Binolarni rekonstruksiyalash texnologiyasi

Binolarni rekonstruksiyalash texnologiyasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Binolarni rekonstruksiyalash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Binolarni rekonstruksiyalash texnologiyasi Reja: obyektlarni rekonstruksiyasida ishlarning tarkibi Qurilish konstruksiyalarini ajratish va buzish Konstruksiyalarni kuchaytirish Rekonstruksiya ishlarini bajarishda me'yoriy talablar obyektlarni rekonstruksiyasida ishlarning tarkibi Rekonstruksiya - bu mavjud binoni yangi talablarga javob beradigan holda qayta qurish. Ishlab turgan korxonaning gabaritlarini oshirmasdan ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va turlarini qo'paytirish, odamlarning yashashi va ishlash uchun yaxshi sharoit yaratish maqsadida rekonstruksiya qilinadi. Texnik jihatdan qayta qurollantirish - bu korxonada ma'naviy va jismoniy eskirgan qurilmalarni yangi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga asoslangan yangi takomillashgan qurilmalarga almashtirish orqali yuqori texnik-iqtisodiy darajaga oshirishdagi tadbirlar majmuasi tushuniladi. obyektlarni rekonstruksiyalash va qayta qurollantirishda qurilish konstruksiyalarini ajratib olish, buzish, kuchaytirish va almashtirish, texnologik qurilmalarni va injenerlik tizimlarni demontaj qilish, himoyalash va pardozlash qoplamalarini qayta tiklash (tuzatish) ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari saqlanib qolinayotgan konstruksiyalar va bino qismining turg'unligini ta'minlash zarur. obyektlarni rekonstruksiyalashda alohida jihat - bu qurilish maydonining va ish frontining torligi va ishlarni bajarishdagi noqulay sharoitlar, hamda qurilish maydonidagi qurilishlarning zichligi va uning yer osti kommunikatsiyalar bilan to'laligi, qurilish materiallarini joylashtirish va taxlashda, konstruksiyalarni yiriklashtirib yig'ishda, qurilish mashinalarini o'rnatish va harakatlanishda qurilishning transport xizmatida namoyon bo'ladi. Ish zonasida saqlanadigan konstruksiyalar va qurilmalarning mavjudligi ish frontini cheklaydi, ish o'rnini ko'ngildagiday tashkil etishga to'sqinlik qiladi, qurilish materiallarini uzatish, joylashtirishni qiyinlashtiradi, hamda texnologik qurilmalarni shikastlanishidan saqlash ishlarini qo'shimcha paydo qiladi. obyekt etaplar bo'yicha rekonstruksiya qilinsa qurilish ishlari yana ham murakkablashadi. Bu holatda ajratilgan uchastkada barcha qurilish ishlarini belgilangan muddatda tamomlash talab etiladi, bu esa material - texnik va mehnat resurslarni birdaniga jamlashni taqozo etadi. Bular barchasi ko'p xajmdagi qo'l ishlarini talab qilib, yong'in va portlash xavfi bor muhitni yaratadi. Nochor ish usullari va tashkil etishni qo'llashni majbur qiladi. Qurilish ishlarining alohida sharoiti shuni taqozo qiladiki, obyekt rekonstruksiyasidagi barcha ishtiroqchilarning ishlarini aniq bir-biriga bog'lab hamjihatlikda ishlashga, loyiha va tashkiliy texnologik hujjatlarning aniq sifatli ishlab chiqarishini ta'minlashni talab etadi. tashkiliy-texnologik hujjatlar (ish bajarish loyihalar, texnologik xaritalar) QMQ talablari asosida ishlab chiqiladi. Buning uchun boshlang'ich material bo'lib: tasdiqlangan rekonstruksiya loyihasi; belgilangan ishlarni bajarish muddatlari; qurilish tashkilotining resurslari va imkoniyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar, buyurtmachilar tomonidan vaqt bo'yicha qo'yiladigan cheklovlar. Rekonstruksiyada qurilish ishlarining tashkiliy-texnologik hujjatlariga kiritilishi kerak: ishlab turgan korxona va qurilish ishlarining birgalikda faoliyat yuritishini, hamda texnologik qurilmalar ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlarning himoyasini ta'minlovchi ko'rsatma; saqlab qolinadigan konstruksiya va bino qismining fazoviy bikirligi va turg'unligini ta'minlovchi uslublar, konstruksiyalarni ajratib olish, buzish, almashtirish yoki kuchaytirish ishlarini bajarish tartibi va ketma-ketligi; qurilish mashinalari va mexanizmlarining harakatlanishini ta'minlash uchun qurilish konstruksiyalarini kuchaytirish usullari; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.67 MB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.67 MB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga