Donali ashyolardan tom yopmasini hosil qilish

Donali ashyolardan tom yopmasini hosil qilish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Donali ashyolardan tom yopmasini hosil qilish - rasmi

Material tavsifi

Donali ashyolardan tom yopmasini hosil qilish Reja: Po'lat taxtalardan tom yopmasini hosil qilish Asbest-tsement to'lqinli taxtalardan tomni yopish Cherepitsali tomlar Qish paytida tom ishlarini bajarish Tom ishlarini sifatini nazorat qilish va ishni qabul qilish Po'lat taxtalardan tom yopmasini hosil qilish Boshqa tom ashyolaridan qoplash qiyin bo'lgan joylarda ruxlangan tom po'lati taxtalaridan tom qismlarini bajariladi (masalan suv ayirgich). Yendov, suvni tashqariga tushirish qismlari v.x.k. Po'lat taxtalardan tom yopishda asos bo'lib o'lchami 50x50 mmli chorqirra g'o'la va o'lchami 50x120x140 mm taxta xizmat qiladi. Bunda tomning suv ayirgich qismi xar ikki tomoniga bo'ylamasiga taxta yotqiziladi. Binoning peshtoq, yondov va tarnov qismlarida esa yopma taxta to'shama yotqizish maqsadga muvofiqdir. Tarnov qismi taxta to'shamasi ustidan bir qavat o'ram ashyo yopishtirib olinadi, u o'z navbatida bug'dan himoyalab, po'lat taxtalar ostiga namlik o'tishdan saqlaydi. Bunday o'ram qoplamalar yana po'lat taxtalar tsement yoki asfalt qoplama ustidan xam qoplanganda xam amalga oshiriladi. Yog'och panjara taxta o'z navbatida mustahkam, qattiq va tekis bo'lishi zarur. Bir metrli rejacho'p yordamida tekislik tekshirilganda, bir metr masofa ichidagi kengligi 5 mm gachalik tirqish bittadan ortiq bo'lmasligi zarur. Metall taxtalar o'zaro (falpts) tirnoq sifatida biriktiriladi. Shakliga ko'ra ular yotqizilgan va tik turgan turlariga, zichligi bo'yicha esa bir qavatli va ikki qavatli turlariga bo'linadi (rasm 7.2 a). Qoplama qismlari ustaxonalarda tayyorlanib, u yerda po'lat taxta qirralari bukilib, bir biriga tirnoq yordamida birikishi ta'minlanadi. Bir biriga tirnoq bilan birikadigan po'lat taxta qismlarini «kartina» deb yuritiladi va ular ikki va bir nechta qismlardan tashkil topadi. Yotqizilgan tirnoqli biriktirish suv yo'nalishiga perpendikulyar joylashganda, tik turgan tirnoqli birikishlar esa suv yo'nalishiga parallel ollarda amalga oshiriladi. Agar qiyalik 30% dan kam bo'lsa po'lat taxtalarni o'zaro tirnoqqa birlashtirish ikki qavatli qilib bajariladi va u oraliq temir suriki bilan surtib chiqiladi. Tom qismlarini «kartina» lar panjara taxtalarga klyamerlar yordamida qotiriladi. Klyamer, bir cheti bilan chorqirra g'o'laga mix yordamida, ikkinchi cheti po'lat taxtalarni o'zaro birlashtirib turuvchi tirnoqqa qo'shib bukib yuboriladi (rasm 7.2 b ). Rasm 7.2. Tomni po'lat taxtalar yordamida qoplash a- (Falpts) tirnoq va kartinalar; b- klyamer; v- devor usti tarnovi; 1,2 - bir yoki ikki tik turgan (falets) tirnoq; 3,4 - bir yoki ikki qavatli yotqizilgan (falets) tirnoq; 5- o'zaro birlashtirilgan kartina; 6- klyamer; 7- panjara taxta to'rt qirrali g'o'lasi; 8 - birlashayotgan taxtalar chetlari; 9 - suv to'plagich qism taxta to'shamasi; 10- tarnov osti taxta to'shamasi; 11- qoziq; 12- devor usti tarnovi; 13- devor usti tarnovini tutgich ilgagi; 14- voronka; 15- suv oqizish ariqchasi; 16- yoqaning ostki yarmi; 17 - ikki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 147.58 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 147.58 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga