Energiya audit Reja: Auditorlik bo'yicha o'tkaziladigan tadqiqotlarning bosiqichlari Energiya auditning ilg'or intellektual texnologiyalari Ko'p qavatli turar - joy binolarida energetik yo'qotishlarning xarakterli joylari Binoning energetik pasporti Binoning energetik pasportini tuzishga doir misol Energiya samaradorlikni oshirish - bu masshtabi bo'yicha neft va gaz qazib olish bilan taqqoslanadigan Respublikaning ulkan yashirin resursidir, energiya audit - nosamarador energiya sarfini aniqlashning asosiy usulidir. O'zbekistonda energiya auditning amaliy tajribasi hammasi bo'lib o'n yilni tashkil etadi. Respublika mutaxassislari Angliya, AQSH, Fransiya va Daniyadagi chet el konsalting firmalari energiya auditning amaliy tajribasi hamkorligida ish olib bormaqda. O'zbekistonda bungacha energiya sarflanishini tadqiq qilish faqat alohida olingan muammoni yechish bilan amalga oshirilar edi, bunda energiyani samarali iste'mol qilish vazifasiga kompleksli yondashilmas edi. Energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, issiqlik himoyalovchi qurilish materiallari, energiya resurslari (issiqlik tizimlari, suv va gaz ta'minoti) ni ro'yxatga olish va tartibga solish (regulirovkalash) ni, eskirgan quvur o'tkazgichlarni zamonaviy quvur o'tkazgichlarga almashtirishni, energiya tejaydigan jihozlarni qo'llamasdan, bugungi kunda turar - joy binolarini boshqarishni tasavvur qilib bo'lmaydi. Jamoat va turar-joy binolari, jumladan, ko'p yarusli inshootlarni, ko'p xonadonli uylarni energiya auditdan o'tkazish majburiydir. Asosan bu yangi bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bosqichida turgan yoki ta'mirlash bosqichida turgan qurilish obyektlariga ta'lluqlidir. Aynan faqat energiya auditli ekspertiza turar - joy binosini uning energetik va issiqlik energetik resurslardan foydalanishdagi energiya samaradorligini batafsil baholash imkonini beradi. Turar - joy va jamoat binolarining energiya auditi energiya iste'mol qilinishi va energetik hamda issiqlik energetik resurlaridan foydalanishni maqbullashtirishning kelgusi strukturasi to'g'risida sifatli ekspert axborotini olishga yo'naltirilgan tadbirlar kopmleksini o'zida namoyon etadi. Elektr ta'minoti bo'limlari, quvur va issiqlik o'tkazgichlarning sxemalari, elektr energetik va issiqlik energetik resurlarning ancha ratsional iste'mol qilinishini ta'minlash imkonini beruvchi, ventilyatsiya qilinadigan fasadlarni qurish bo'yicha loyihaviy yechimlarni o'z ichiga olgan maqsadli strategiyaning ishlab chiqilishi audit natijasi deb hisoblanadi. Auditorlik bo'yicha o'tkaziladigan tadqiqotlarning bosiqichlari Auditorlik tadqiqotlarining bosiqichlari YSO 9001 sertifikatsiyalash xalqaro tizimida tasdiqlangan va sertifikatsiyalangan. obyekt naturaviy tadqiq qilinadi, o'lchash ishlari bajariladi va turli sharoitlarda turar-joy uchun issiqlik-himoyalovchi materiallar tasviri olinadi, bu tasvir issiqlik-himoyalovchi materialning buzilish manbalarini va issiqlikning sizib chiqish joylarini aniqlash imkonini beradi. Binolar yoki inshootlarni qurishda foydalaniladigan materiallarning turlari va xossalarini, qurilish konstruksiyalarining sifatini aniqlaydi. Olingan natijalarni tahlil qilish, energiyani taqsimlab tarqatish grafiklarini va energetik egri chiziqlarni quradi. obyektning issiqlik energetik muvozanati (balansi)ni tuzish va uni tahlil qiladi. Energetik tarmoqlarni batafsil bosqichma-bosqich yuksizlantirish rejasini tuzish bilan inshootlarning energiya samaradorligini oshirish bo'yicha uzoq muddatli dasturni ishlab chiqadi. Energiyani oqilona (ratsional) sarflash bo'yicha qabul qilinadigan chora-tadbirlarni batafsil tahlil qilish ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.62 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.62 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc