Devorlar ekspluatatsiyasi

Devorlar ekspluatatsiyasi

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Devorlar ekspluatatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Devorlar ekspluatatsiyasi Reja: Devorlar konstruksiyalari va ekspluatatsiyasi. Devorlarning asosiy defektlari. Chok va ulamalarni germetizatsiyalash. Defektlarini bartaraf etish usullari. Bino va inshootlarning devorlari xonalarni issiq-sovuqdan to'sish vazifasini bajarib, bino narxining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ular ashyolari va konstruksiyalari jihatidan nihoyatda xilma-xildir. Devorlarning ko'proq tarqalgan turi tom, orayopmalar va xususiy og'irliklarini poydevorga va undan so'ng zaminga uzatuvchi yuk ko'taruvchi devorlardir. O'z-o'zini ko'taruvchi devorlar ham mavjud. Ko'proq ular ishlab chiqarish korxonalari binolarida uchraydi. Ular to'siq vazifasini bajarib, issiqlik va tovush izolyatsiyasiga hisoblanadi. Ularning yonida turuvchi karkaslar esa tomdan, orayopmalardan, tom qoplamalardan tushadigan turi ham bor karkas esa tomdan, orayopmalardan, tomqoplamalardan tushadigan yukni qabul qiladi. Devorlarning faxverkli deb ataluvchi uchinchi turi ham bor. Karkas - faxverk katagida bunday devorlar faqat o'z og'irligini ko'taradi, boshqa yuklarni esa karkas qabul qiladi. Bunday hollarda devorlar garchi yuk ko'taruvchanligi kichik bo'lgan samarali issiq izolyatsiyali ashyolardan qilinsada, xech qanday xavf tug'ilmaydi. Chunki butun yukni faxverk qabul qiladi. Qo'llaniladigan ashyolarga ko'ra devorlar 2 katta guruhga bo'linadi: yog'ochli va toshli, shu jumladan g'isht, beton va temirbeton. O'z navbatida yog'och devorlar ham g'o'lalardan, bruslardan yoki issiq izolyatsiyali ashyolardan foydalanilgan yog'och ashyolardan yasaladi. Devorlarga qo'yiladigan ekspluatatsiyaviy talablar Devorlarga ta'sir etuvchi barcha omillarni va ularga bo'lgan ekspluatatsiyaviy talablarni (2-rasm.) hisobga olish, ularning barcha tarkibiy qismlari mujassamlashgan umumiy ko'rinishdagi prinsipial yoki jamlama strukturaviy chizmasini tuzish imkonini beradi. Rasm 2. Devorga ta'sir: 1-bug'-havo aralashmasi ; 2-arxitektura ta'sirchanlikka bog'liq talablar; 3-shovqin; 4-sovuq havo bosimi; 5- qiya yomg'ir; 6- tashqi havo temperaturasining chiqib-tushishi; 7-yuklar. Devorning konstruktiv elementlari: I-yuk ko'taruvchi elementlar; II-issiqizolyatsiya; II-koshin, himoya qatlami; IV-germetik qatlam; V-tovush izolyatsiya qatlami; VI-bug'izolyatsiya; VII-arxitektura shakli. Devorlarning eskirishini tezlashtiruvchi, unda shikastlanishlarni paydo bo'lishiga olib keluvchi asosiy va keng tarqalgan sababi ularni haroratning o'zgaruvchan ishorali tushib-chiqishi bilan birgalikda ularning namlanib qurishidir. Devorbop ashyolar odatda uch fazadan iborat tizimdir, yani qattiq jism, havo va suv. Har bir fazaning tavsifi va miqdori devorning ekspluatatsiyaviy sifatiga jiddiy ta'sir qiladi: qattiq jism qanchalik yuqori zichlikka ega bo'lsa, devor shunchalik mustahkam, biroq issiq o'tkazuvchan, unda qanchalik ko'p suv bo'lsa, ayniqsa muz, shunchalik issiq o'tkazuvchan, binobarin uning ekspluatatsiyaviy sifati past va tezroq eskiradi. Devor ashyosidagi namlikning yo'l qo'yiladigan miqdori me'yorlarda belgilanadi (jadval 3). Devorga namlik bir necha yo'llar bilan: shimilish natijasida- sorbtsiya; kapillyar yoki diffuziyali namlanishdan; bug'-havo aralashmasi bosimidan va diffuziyadan; fizikaviy-ximiyaviy jarayonlar natijasida kiradi. Fibrolit, toshqolbeton, ohak kabi g'ovakli ashyolar namlikni faol so'ruvchilarga; zich ashyolar-g'isht, granit ashyolar g'ovakli ashyolarga nisbatan namlanishga yaxshiroq qarshilik ko'rsatadi. Devorlarning ekspuatatsiyaviy sifatini o'rnatish uchun dastlabki ma'lumotlar Qizil g'isht yuqori namlanishga bardoshli va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 357.75 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 357.75 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga