Binolarning ekspluatatsiyasini tashkil qilish Reja: Texnik ekspluatatsiyaning tarkibi va masalalari. Xizmat ko'rsatish. Texnik ekspluatatsiya. Hozirgi zamon turar-joy va jamoat binolari o'zida muhandislik tizimlari va inshootlarning murakkab majmuasini ifoda etadi. Ularni ekspluatatsiya qilish uchun bino unsurlari ashyolarining eskirish, edirilish va buzilish asosiy qonuniyatlarini, hamda binolarni o'z vaqtida remontga berish, ko'rikdan o'tkazishni taminlovchi tashkiliy tadbirlarni bilish lozim. To'g'ri texnik xizmat ko'rsatish va rejaviy-ogohlantiruv remontlarini o'z vaqtida o'tkazish binolarning me'yoriy xizmat muddatini ta'minlaydi. Texnik ekspluatatsiyani tashkillashtirishda binolarning konstruksiya va qurilmalari materialini xoh me'yoriy, xoh barvaqt edirilishini va eskirishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bilish lozim. Binolar vazifasiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: fuqaro binolari va ularga quyidagilar taalluqli; a) turar-joy va jamoat; b) xizmat ko'rsatuvchi va maishiy; v) jamoat madaniy (teatrlar, shifoxonalar, o'quv binolari); sanoat binolari (ishlab chiqarish va transport ehtiyojlariga xizmat ko'rsatuvchi, tsex, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa shu kabi binolar). qishloq xo'jalik binolari. Binolarni ekspluatatsiya qilish qurilgan obyektlardan foydalanishni, yani ularning xonalari bo'sh qolmasligini ko'zda tutadi. Masalan, ekspluatatsiya qilish deganda turar-joy xonalaridan fuqarolarning yashashi nazarga olinadi. Istiqomat qiluvchilarning ehtiyojini qondirish barcha muhandislik tizimlarini (suv o'tkazgichlar, oqava suvlar, issiq suv ta'minoti, issiqlik ta'minoti, shamollatish, lift qurilmalari) me'yorida ishlab turishi lozim. Binolarni ekspluatatsiyasi 2 katta bo'limga ajratiladi: binolarga xizmat ko'rsatish va binolarni texnik ekspluatatsiya qilish (1-rasm). Binolarga texnik xizmat ko'rsatish deganda ularning xonalaridan, muhandislik tarmoqlaridan, atrofidagi hududdan foydalanish mobaynida lozim bo'lgan holda tutilishi ta'minlashga aytiladi. Xizmat ko'rsatish pasport ishlarini, tashkilotlar bilan yashovchilar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblarni, bino hovlisidagi sanitariya tozalash va supurish-sidirishlarni ko'zda tutadi. Texnik ekspluatatsiya esa rejaviy-ogohlantiruv (kapital va joriy) va ko'zda tutilmagan remontlarni o'tkazishni, hamda ko'riklar va qurilmalarni sozlashni nazarda tutadi. Bino va uning ayrim konstruksiyalari ekspluatatsiya mobaynida tabiiy omillar ta'sirida eskiradi. Bunday eskirish jismoniy eskirish deyiladi. Binolarni buzilishsiz ishlatishni ta'minlash uchun eskirish jarayonini to'xtatib turishga yoki uni daf etishga yo'naltirilgan tadbirlarni o'rnatilgan talablar asosida o'tkazish lozim. Biroq boshlang'ich holatni to'la tiklashni hatto kapital remontlar natijasida ham amalga oshirib bo'lmaydi. Gap faqatgina binoning barcha unsurlarini me'yoriy muddatlarda durust ishlatishni taminlovchi tadbirlar ustida borayapti. Remont ishlari bo'lmagan holda esa eskirish jarayoni tezlashadi va bu holat binoni barvaqt ishdan chiqishiga olib keladi. me'yoriy xizmat muddati deganda binoning asosiy yuk ko'taruvchi konstruksiyalarining o'rtacha yig'ma muddatiga aytiladi. Bu muddat ichida binoning yuk ko'taruvchi konstruksiyalari o'z vazifalarini bajaradi, yani binoning umrboqiyligi deyiladi. Binoning me'yoriy xizmat muddati uning vazifasiga, hamda qo'llaniladigan ashyo va konstruksiyalarga bog'liq. Kapital remontdan maqsad binoning jismoniy eskirishni yo'qotish, joriy remontda esa konstruksiya va muhandislik tizimlarini barvaqt eskirishdan asrash. Kapital remontda shu bilan birga binoning eskirishi va undagi hajmiy-rejaviy, ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
246.21 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
246.21 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: doc