Devor konstruksiyalarini namlanishdan saqlash

Devor konstruksiyalarini namlanishdan saqlash

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Devor konstruksiyalarini namlanishdan saqlash - rasmi

Material tavsifi

Devor konstruksiyalarini namlanishdan saqlash Reja: Devor konstruksiyalarini namlanishdan saqlash va inshootlardan namlikni yo'qotish usullari. Konstruksiyalarni zamin namligidan himoya qilish. Namlanishning sabablari va xarakteri. Birlamchi va doimiy namlanish. Konstruksiyalarni grunt suvlaridan himoyalash murakkabroq tadbir hisoblanadi. G'isht devorlarni quritishning samaradorligi ko'proq gidroizolyatsiyaning ko'z bilan aniqlash joyidan uzoqroq bo'lgan shikastlangan joyini aniqlashga va haqiqiy ish hajmini topishning aniqliligiga bog'liq. Devor va vaznli balkalarda gidroizolyatsiyaning mavjudligi va sifatini aniqlash uchun yo'd qurilishlarda yopmalarning ayrim qatlamlari namligini aniqlashda keng qo'llaniladigan elektr usuli tavsiya etiladi. Uning mohiyati konstruksiyaning ayrim uchastkalari orasidagi elektr tokini o'lchashdan iborat. Buning uchun gidroizolyatsiya bo'lishi lozim mintaqaning ikki tarafida 20-30 sm oralig'ida teshik ochiladi. Bu teshiklarga termaning elektro'tkazuvchanligini oshiruvchi tuzlarning suvdagi eritmasi shimdirilgan paxta o'ralgan elektrodlar o'rnatiladi. Ularni elektr toki manbaiga va qayd etuvchi asbob - milliometrga ulanadi. Elektr zanjiridagi uzilish: termada munosib dielektrik gidroizolyatsiyaning borligini, tutashuv esa uning yo'qligini gidroizolyatsiyaning shikastlanganligidan darak beradi (muallif M.D Boyko). Konstruksiyalarni namlanishdan himoya qilish usullari avvalam bor namlanishning tavsif va sabablariga bog'liq: u bir martali yoki doimiy ta'sirdami, uning manbai qanaqa va x.k 7-rasm. Devorda gidroizolyatsiyaning borligi va uning sifatini aniqlash usuli. Bir martali namlanish - tabiiy yo'l bilan yoki kuchli qizdirish va shamollatish orqali bartaraf etish mumkin bo'lgan jala yoki tomqoplama shikastlanishidan kelib chiqadi. Jadallik bilan quritish uchun issiqlik, olovlik va elektr qurilmalari, hamda xlorli kaltsiydan foydalaniladi. Quritishning muddati havo haroratiga bog'liq. Doimiy namlanish holatida (masalan grunt suvlari bilan) na issiqlik va na bo'lak quritish usullari, ijobiy natija bermaydi. Bunday holda avval konstruksiya atrofini quritish, namlik kelayotgan manbani yo'qotish, so'ngra quritishni amalga oshirish mumkin. Tabiiy quritish konstruksiyaning qalinligiga, qurilish joylashgan hududning iqlimiy sharoitiga, isitish va shamollatish darajasining jadalligiga bog'liq. Bir jinsli konstruksiyani quritish vaqti sutkalarda quyidagi emperik formula yordamida aniqlanishi mumkin: Tk*v2 (4) Bu yerda: v - bir jinsli konstruksiyaning qalinligi; k - devor ashyosini tavsiflovchi, quritish koeffitsiyenti; beton - 1,6; g'ovak beton- 1,2; g'isht - 0,28; ohakli qorishma - 0,25; tsementli qorishma - 2,5; qarag'ay yog'ochi-0,9. Bu ma'lumotlarga ko'ra namligi 12% bo'lgan ikki g'isht qalinlikka ega bo'lgan devor 728 kun tabiiy qurish mobaynida 2% namlikka ega bo'ladi. Tabiiy quritishga moyillik yomonroq bo'lgan joylarda sun'iy quritishga o'tiladi; devorga elektrodlar o'rnatiladi yoki idishlarga solingan qizdirilgan xlorli kaltsiy joylanadi. Elektrod sifatida trepsi qo'shilgan kaolin loyi bilan bir-biridan 60 sm oraliqda mahkamlangan temir yoki mis plastinkalari qo'llaniladi. Elektrodlardagi kuchlanish 65100 v. atrofida bo'lishi lozim. Devorlarni elektr bilan isitish 3-4 sutka davom etadi. Bunda isitish rejimiga rioya qilishi kerak. Darzlar hosil bo'lishini oldini olish uchun devordagi haroratning ko'tarilish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.77 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.77 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga