Energetik samaradorlikni oshirish imkoniyatlari

Energetik samaradorlikni oshirish imkoniyatlari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Energetik samaradorlikni oshirish imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Energetik samaradorlikni oshirish imkoniyatlari Reja: TJKX tizimida energiya samaradorlikni oshirish bo'yicha tadbirlar Binolarning energiya samaradorlik sinflarini aniqlash O'zbekiston energetik samaradorlikni oshirishning texnik potensiali bo'yicha jahonda eng katta imkoniyatlarga ega bo'lgan mamlakatlardan biri bo'lib, bu potensial mamlakatda iste'mol qilinadigan energiya hajmining 403 millionni tashkil etadi. Bu rezervdan energiya samaradorlikni oshirish bo'yicha iqtisodiy nuqtai nazardan eng jalb etuvchan kompleksli siyosatni amalga oshirish yo'li bilan foydalanish mumkin, mazkur kompleksli siyosat quyidagi uchta sektorda jamlangan: 1) Ko'chmas mulk va qurilish; 2) Yoqilg'i - energetika kompleksi; 3) Sanoat va transport. Ko'chmas mulk va qurilish. Yillik iqtisodiy pontensial 2030 yilga kelib taxminan 180 millionni tashkil etadi (energiya iste'mol qilinish jami hajmining 13%). Past boshlang'ich investitsiyalarga ega bo'lgan va nisbatan tez o'zini oqlaydigan hamda iqtisodiy jalb qiluvchi tadbir, bu energiya tejaydigan chiroqlarni qo'llashdir. Biroq bu O'zbekistonda energiya tejash umumiy potensialining atigi 2% ni reallashtirish imkonini beradi xolos. Ikkinchi muhim tadbir - bu issiqlik termostatlari va o'lchagich moslamalarini o'rnatishdir. Tadqiqotlar issiqlik iste'mol qilinishini tartibga soluvchi (regulirovkalaydigan) termostatlar va hisoblagich moslamalarini turar-joylarga o'rnatish natijasida yashovchilar faqat iste'mol qilingan issiqlik hajmiga haq to'lashligini, buning oqibatida isitish uchun to'lanadigan summa 20%ga qisqarishini ko'rsatdi. Isitgich bilan qoplash (masalan, plintuslarni va havo chiqadigan boshqa teshiklarini germetiklashtirish (muhrlash), deraza va eshiklarni tasmali isitgichlar bilan zichlash, chordoq qismlari va devorlardagi teshik hamda bo'shliqlarni issiqlik himoyasi qoplamasi bilan qoplash) issiqlik iste'mol qilinishini yana 20% ga qisqartirish imkonini beradi. Shunday qilib, termostatlar va hisoblagichlar o'rnatilgach, shuningdek, xonalar isiqlik himoyalovchi materiallar qoplamasi bilan qoplangandan keyin tejalgan summa bitta oilaga bir oyda 600 so'mni tashkil etdi. Yonilg'i - energetika kompleksi. Ta'mirlash ishlarining sifatini oshirish, gazning teshiklardan chiqishini qisqartirish va quvur o'tkazgichlar bo'yicha gazni bir maromda berish, elektr stansiyalarida xususiy ehtiyojlar uchun energiya sarflanishini kamaytirish hamda issiqlik tarmoqlarida energiya yo'qotilishini pasaytirish energiya tejashning asosiy tadbirlari deb hisoblanadi. Sanoat va transport Sanoat sektorida energiyani tejash qo'shimcha mablag'lar sarflanishini anglatmaydi. Aksincha, ko'p hollarda Respublika kompaniyalari o'z energiya samaradorligini oshirish hisobiga ancha raqobatbardosh bo'lgan kompaniyalarga aylanishi mumkin. TJKX tizimida energiya samaradorlikni oshirish bo'yicha tadbirlar Hozirgi vaqtda O'zbekistonda turar-joy kommunal xo'jaligi (TJKX) ni modernizatsiya qilish dasturi faollik bilan amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Iqtisod vazirligi va yangi tashkil etilgan (TJKX) vazirligi rahbarliklari ostida loyihalar doirasida 6 ta bo'limning modeli rivojlantirilmoqda: aholi orasida energetik resurslarni tejash va hisobga olishning to'g'ridan - to'g'ri iqtisodiy foydaliligi to'g'risida axborot kampaniyasini o'tkazish (OAV matbuotida, radio va televideniye bo'yicha ijtimoiy reklamalarni tashkil etish); hisoblagich priborlari bo'yicha haq to'layotganlar uchun chegirmali ta'riflar o'rnatilishi; ikkilamchi ta'rif (kun va tun bo'yicha); elektr energiyasi va boshqa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 114.69 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 114.69 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga