Bino barpo etish uchun maydonni tayyorlash

Bino barpo etish uchun maydonni tayyorlash

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Bino barpo etish uchun maydonni tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Bino barpo etish uchun maydonni tayyorlash Reja: Tayyorgarlik davri. eski bino va inshootlarni kshchirish, maydonni tozalash Qurilish ehtiyoji uchun muhandislik tarmoqlarini qurishalohida quriladigan Binolar qurilish bosh rejasi Tayyorgarlik davri. eski bino va inshootlarni kshchirish, maydonni tozalash Bino va inshootlarni barpo qilishdan oldin qurilish maydonida tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Tayergarlik jarayonlari qurilish maydoni, geologik va gidrogeologik sharoitlardan kelib chiqib, turlicha kechishi mumkin. Bunday jarayonlarga quyidagilar kirishi mumkin: qurilish maydonini tozalash, yaoni eski bino va inshootlardan, daraxt va yangi quriladigan bino qurilishi uchun xalaqit beruvchi barcha to'siqlar bartaraf etilishi zarur. Yuqoridagi ishlardan tashqari yana shuni hisobga olish zarurki, qurilish maydonidagi gruntning unumdor qatlamini saqlab qolinsin. Buning uchun maydonni ustki 30-40 sm qatlami qirqib olinib, maydon chekkasiga surib qo'yiladi va qurilish yakunlangach uni obodonlashtirish ishlarini bajarishda qayta to'qiladi. Eski binolarni buzishda ularni tom qismidan boshlanadi. Buzib olishda ularni qurilish maydonida sochilib yotishini oldini olish maqsadida ularni bino ichiga tashlash maqsadga muvofiq. Binolarni buzishda avtomobil kranlar yoki kran-ekskavatorlar qo'llanilib, ularna kalta nayzasiga osilgan, massasi kran yuk qo'tarish qobiliyatining yarimidan ortiq bo'lmagan po'lat sharlar osilgan bo'ladi va ular bilan bino inshootni urib buziladi. Yog'och binolarni buzib olishda yaroqli qismlarini qo'llash uchun olib qo'yiladi. Quyma temirbeton va metall konstruksiyalarda barpo qilingan bino va inshootlarni buzib olish oldindan tuzib olingan sxema bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda xar bir buzib olinadigan tuzilma echib olinishida bino yoki inshootlarning qolgan qismini ustivorligini taominlash, uni qulab tushib baxtsiz hodisa ro'y bermaslik olidini olish zarur. Yig'ma temir-beton tuzilmalarini buzib olish uni yig'ishga teskari bo'lgan sxema asosida amalga oshiriladi. Agar yig'ma tuzilmani alohida element tarzida echib olish imkoni bo'lmasa, uni buzish sxemasi xuddi qo'yma temirbeton bino singari amalga oshiriladi. Buzish ishlari olib borilaetgan maydon uralgan eki maxsus ogoxlantiruvchi belgi qo'yilgan bo'lishi zarur. Daraxtlarni qirqish elektr eki qo'l arrasida bajarilib, daraxtlarni tomiri bilan yiqitish maxsus jihozlangan mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Daraxtlar katta bo'lsa, maydonda yirik tosh bo'lsa ularni qo'chirish, shuningdek ayrim bino va inshootlarni buzish ishlari portlatish usuli bilan xam amalga oshirilishi mumkin. Bunda portlovchi moddalar hisoblanib, zarur joyga qo'yilishi va portlatish bilan qo'zlangan maqsadga erishiladi. Bunda albatta xavfsizlik tadbirlari qo'zda tutilgan bo'lishi zarur. Qurilish ehtiyoji uchun muhandislik tarmoqlarini qurish Qurilishdagi vaqtinchalik muhandislik tarmoqlariga: suv, yo'llar, issiqlik taominoti va boshqalar kiradi. Qurilish maydoninin vaqtinchalik suv bilan taominlashda barcha isteomolchilar hisobga olinganda bir sekunddagini hisob bo'yicha suv sarfi quyidagi formula erdamida hisoblanadi: q his =q yoqg' + 0,5 q, lsek (1.1.) bu yerda: q yoqg' - yong'in ehtimoliga qarshi suv sarfi (u xar 30 gektargacha maydon ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 55.85 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 55.85 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga