Binolarning jismoniy va ma'naviy yemirilishi

Binolarning jismoniy va ma'naviy yemirilishi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Binolarning jismoniy va ma'naviy yemirilishi - rasmi

Material tavsifi

Binolarning jismoniy va ma'naviy emirilishi Reja: Binoning emirilishini aniqlash omillari. Bino konstruksiyalarining jismoniy emirilishini aniqlash usullari. Binoning jismoniy eskirishini belgilashdagi qiyinchiliklari. Binolarni qurish kafolat muddati. ma'naviy emirilish. Jismoniy eskirish deganda bino qurilishi uchun ishlatiladigan ashyoning boshlang'ich sifatini doimiy ravishda yo'qotib borilishi tushuniladi. Buning natijasida esa ashyoning ekspluatatsiyaviy xossasining yomonlashuv va uning narxini pasayishi ro'y beradi. Binoning jismoniy eskirishini omillarning 3 ta guruhi keltirib chiqarishi mumkin: Tabiiy omillarning ta'siri. Texnologik yoki funksional omillarning ta'siri. Loyihalash va qurilish jarayonlaridagi nuqsonlar orqali. Binoning jismoniy eskirganlik darajasini bilish nafaqat uni qayta tiklash uchun kerak bo'lgan xarajatlarni hisoblash uchungina emas balki, binoning remont qilinishi davriyligini aniqlash uchun ham kerak. Binoning jismoniy eskirishini aniq belgilashda qator qiyinchiliklarga duch kelinadi: I qiyinchilik - har qanday binoning turli-tuman konstruksiyali, narx, chidamliligi, ahamiyati bo'yicha turlicha bo'lgan turli-tuman konstruksiyalar majmuasidan iborat ekanligi; II qiyinchilik shundan iboratki, binoning eskirishi va buzilishi odatda qator tabiiy, ximiyaviy, elektroximiyaviy, mexanik omillar ta'sirida yuz berib, ularning mazkur muayyan holatida har birini roli turlicha uni aniqlash va baholash nihoyatda qiyin; II qiyinchilik - bu bino eskirishini o'lchash uchun xolis ko'rsatkichlarni yo'qligi. Hozirgi vaqtda binoning eskirishi uning ayrim qismlarining eskirishini yig'indisi sifatida aniqlanadi. Konstruksiyaning haqiqiy holati bo'yicha jismoniy eskrishni aniqlash usulining mohiyati shundan iborat: binoning har bir konstruktiv unsurini yaxshilab ko'rikdan o'tkazish yo'li bilan uni eskirishiga tavsifliroq bo'lgan belgilar aniqlanadi va shu asosda % larda eskirish darajasi o'rnatiladi. Texnik holatning 5 ta bahosi o'rnatilgan: yaxshi - (eskirish 0-20%); qoniqarli - (21-40%); qoniqarsiz - (41-60%); puturdan ketgan - (61-80%); yaroqsiz - (80% dan oshiq). Agar jismoniy eskirishda - binoning qurish uchun ishlatilgan ashyoga tegishli ayrim hossalari ko'rsatkichlarini pasayishi nazarda tutilsa, ma'naviy eskirish jamiyatning turar-joy va jamoat binolariga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojini va ilmiy texnika ravnaqi talablariga binolarning mos emasligini ko'zda tutadi. Binolarning hoh jismoniy, hoh ma'naviy eskirishini kapital remont qilish orqali bartaraf etish mumkin. Jismoniy eskirish turli usullar bilan aniqlansa ham, barcha hollarda quyidagi formula yordamida hisoblanadi: bu yerda Ii - i-turdagi unsurning eskirishi %; Si - binoning qayta tiklash narxidan i-unsurning narxini solishtirma vazni %; Unsurlarning narxini o'rtacha solishtirma vazni ularni to'liq qayta tiklashni hisobga olgan holda binoning barcha unsurlarini narxidan kelib chiqqan holda har bir turdagi va seriyadagi binolar uchun aniqlanadi. bu yerda Sij - to'liq qayta tiklashni hisobga olgan holda i-turidagi j-unsurning narxi, so'm; Sv- binoning qayta tiklash narxi, so'm. Jismoniy eskirishning qiymati binoning texnikaviy holati asosida aniqlanadi. Jismoniy eskirish jismoniy qiymatlari bilangina emas, sifat ko'rsatkichlari bilan ham tavsiflanadi. Shu sababdan jismoniy eskirish qiymatini baholashda eskirish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.33 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.33 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga