Binolarning restavratsiyasi Reja: Restavratsiya maqsadlari. Restavratsiya usullari. Restavratsiya usullarining asosiy ta'rif-tavsiflari. Memoriy yodgorliklarning qurilish materiallarini tarixiy-texnologik jihatdan tahlil qilish. Malumki, har qanday tarixiy obidadan o'z vaqtida vazifasiga ko'ra foydalanilgan, keyinchalik saqlab kelingan, buzilgan bo'lsa tuzatilga; bazzan qayta tiklangan. Qadimda tarixiylik hissiyoti rivoj topmagan edi. Tarixiy obidalarni qayta qurishda ko'pchilik ustalar eskisini buzib, yangisii qurishgan. Bazan eski qurilish ashyosi sifatida ham foydlanilgan. Memoriy yodgorliklarni saqlash keyingi paytlarda ommaviy tus oldi. Binolarni qayta qurishdan oldin ularni xususiyatiga qaratiladigan asosiy etibor shundan iboratki, bunda yangi vazifalar nazarda tutilgan holda binolarni qayta ishlash paytida ularning oldingi qiyofasi mumkin qadar saqlanib qolishi birdan bir jiddiy maqsad qilib qo'yiladi. Asrlar o'tishi bilan asori-atiqalar eskiradi va buzila boshlaydi. Shuning uchun ham ularni ta'mirlashga to'g'ri keladi. Har qanday ta'mirlashdan ko'zda tutiladigan umumiy maqsad memorchilik asarining madaniy-tarixiy rolini hamda ahamiyatini aniqlash va tasdiqlash, shuningdek, ularning badiiy qadriyatlarini ro'yobga chiqarishdan iboratdir. «ta'mirlash» umumiy tushunchasining ichida tamirchi mutaxassislar uchun ahamiyat kasb etadigan bir qator torroq manolar: konservatsiya, ta'mirlash, qayta qurish, tiklash va yangilash ham mujassamdir. Bundan tashqari mazkur memoriy yodgorlikning vazifasi o'zgaradigan bo'lsa, undan boshqa maqsadlarda foydalanish ko'zda tutiladi, binoni mana shu yangi ehtiyojlarga moslashtirish ishlari olib boriladi. Konservatsiya deyilganda odatda binoning tuzilishi, manzara detallarini mustahkamlash, uning qoplamalari hamda binoni atmosfera ta'siridan himoya qiluvchi qurilmalarini tiklash va tuzatish bo'yicha muhandislik-texnik choralar turkumini bajarish tushuniladi. Bunga tamoman qarama-qarshi tarzda, odatda ishlarning bir muncha cheklangan turkumi memoriy monumentni yangilash hisoblanadiki, bunda memoriy yodgorlik qisman yoki hatto butunlay boshqa uslubda va boshqa loyiha bo'yicha qayta quriladi. Bu holatda uning birlamchi badiiy qadriyatlari ro'yobga chiqarilmaydi. Ilgari keng foydalanilgan yangilashga endilikda yo'l qo'yish mumkin bo'lmay qoldi. Konservatsiya bilan yangilash o'rtasidagi oraliq holatni ta'mirlash, qayta qurish va tiklash egallaydi. ta'mirlash deyilganda binoda alohida detallar va elementlarni aniqlash hamda qatiy cheklangan holda qisman tiklash bilan bog'liq tuzatish ishlarini o'tkazish tushuniladiki, bularni ilmiy asoslash uchun naturadagi binoning o'zida bahs talab qilmaydigan va yaqqol ko'rinib turgan ma'lumotlar mavjud bo'ladi. Qayta-qurish deganda shunday tuzatish-tiklash ishlari tushuniladiki, bunda nafaqat memoriy yodgorliklarning saqlanib qolgan qismlari tuzatiladi, balki inshootning yo'qolib ketgan alohida qismlari, masalan, qanotlari, minoraning ustki qismi va hakozolar ham qayta tiklanadi. Bunday ishlar ham bahs talab etmaydigan ilmiy asoslashlar mavjud bo'lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Tiklash deganda binoni poydevor ustiga yangidan barpo etish yoki nurab ketgan memoriy yodgorlikning boshqa qoldiqlarini o'rniga keltirish tushuniladi. Memoriy yodgorliklarni saqlashning muhimligi, ularning badiiy va tarixiy ahamiyatga ega ekanligini anglab etish jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq namoyon bo'lgan edi. Buzilgan asarni ta'mirlashdan ko'zda tutilgan birdan-bir maqsad, uning ilk ko'rinishdagi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.89 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.89 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:37 ]
Arxiv ichida: doc