Binolarning tuzilmaviy tugunlari. Binolarning asosiy rejalashtirish elementlari

Binolarning tuzilmaviy tugunlari. Binolarning asosiy rejalashtirish elementlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Binolarning tuzilmaviy tugunlari. Binolarning asosiy rejalashtirish elementlari - rasmi

Material tavsifi

Binolarning tuzilmaviy tugunlari. Binolarning asosiy rejalashtirish elementlari Reja: Jamoat binolari va inshootlarini loyihalashtirishda qo'llaniladigan atamalar va ta'riflar Binoning tuzilmaviy tugunlari Binoga kirish xonalari guruhi Yordamchi xonalar Jamoat binolari va inshootlarini loyihalashtirishda qo'llaniladigan atamalar va ta'riflar Yer usti qavati - xonalar polining belgisi yerning rejalashtirish belgisidan past bo'lmagan qavat. Chordoq - tom yopmalari (tashqi devorlar) va yuqori qavatning orayopmalari o'rtasidagi bo'shliq. Bolxona qavati (mansarda) - chordoq bo'shlig'idagi qavat, uning fasadi qiya (yoki siniq shakldagi) tom yuzasidan (qisman yoki to'liq) iborat bo'ladi, bunda tom tekisligi va fasadning kesishish chizig'i mansarda qavatidagi pol sathidan 1,5 metrdan katta bo'lmasligi zarur. Yerto'la qavati - xonalaridagi pol sathining belgisi yerning rejalashtirish belgisidan xonalar balandligining yarmisidan kattaroq chuqurlikda joylashgan qavat. Poypesh (sokol) qavati - xonalaridagi pol sathining belgisi yerning rejalashtirish belgisidan xonalar balandligining yarmisidan kamroq chuqurlikda joylashgan qavat. Texnik qavat - muhandislik uskunalarini joylashtirish va kommunikatsiyalar yotqizish uchun mo'ljallangan qavat. Uning balandligi 1,8 metrdan kam bo'lsligi lozim. Texnik qavat binoning pastki (texnik yerto'la), yuqori (texnik chordoq) o'rta qismi qismida joylashtirilishi mumkin. Binoning tuzilmaviy tugunlari Yuqorida qayd etilganidek, jamoat binosi ichidagi barcha jarayonlarni, ularning turi qanday bo'lishidan qatiy nazar, umumiy ko'rinishda umumiy, o'ziga xos va yordamchi jarayonlarga ajratish mumkin. Ushbu jarayonlar normal kechishi uchun jamoat binosida muayyan tuzilmaviy tugunlar mavjud bo'lishi lozim. Har bir jamoat binosi quyidagi tuzilmaviy tugunlardan tashkil topgan: binoga kirish xonalari guruhi: tamburlar, vestibyullar, garderobxonalar; asosiy xonalar guruhi: turli funksional vazifalar uchun mo'ljallangan zallar, auditoriya va sinflar; yordamchi va qo'shimcha xonalar guruhi, sanitariya bloklari; texnik xonalar guruhi: qozonxonalar, ventilyatsiya kameralari, nasoslar, suv o'lchagichlar uchun xonalar, liftlarning mashinalar bo'linmalari; gorizontal kommunikatsiyalar: yuqorida sanab o'tilgan xonalar guruhlarini yagona karkasga birlashtiruvchi galereya, foye, xoll va yo'laklar; - vertikal kommunikatsiyalar: zinapoya, pandus, lift, eskalatorlar. Binoga kirish xonalari guruhi Binoga kirish xonalari guruhini tahlil qilishdan avval qurilish klimotologiyasi talablari bilan qisqacha tanishib chiqish lozim. Mamlakatning butun hududi geografik kengligiga bog'liq ravishda to'rtta: I, II, II va IV iqlimiy mintaqaga bo'linadi [46], ushbu mintaqalar, o'z navbatida, eng sovuq oyning o'rtacha haroratiga qarab A, B, G va D kichik hududlarga ajratilgan. Ana shu ko'rsatkichlar inshootlarni loyihalashtirishni belgilab beradi. Tambur - binoga, zinapoya katagi yoki boshqa xonalarga sovuq havo, tutun va hidlarning kirishidan himoya qiladigan eshiklar o'rtasidagi o'tish bo'shlig'i Binoga kirishdagi tamburning maqsadi - binoning ichki bo'shlig'ini ko'chadagi sovuq havodan himoya qilishdan iborat. U o'ziga xos bufer vazifasini bajaradi. Tamburning minimal chuqurligi 1500 mm ni tashkil etishi kerak. Tamburning minimal kengligini belgilash uchun binoga kirish eshigining eniga har bir tomondan 150 mm dan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 267.92 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 267.92 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga