Binolarning emirilish va shikastlanishini aniqlash Reja: Binolarni ekspluatatsiya qilish sifati. Binolarning ishonchliligi. Binolarning xizmat ko'rsatish muddati. Binolarga tabiiy va texnologik ta'sirlar va ularning omillari. Atrof-muhitning ta'siri. Binolarni vazifasiga ko'ra foydalanish, texnologik ekspluatatsiya deb qabul qilingan. Binoni yaroqli holda saqlash bilan bog'liq jarayonlar esa texnik ekspluatatsiya deb ataladi. Har bir bino vazifasiga ko'ra memoriy jihatdan ko'rimli, chiroyli va umrboqiy bo'lishi lozim. Unda issiqlik va tovush izolyatsiyasi, hamda germetiklik ta'minlanishi, sanitar-texnik qurilmalar mavjud bo'lishi kerak. Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilik omillari 2 guruhda o'z ifodasini topishi mumkin: Birinchi guruhga fizik-kimyoviy omillar ta'siri ostida konstruktiv ishonchlilik va jismoniy chidamlilikni tavsiflovchi parametrlar, ayniqsa, mustahkamlilik, barqarorlik, konstruksiyalarning namlanishga va muzlashga chidamliligi, yo'l qo'yiluvchi deformatsiyalar, tom qoplamalarning germetikligi, gidroizolyatsiya va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh vazifasiga funksional muvofiqlikni tavsiflovchi parametrlar - ma'naviy umrboqiylik, faoliyat-yashash sharoitlari (omborxonalardan tashqari), xususan: nisbiy maydon va kubaturalari, xonalarning harorat-namlik rejimi, to'siqlarning germetikligi, tovush izolyatsiya, namligi va boshqalar kiradi. Binolarni qurishda loyihada ko'rsatilgan parametrlarning qiymatini ta'minlashi, loyiha va QMQ talablarini aniq bajarilishi, qurilish-montaj ishlarini yuqori sifatli bo'lishi orqali ta'minlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat muddati mobaynida loyihada ko'zda tutilgan va qurishda unga berilgan sifat darajasi saqlanishini hisobga olgan holda quriladi. Masalan, devor etarli mustahkamlik va tovush izolyatsiya hossalari bilan bir qatorda o'zining butun xizmat muddati mobaynida 1 soatda 1 kv.m yuzasidan hisobiy miqdor kaloriyadan ko'p bo'lmagan issiqlik o'tkazishi kerak, isitish tizimi esa o'z navbatida xonaga malum miqdordagi issiqlikni yetkazib berishi lozim va shu kabilar. Binoning malum chegaralarida unga qo'yilgan parametrlarni saqlash xossasi binoning ishonchliligi deb ataladi. U me'yoriy vaqt mobaynida berilgan ekspluatatsiyaviy sharoitlarda talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan baholanadi. Ishonchlilik loyihalashtirish jarayonida mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik va shu kabilarni hisoblash vaqtida qo'yiladi. Bunda ashyolarning xossalarini konstruksiyalarning ishlash sharoiti bilan bog'lovchi koeffitsiyentlar konstruksiyaning yaroqli holda tutib qabul qilinadi. Binolarning ishonchliligi uni qurishda yuqori sifatli ashyolardan foydalanish, ish texnologiyasiga qatiy rioya qilish, loyiha talablariga to'la muvofiqlik orqali ta'minlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida binolarning ishonchliligi pasayishi mumkin, zero tabiiy ta'sirlar ostida, asosan tashqi tarafdan atmosfera omillari va ichki tarafdan turli tajovuzkor texnologik chiqindilar ta'sirida konstruksiya eskiradi va sekin-asta emiriladi. Ekspluatatsiya xizmatining vazifasi berilgan xizmat muddati mobaynida binolardagi ko'zda tutilgan parametrlarni saqlanishini taminlovchi chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishdan iborat. Bino parametrlarining saqlanganligiga, yani ularning ishonchligiga ko'plab konstruksiyaning hisobiy sxemasini haqiqiy ish sharoitiga mosligidan to ashyolar sifati va ularni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishigacha bo'lgan omillar katta ta'sir ko'rsatadi. Binobarin, bu omillarning ko'pchiligi tasodifiy tavsifga ega ekanligidan, ishonchlilik ehtimoli tavsif kasb etiladi. Bino ishonchliligi 3 asosiy tavsif bilan baholanadi: buzilmasdan ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.21 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.21 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc