Binolarning energiya samaradorligini oshirish

Binolarning energiya samaradorligini oshirish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Binolarning energiya samaradorligini oshirish - rasmi

Material tavsifi

Binolarning energiya samaradorligini oshirish Reja: Ijtimoiy samaradorlik. Ekologik samaradorlik Issiqlik nasoslari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 26 maydagi «2017 - 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2015 - 2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi doirasida keyingi yillarda Respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasida energiya tejamkorligini ta'minlashga qaratilgan keng qamrovli choratadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017 - 2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish choratadbirlariga doir qabul qilingan Dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektrostansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025 yilga qadar Respublikamizning ekologik toza gidroenergiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobar oshirish nazarda tutilmoqda. So'nggi yillarda, dunyo bo'yicha an'anaviy yoqilg'i turlaridan ommaviy ravishda foydalanish Yer sharida global ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, dunyo bo'yicha har yili 12 milliard tonna neft ekvivalentiga yoki har bir aholi jon boshiga hisoblanganda 2 tonna neft ekvivalentiga teng uglevodorod yoqilg'i turlari yoqilmoqda. Ushbu an'anaviy yoqilg'i turlaridan foydalanish natijasida esa har yili 5 milliard tonna sanoat chiqindilari atmosfera va havoga chiqarib tashlanadi. Eng achinarlisi, ushbu zararli chiqindilarning miqdori, hozirgi vaqtda, o'tgan asrning 50-yillariga nisbatan besh barobarga oshganligi va ushbu raqamlar yil sayin ortib borishi ta'kidlanmoqda. Yer shari atmosferasining zararli tashlamalardan ifloslanishi natijasida, hozirgi kunda iqlim o'zgarishi, ozon qatlamining buzilishi kabi global ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Buning natijasida esa dunyoda surunkali takrorlanib turayotgan tabiiy ofatlar kelib chiqadi, mingminglab odamlar tabiiy ofatlar qurboniga aylanib, insoniyat turli yangi kasalliklarga giriftor bo'layotir. Bir so'z bilan aytganda, tabiat o'ziga nisbatan insoniyatning antropogen ta'siriga o'z javobini qaytarmoqda. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar o'z taraqqiyotini to'la- to'kis xavfli bo'lmagan va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ishonchli qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ya'ni quyosh va shamol energiyasidan foydalanishga qaratayotir. Xattoki, ayrim rivojlangan davlatlar xavfsizlik sifatida atom energetikasidan foydalanishni ham chegaralamoqda. Chunki, ular bir davlatning taraqqiyoti uch asosiy omilga: iqdisodiy o'sish, ijtimoiy ta'minlanganlik va ekologik xavfsizlikka uzviy bog'liqdir. Uzbekistan energiya mustaqilligiga erishgan kam sonli dav- latlardan biridir. Ushbu salohiyatni saqlab qolish va rivoj- lantirish maqsadida, Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishlab chiqarishda sof texnologiyalarni qo'llashning samarali mexanizmlarini joriy etish bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirdi. Shu o'rinda, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish borasida keng tabiiy, ilmiy va amaliy imkoniyatlar mavjudligi bizni quvontiradi. Xususan, ona zaminimizda hayot qurilmalari uchun zarur bo'lgan tabiiy ma'danlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga