Binolarni vertikal ko'chiriladigan qoliplarda barpo etish Reja: Ko'tarma-qayta o'rnatiladigan qolip (kqo'q Sirg'anuvchi qolip Blok formalar Blokli qolip Shaxtalar uchun mo'ljallangan yirik blokli qolip KO'TARMA-QAYTA O'RNATILADIGAN QOLIP (KQO'Q) Bunday qoliplar balandligi bo'yicha ko'ndalang kesimi o'zgarmas va o'zgaruvchan bo'lgan maxsus inshootlarni, ko'proq balandlashgan sari konussimon yo'nalishga ega bo'lgan mo'rilar, gradirnyalar, silos minoralari kabi inshootlarni barpo etishda qo'llaniladi. Qolip yangi yarus (pog'ona)ga o'rnatishda betondan ajratiladigan tashqi va ichki shchitlardan tarkib topgan bo'lib, shuningdek, mahkamlash elementlari va tutib turuvchi qurilmalar, ishchi to'shama va ko'tarish moslamalaridan iborat (1-rasm). Tashqi qolip to'g'riburchakli va trapetsiyasimon shakldagi panellardan yig'ilgan bo'lib, qalinligi 2 mm bo'lgan po'lat listdan va metall karkasga o'rnatilgan metall burchakliklar va qalinligi 20…22 mm bo'lgan nambardosh fanera bilan qoplangan bo'lib tayyorlanadi. To'g'riburchakli panelning o'lchami 2700×850 mm, balandligi 2700 mm, yuqorisi bo'yicha eni 818 mm, pastki qismi bo'yicha eni 850 mm ga teng. Panellar tortuvchi elementlar va mahkamlash moslamalari yordamida tutashtiriladi. 1-rasm. Ko'tarma-qayta o'rnatiladigan qolip: 1 - betonlanadigan devor; 2 - qolipning tashqi shchitlari; 3 -qolipning ichki shchitlari; 4 - ko'taruvchi qurilma; 5 -tayanch-ko'tarma qurilmasining shaxtasi; 6 - osma ilmoq; 7 - ish maydonchasi; 8 - tayanch to'sinlari; 9, 10 - tashqi va ichki osma so'rilar. Ichki qoliplar ikki yarusli o'lchamlari kichikroq 1250×550 mm li shchitlardan yig'iladi. Qolipni ko'tarish uchun shaxta ko'targichiga tayangan ko'tarma boshmoq(kallak) ko'zda tutilgan. Qolipni ko'tarishda kallak ko'targichdan 2,5 m balandlikka ko'tariladi, shuning bilan navbatdagi yarusni barpo etish ish bosqichi tugaydi, qolip qayta o'rnatiladi, ko'targichning qo'shimcha bo'g'inlari o'stiriladi. Sirg'anuvchi qolip Sirg'anuvchi qolip ko'chiriladigan bo'lib, uni yuqoriga ko'tarish betonlashda tanafussiz amalga oshiriladi va devorining ko'ndalang kesimi o'zgarmas va o'zgaruvchan bo'lgan yaxlit temir-betondan barpo etiladigan baland inshootlarni barpo etishda qo'llaniladi. Bu qolipdan bo'lgan baland binolarni (1624 qavat) va eshik va deraza o'rinlari, qo'yma detal va elementlari kam inshootlarni qurishda foydalanish o'ta samaralidir (2-rasm). Bularga har-xil ashyolarni saqlash joylari, balandligi 400 m gacha bo'lgan tutun mo'rilari, gradirnyalar, baland binolarning bikirlik yadrosi, suv rezervuarlari, teleradio minoralari va boshqalar kiradi. Bunday obyektlarni sirg'anuvchi qolipda barpo etishning yutug'i shundaki, qurilishning jadalligi oshadi, ishlarning mehnat sarfi, tannarxi va muddati kamayadi. 2-rasm. Sirg'anuvchi qolip: a - doirasimon inshoot uchun plan; b - to'g'ri to'rt burchakli inshoot uchun plan; v - domkratli ramalarni variantlari (bino devorlarining kesishgan, tutashgan va burchagidagi tugunlar uchun); 1 - ishchi to'shama; 2 - nasos stansiyasi; 3 - progon; 4 - to'shama; 5 - shaxta ko'targichi; 6 - domkratli ramalar; 7 - domkrat sterjenlari; 8 - betonlanadigan konstruksiya; 9 - domkratlar; 10 va 11 - tashqi va ichki qolip ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: doc