Davlat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari Reja: Davlat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari. Davlat shaharsozlik kadastri. Davlat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari Tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi Viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatlari Tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalarining (bo'limlarining) vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi Davlat ekspertizasi bosh boshqarmasining vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining vakolatlari Shaharsozlik faoliyatisohasidagi davlat boshqaruvi Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga ko'maklashadi; shaharsozlik faoliyati sohasida normativ hujjatlar qabul qiladi; shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi; O'zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini hamda O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi; qonun hujjatlarida belgilangan vakolati asosida shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi; shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini o'rnatadi; davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hamda shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borish tartibini o'rnatadi; umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiytadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasida litsenziyalash tartibini o'rnatadi; shaharsozlik hujjatlarining davlat ekspertizasini tashkil etish hamda o'tkazish tartibini o'rnatadi; shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari o'z vakolatlari doirasida: shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi, shuningdek uy-joy fondi hamda jamoat va ishlab chiqarish obyektlari saqlanishini ta'minlaydi; aholini oqilona joylashtirish, ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.68 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.68 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc