Bino va inshootlarni pardozlashda rang tanlash

Bino va inshootlarni pardozlashda rang tanlash

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Bino va inshootlarni pardozlashda rang tanlash - rasmi

Material tavsifi

Bino va inshootlarni pardozlashda rang tanlash Reja: Qurilish ashyolaridagi ranglar to'plami Ranglarni asosiy tasnifi ularni tiniqligi Malumki bino yoki inshootning arxitekturaviy shakli inson hissiyotiga o'zining estetik xususiyatlari bilan ta'sir qiladi. Yani binoning fazoviy hajmi kompozitsiyasining salobatli ranglar to'plamining mohirona o'z o'rnida ishlatilganligi, bezakli qurilish ashyolarining rangbarangligi inson ruhiyatini ko'tarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday hissiyotlar inson ongida yuzaki yoki tezda esdan chiqadigan emas, balki, umr bo'yi yodda qoladigan bo'lishi kerak. Loyihada tavsiya etiladigan arxitekturaviy qurilish ashyolarining estetik xossalari maniviy - san'at asari sifatida bo'lmog'i lozim. Qurilish ashyolarining rangi deganda arxitekturaviy kompozitsiyani ko'z bilan uning yuzasidan qaytayotgan elektromagnit nurlarni ko'rish doirasidagi spektrni qabul qilish va ong orqali bunga baho berishni tushunmoq kerak. Oq rang dan qaytayotgan aks yorug'lik har xil rangli nurlarning majmuasidan iborat. Buni Isaak Nyuton 166 yilda quyosh nurini maxsus asbob orqali o'tkazib kashf etdi. U oq ekranda har xil rangni ko'rdi. Unda ranglar kamalak yoyi tartibida joylashganligi aniqlandi. Quyosh nurining tarkibiy qismlarga ajralishidan hosil bo'lgan rang Nyuton spektri deb ataladi. Spektrga qarab ayrim ranglar o'rtasidagi chegaralarni aniq ko'rsatib bo'lmaydi, chunki har qaysi rang asta sekin boshqa rangga o'tib ketadi. Shuning uchun ham, spektr uzluksiz deyiladi. Spektrda etita rangni ajratib ko'rsatish qabul qilingan. Ular quyidagi tartibda joylashgan: qizil, to'q-sariq, yashil, havorang, ko'k, binafsha va zangori ranglar. Qurilish ashyolaridagi ranglar to'plami ikki guruhga bo'lish mumkin: Axromatik; Xromatik. Inson axromatik ranglardan 300 ga yaqinini, xromatik ranglardan esa o'n mingdan ziyod ranglarni ajrata oladi. Ranglarni asosiy tasnifi ularni birinchidan tiniqligi, bo'yoqning tusi va rangning to'yinganligi yoki mazmunan boyligidir. Rangning tiniqligini binoning yaqqol ko'rinadigan qismiga pardoz berib ko'rsatish bo'lsa, uning tusi rangli yuzadan qaytayotgan aks nurni qabul qilish darajasi va nihoyat rangning to'yinganligi axromatik ranglardan ajrata bilishni tushunmoq kerak. Bunday ranglar xususiyatini inson ko'z bilan ko'rish usuli orqali sifat ko'rsatkichini aniqlaydi. Ushbu usul bilan ranglar axromitikligini aniqlashda ranglar atlasi va kartotekasi, hamda bezakli qurilish ashyolaridan etalon namunalaridan foydalaniladi. Har qanday xromatik rang uch xil hossaga ega. Ular rang-tusi, yorqinlik va to'yinganlik xossalaridir. Rang-tusi spektrning tegishli uchastkasi to'lqinining uzunligi bilan belgilanadi. Agar biror xromatik rangga uning yorqinligiga teng bo'lgan kulrang qo'shilsa, bu xromatik rangning to'lqin uzunligi bilan aniqlanadigan rang-tusi o'zgarmaganidek, yorqinligi ham o'zgarmaydi. Biroq hosil bo'lgan rang avval olingan spektr rangidan farq qiladi. Uning to'yinganligi o'zgaradi, lekin xromatik rangning tozaligi kamayadi. Rangning to'yinganligi - bo'yalayotgan ashyo yuzasidagi xromatik va axromatik ranglarning bir xil yorug'likdagi ko'rinishining farqidir. Pardozbop qurilish ashyolarining rangini unga har xil rangdagi pigmentlar qo'shish orqali ham o'zgartirish mumkin. Pigmentlar, asosan pardozbop qurilish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 440.52 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 440.52 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga