Energiya samaradorlikka erishish yechimlari bo'yicha xorijda to'plangan tajriba Reja: Mavjud binolarni modernizatsiya qilishning Polsha tajribasi Binolarning energetik xarakteristikalari to'g'risida gi Direktivalarning Polshada amalga oshirilishi Ekologik, iqtisodiy va sotsial jihatlarni inobatga olgan holda binolarni baholash usullari Birinchi namoyishbop energiya samarador bino Manchester shahrida (NyuXempshir. AQSH) qurilgan. Dastlab har bir qavatining maydoni 1959 m2 va ofislarining umumiy foydali maydoni 11700 m2 bo'lgan 6-qavatli binoning loyihasi taklif etildi. Loyihada yer osti avtoturar-joyi ham ko'zda tutilgan (3900 m2). Mazkur bino tomonlarining nisbati 2:1 ga teng bo'lgan meridional orentatsiyaga ega. Energiya tejaydigan tadbirlar bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarda binoning shakli va orientatsiyasiga, binoga ko'rsatiladigan shamol ta'sirini maqbullashtirishga, tashqi to'suvchi konstruksiyalarning issiqlik himoyasini va issiqlik-akkumlyatsion qobiliyatini oshirishga hamda bu konstruksiyalar ichiga issiqlik himoyalovchi qatlamni joylashtirishga, oyna bilan qoplanadigan yuzalarni kamaytirishga va quyoshdan himoyalash qurilmalaridan hamda binoning issiqlik ta'minoti tizimida quyosh radiatsiyasi issiqligidan foydalanishga alohida e'tibor qaratilgan. Qurilish joyining o'lchamlari va (orientatsiyasi) joylashishi binoning (optimal) maqbul shakli hamda joylashishini (orientatsiyasini) energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan tanlash imkonini chegaralashi to'g'risida yuqorida aytilgan edi. Tarhi bo'yicha to'g'ri burchakli to'rtburchak shaklidagi binoning janub va shimolga qaratilgan uzun fasadlari yoz faslida quyosh radiatsiyasidan issiqlik tushushini kamaytiradi, qish faslida esa quyosh garizont ustida past joylashganda, quyosh radiatsiyasidan tushadigan issiqlikdan foydalanish imkoni tug'iladi. Oxirgi hal qiluvchi loyiha variantida bino ikki yarusli garaj, ettita ofisli qavatlar va texnik chordoqdan iborat bo'lgan. Ofis qavatlari 40x33,5 m o'lchamlarga ega. Binoning umumiy maydoni 16350 m2 ni tashkil etadi. Shamol ta'sirida tashqi to'siq konstruksiyalari orqali ro'y beradigan infiltratsion issiqlik yo'qotishlar qurilish joyining o'ziga xos jihatlaridan foydalanish evaziga yoki mazkur bino aerodinamikasini optimizatsiyalash yo'li - shamolning ko'p esadigan yo'nalishiga nisbatan binoning optimal shaklini tanlash yoki shamoldan himoyalovchi qovurg'alar, to'siqlardan foydalanish bilan kamaytirish mumkin. Ventilyatsiyaga sarflanadigan energiyani tejash bo'yicha taklif etilgan tavsiyalarda quyidagilar inobatga olingan: standartlarni qayta ko'rib chiqish yo'li bilan tashqi havo hajmini kamaytirish; binoning qat'iy ajratilgan joylaridagina tamaki chekish uchun maxsus joylarni yaratish; ichki fazoviy tuzilmalarni o'xshash funksiyalar bo'yicha guruhlash; absorbirovkalash tizimlarining retsirkulyatsion, tozalaydigan vositasi bilan tashqi havoni almashtirish hamda qo'shimcha hajmlarda havoga bo'lgan ehtiyojni kamaytirish uchun havo taqsimlanishini to'g'ri tashkil etish. So'rib kiritiladigan havoni isitish va sovutishga sarflanadigan energiya issiqlik rekuperatorlarini qo'llash evaziga 60-70% ga kamaytirilishi mumkin. Quyosh energiyasidan foydalanish energiya tejashning eng yuqori darajasini ta'minlash usuli sifatida qaraladi. Yoritishga sarflanadigan energiyani kamaytirish uchun tabiiy yoritish darajasining o'zgarishiga bog'liq ravishda sun'iy yoritishni boshqarish tizimi tavsiya etiladi (eksperiment sifatida mazkur tizim faqat bitta qavatga o'rnatildi). Yorqin rang bilan bo'yalgan pollar, devorlar va shiftlar ham nurlarning sirtlardan qaytish evaziga katta yoritilganlikni ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.95 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.95 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc