Bo'yoq va lok ashyolari Reja: Bo'yoqchilikda ishlatiladigan ashyolar Tayyor bo'yoq tarkiblari va ularning xillari Lok bo'yoq markalari Lok va bo'yoqlarga rang beruvchi kontsentratlar Bino va inshootlarni pardozlashda ishlatiladigan lok-bo'yoq ashyolarning chidamliligini oshirishda, tasviriy chiroy berishda, sanitariya-gigiyenasiga doir sharoit yaratishda, changlanish, ifloslanish, namlanishdan va tashqi shovqindan saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Pardozbop ashyolar bino va inshootlarning buzilgan joylarini ta'mirlashda ham keng ishlatiladi. Pardozbop ashyolarning turlari va rang xillari hozirgi kunda 350 dan oshib ketdi. Shu tufayli ularning sifatiga alohida etibor berish kerak. Ishlab chiqarish texnologiyasining tasnifiga ko'ra pardozbop ashyolar quyidagi guruhlarga bo'linadi: bo'yoqchilikda ishlatiladigan kompozitsiyalar, tabiiy va sun'iy toshlar, sopol, shisha, temir, yog'och, temir ashyolari, polimer va boshqalar. Memorchilik-qurilish tasnifiga ko'ra, pardozbop ashyolar: inshootlarning tashqi va ichki yuzalaribop, pol va shipbop hamda maxsus xillariga bo'linadi. Pardozbop ashyolar quyosh nurida o'z jilosini, rangini yo'qotmasligi, nam, qor va yomg'ir ta'sirida ko'chib ketmasligi kerak. Uzoq muddatga chidamliligini ta'minlashda pardozbop lokbo'yoqlarni asos bilan mustahkam yopishish choralarini ko'rish kerak. Bo'yoq kompozitsiya ko'p yoki bir tarkibli bo'ladi. Asosga (yog'och, beton, qorishma, tosh va h.k.) surtilgan bo'yoq mustahkam yopishgan parda qatlami sifatida qotadi. Bo'yoqlar, asosan bog'lovchi, erituvchi, pigment va kukun to'ldirgichlardan tashkil topgan. Bo'yoqlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: moyli, emal, vodoemulsion va boshqa elimli bo'yoqlar, hamda silikat va tarkibli bo'yoqlar. Badiiy bo'yoqlar (moy, elim va b. asosida) alohida guruhni tashkil etiladi. maxsus bo'yoqlar (yorug'lik tarqatuvchi, haroratni sezadigan va b.) ning ahamiyati oshib bormoqda. Tayyorlash uchun ishlangan loklarning turiga qarab emal bo'yoqlari ko'p sonli xilma-xil guruhlarga bo'linadi. Pigmentning rangiga ko'ra bo'yoqlarni guruh uchun yana guruhlarga bo'lish mumkin. Bo'yoqchilikda ishlatiladigan ashyolar Aliflar. Lok-bo'yoqlar tayyorlashda asosan tabiiy va aralashtirilgan (sun'iy) aliflar ishlatiladi. Tabiiy aliflarning qotishi uni havodagi kislorod bilan oksidlanish natijasidir. Tabiiy alif zig'ir, kanop, kungaboqar va boshqa o'simlik moylaridan tayyorlanadi. Buning uchun o'simlik moyiga maxsus aralashma (sikkativlar) qo'shilib, u 200oS gacha qizdiriladi. Zig'ir va kanopdan olinadigan alif qurilishda yuqori sifatli ashyo hisoblanadi. Shuning uchun ular o'ta muhim inshootlardagina ishlatiladi. Tabiiy alifning kamchiligi uning sekin qurishi, sun'iy aliflardan qimmatroq turishidir. Tabiiy alif o'rniga quyuq-suyuqligi va parda hosil qilish xossalari unga yaqin bo'lgan sun'iy va yarim sun'iy aliflarni ishlatish mumkin. Yarim sun'iy alif tayyorlash uchun o'simlik moyi maxsus ishlanib, quyuq yopishqoq modda holatiga keltiriladi, keyin unga teng miqdorda (yani 50 %) erituvchi qo'shiladi. Erituvchi suyuqlik sifatida skipidar, uayt-spirt yoki solventnaft (benzol) ishlatish mumkin. Qurilishda eng ko'p tarqalgan yarim sun'iy aliflardan biri oqsol aralashmasidir. sun'iy (surrogatli) aliflar neft mahsulotlaridan, masalan neftenol va karbonol aliflar yoki kanifol va shunga o'xshash organik moddalardan ishlanadi. Surrogatli aliflar ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.32 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.32 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc