatiladi. Beton mustahkamligiga suv-tsement (STs) nisbatining ta'siri ko'pgina olimlar tomonidan batafsil o'rganilgan (3-rasm). Beton qorishmasida STs miqdori ortsa, uning mustahkamligi kamayadi. Buni birinchi bo'lib professorlar I.G.Malyuga va N.M.Belyaevlar amalda aniqlashdi. Tsementni suv bilan qorishtirgandan keyin, avvalo, mineral elim hosil bo'ladi va u asta-sekin quyuqlasha boshlaydi. Quyuqlanish va qotish jarayonida suvning malum miqdorigina (tsement og'irligining 19-23 %) tsement bilan kimyoviy birikadi. Qolgan qismi erkin holatda birikmay suv yoki bug' sifatida g'ovaklarda qoladi. Vaqt o'tishi bilan erkin suvlar bug'lanib, betovda bo'sh g'ovaklar hosil qiladi. Natijada, betonning mustahkamligi kamayadi. Beton mustahkamligi bilan STs ko'rsatkich orasidagi bog'lanish (TsS2,5 bo'lganda: Rb = ARTs(TsS + 0,5), Bu formula og'ir va yengil tsementli betonlar (qurilish qorishmasi, gips-beton va h.k.) uchun mustahkamlikni ifodalaydi. Og'ir betonning siqilishdagi mustahkamligini ifodalovchi markalar quyidagicha ifodalanadi: M50, M75, M100, M150, M200, M250, M300, M350, M400, M450, M500, M600, M700, M800. Qurilishda tsementni tejab ishlatiladigan hamda samaradorligi yuqori bo'lgan M250, M350 va M450 markali betonlar ko'p qo'llaniladi. Armaturalari oldindan taranglangan temirbeton konstruksiyalar uchun asosan yuqori markali (M500-800) betonlar ishlatiladi. Betonning bir jinsliligini oshirish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 336.89 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 336.89 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga