Binolarni gorizontal ko'chiriladigan qoliplarda barpo etish

Binolarni gorizontal ko'chiriladigan qoliplarda barpo etish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Binolarni gorizontal ko'chiriladigan qoliplarda barpo etish - rasmi

Material tavsifi

Binolarni gorizontal ko'chiriladigan qoliplarda barpo etish Reja: G'ildirab gorizontal ko'chiriladigan qolip Hajmiy-qayta o'rnatiladigan qolip Tunnel qolip NOE firmasining ko'p maqsadli hajmiy qolipi Utinor firmasining tunnel qolipi G'ildirab gorizontal ko'chiriladigan qolip G'ildirab gorizontal ko'chiriladigan qolip (G'GKQ) - bu quyilgan beton yetarli mustahkamlikka erishgach, davriy ravishda gorizontal yo'nalishda ko'chiriladigan qolipdir. U asosan ochiq usulda barpo etiladigan katta uzunlikka ega to'g'ri chiziqli inshootlarni, qaysiki bu inshootlar o'zgarmas ko'ndalang kesimli yuzaga va yacheyka-bo'linmalarida takrorlanadigan tipovoy (namunaviy) elementlari ko'p (tirgak devorlar, tunnellar va kollektorlar yer osti inshootlari va kommunikatsiyalari uchun) bo'lgan hollarda qo'llaniladi. Inshootning turi va hajmiy-rejalashtirish yechimiga bog'liq holda g'ildirab gorizontal ko'chiriladigan qolip (G'GKQ) o'ziga xos texnologik jihatlarga ega, biroq to'liq holda asosiy konstruktiv yechimi o'zgarmaydi. Bu turdagi qolipni asosiy mohiyati, betonlashni uzluksiz (kichik tanaffuslar bo'lishi mumkin) tashkil etishdadir. Texnologiyaning ikki xil varianti bo'lishi mumkin: qolip shchitlarining barpo etilayotgan (betonlanayotgan) konstruksiya sirti bo'ylab uzluksiz siljishi va avvalgi qamrovdagi shchitlarni oldindan betondan ajratish hamda ularni ketma-ket qayta o'rnatish. Zamonaviy turdagi qoliplarda qolip shchitlarini betonlanayotgan konstruksiyaning bo'ylama o'qi bo'yicha siljitish, vertikal bo'yicha pog'onalab (yaruslab) betonlash uchun ko'tarish va betonlanayotgan sirtning qiyaligini to'g'rilash kabi imkonlar mavjud. Chiziqli katta uzunlikdagi inshootlarni (mas. kollektorlar) betonlashda qo'llaniladigan G'GKQ ichki va tashqi qismlardan iboratdir. (1-rasm). Qolipning ichki ost qismi relsli yo'lga o'rnatilgan inventar qoliplarni ko'tarishga mo'ljallangan aravacha (telejka) va unga mahkamlangan ikki xil ko'taruvchi qurilmalar − domkratlardan (ko'taruvchi-tushiruvchi tayanchli) iborat. Ko'chiriladigan aravachada ichki yon tomon qolip shchitlarini loyiha holatiga o'rnatish uchun gorizontal domkratlar mavjud. Xuddi shuningdek, aravachaga vint domkratli markaziy tirgaklar o'rnatilgan bo'lib, ular qolipni vertikal tekislik bo'yicha siljishiga imkon yaratadi. 1-rasm. Yer osti kollektorlarini betonlovchi g'ildirab gorizontal ko'chiriladigan qolip: a - qolipni o'rnatish; b - qolipni ko'chirib olish; 1 - ichki qolip; 2 - betonlanadigan kollektor; 3 - tashqi qolip; 4 - markaziy tirgak; 5 - domkrat; 6 - g'ildiraklar; 7 - telejka (aravacha); 8 - kollektorning tubi. Yuqori shchitlar ulanadigan bo'lib, u tirgakni ustida sharnirli mahkamlangan. Vertikal va gorizontal shchitlar ham sharnirlar bilan biriktirilgan. Yuqorigi shchitlarni ish holatiga o'rnatish va bu shchitlarni ko'chirib olish tirgaklarda joylashgan domkratlarni burash bilan amalga oshiriladi. Tashqi qolip sharnirli biriktirilgan ikkita yon ramalardan tashkil topgan; ular qolipni ish holatiga o'rnatishda va ko'chirib olishda buralishi mumkin. Tashqi qoliplar kran yordamida ko'tarilib joyi o'zgartirilsa, ichki qoliplar ko'chirilgach, relsli izdagi telejkalarda lebedkalar yordamida tortilib joyi o'zgartiriladi. Yo'naltiruvchi bo'ylab yoki relsda qoliplarni siljitish uchun u g'ildiraklar va telejkalar bilan ta'minlangan bo'lib, ular lebedkalar yoki uzatmalar bilan tortib qo'zg'atiladi. Beton qorishmasi yotqizilib va qotgandan so'ng qolip shchitlarini betondan ajratib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.16 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga