Ekstremal sharoitlarda bino va inshootlarni barpo etish

Ekstremal sharoitlarda bino va inshootlarni barpo etish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Ekstremal sharoitlarda bino va inshootlarni barpo etish - rasmi

Material tavsifi

Ekstremal sharoitlarda bino va inshootlarni barpo etish Reja: Ekstremal sharoitlarda qurilishning tashkiliy-texnologik jihatlari Qurilish ishlarini bajarishning alohida jihatlari Murakkab grunt sharoitidagi obyektlarda qurilish ishlarini bajarish Qish mavsumida bino va inshootlarni qurish. Qish vaqtining alohida jihatlari Issiq iqlim sharoitida bino va inshootlarni barpo etish Ekstremal sharoitlarda qurilishning tashkiliy-texnologik jihatlari Qurilishda ekstremal sharoitlar va uning tavsifi Qurilishda ekstremal sharoitlar - bu alohida sharoitlar majmuasi bo'lib, geofizik, tabiiy iqlimiy va tashkiliy tavsiflari bilan belgilanib bular qurilishni loyihalashga, ishlarni bajarish texnologiyasiga va uni tashkil etishga jiddiy ta'sir etadi. Alohida geofizik sharoit qurilish maydonini murakkab geologik va gidrogeologik tuzilishi bilan tavsiflanadi: bino va inshootlar asosining strukturasi o'zgaruvchan gruntlardan tashkil topganligi; seysmik va noxush holatlar ro'y berishi; ko'chki, jala va sel oqimlarining bo'lishi. alohida tabiiy - iqlimiy sharoit tabiiy hududning qaerda va qanday joylashishi, o'rtacha oylik yoki yillik havo haroratining va namligining o'zgaruvchanligi, issiq (sovuq) davrlarning davomiyligi, shamol rejimi, yog'ingarchilik miqdori, quyosh radiatsiyasi va insolyatsiyasi bilan ifodalanadi. alohida tashkiliy sharoitlar. Bino va inshootlarni aholi yashash joylaridan chekkada va qiyinchilik bilan yetib boradigan hududlarda qurish, o'lchamlari cheklangan maydonlarda va ishlab turgan korxona hududlarida hamda rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarda qurilish ishlarini olib borish kabi sharoitlardir. Markaziy Osiyo shu jumladan, O'zbekiston keskin kontinental quruq-issiq iqlimga ega bo'lib, nomaqbul radiatsiya rejimi, yozning uzoq davom etishi, havo haroratining yuqoriligi va namligining yetishmasligi, kuchli shamollar, gruntning qurib qolishi, sutkalik haroratning keskin o'zgarishining ta'siri, changto'zonlarning ko'tarilishi bilan ajralib turadi. Bu hududlar bundan tashqari, yuqori seysmik faolligi, cho'kuvchan gruntlarning ko'p tarqalganligi va ularda suvda eruvchi moddalarning mavjudligi va termitlarning faolligi bilan ajralib turadi. Shaharsozlikni iqlimiy hududlashda quruq-issiq iqlimdan tashqari, tog' iqlimi, cho'l va sahrolarni sharoiti ham alohida e'tiborga olinadi. Bundan tashqari, O'zbekistonning shimoliy qurilish - iqlimiy hududi Qoraqalpog'iston, Xorazm viloyati, Navoiy viloyati shimoliy qismi - sovuq davrning uzoqroq davom etishi, havoning past harorati, qishki shamollar va qor qoplamalari bilan ajralib turadi. Yuqori tog' hududlari - relefning murakkabligi, tog' ko'chkilari, yer silkinishlari, surilishi, qor ko'chkilari, sel oqimlari, noqulay geologik va gidrogeologik sharoitlar atmosfera bosimining o'zgaruvchanligi bilan tasniflanadi. O'zbekistonning alohida qurilish hududlarga ajratilishi va ushbu hududlarning tavsiflari me'yoriy-ma'lumotnoma to'plamlarida keltirilgan - QMQ 2.01.01-94, QMQ 2.01.03-96, QMQ 3.01.01-97. Qurilish ishlarini bajarishning alohida jihatlari Ekstremal sharoitlardagi hududlarda va obyektlarda qurilish ishlarini olib borish o'ta murakkabligi va barcha turdagi resurslar sarfining ortishi bilan ajralib turadi. Bu nafaqat barpo etiladigan obyektning xajmiy-rejaviy va konstruktiv elementlarining alohidaligida, balki tabiiy-iqtisodiy, geofizik va tashkiliy omillarning qurilish ishlari texnologiyasiga va uni tashkil etishga noqulay ta'siridir. Ushbu omillar va ularning ahamiyatini hamda qurilish ishlarini bajarishda hisobga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.87 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.87 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga