Energiya tejamkor texnologiyalarni tadbiq etish

Energiya tejamkor texnologiyalarni tadbiq etish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Energiya tejamkor texnologiyalarni tadbiq etish - rasmi

Material tavsifi

Energiya tejamkor texnologiyalarni tadbiq etish Reja: Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha yo'nalishlar Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha tavsiyalar Energiya iste'mol qilishning har bir sohasi o'ziga xos xususiyatga, o'zining energiya samaradorlik dasturlariga ega, energiya audit o'tkazish chog'ida bajariladigan hisoblash ishlarida ularni kompleks holatda inobatga olish lozim bo'ladi. Binolar va inshootlarning energiya is'temol qilishini etarlicha aniq hisoblash imkonini beruvchi metodlarni qo'llash va energiya tejovchi texnologiyalarni tadbiq etish pozitsiyasidan turib vaziyatni tahlil qilib chiqish taqozo etiladi. Enegiya auditni o'tkazish natijasida bino xonalaridagi mikroiqlim sharoitlarining komfortligi (shinamligi) yomonlashmasligi kerak, shuning uchun binoning energetik holatini, shu jumladan muhandislik tizimlarining texnik haolatini baholash uchun energiya auditni o'tkazuvchi xodim binolar qurilishi bo'yicha bilimlarga ega bo'lgan muhandis saviyasiga, muhandislik tizimlariga, muhandislik jihozlashga, issiqlik-massa almashinuvi savollariga va issiqlik texnikasiga oid bilimlarga hamda turli joriy parametrlarni Respublika va regional darajadagi me'yoriy hujjatlar bo'yicha o'lchash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak. Energiya samaradorlik dasturi, issiqlik energetik xo'jalik holati haqidagi boshlang'ich ma'lumotlarni to'plashdan boshlanadi. Zarur bo'lgan boshlang'ich ma'lumotlar quyidagi asosiy ma'lumotlarni o'z ichiga olmog'i lozim: qurilish materiallari, devor konstruksiyalari, pollar, shiftlar, derazalar va eshiklarning issiqlik-texnik xarakteristkalarini; bino muhandislik tizimlari va energiya iste'mol qiluvchi jihozlar to'g'risida ma'lumot (axborot) ga ega bo'lishni; xonalarning ichki mikroiqlim holatini o'rganishni. Zarur bo'lgan ko'rsatkichlarning jamlangan qiymatlari va hisoblash natijalariga ega bo'lgan energiya servis ishlanmalar bo'yicha tuzilgan hisobot energiya tejamkor tadbirlarni tadbiq etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Unda binolarda energiya tejash bo'yicha texnik va iqtisodiy imkoniyatlar o'z ifodasini topmog'i zarur. Shuningdek, mazkur hisobotda energetik texnologiyalarni tadbiq etishdan olinadigan iqtisodiy, energetik, ekologik va boshqa natijalar ham ko'rsatilishi kerak. Energiya samaradorlik dasturini bajarish uchun aniq ishlaydigan o'lchash priborlarini tegishli tekshiruvlardan o'tkazish taqozo etiladi. Energiya tejamkor tadbirlarni amalga oshirishda foydalanish (eksplutatsiya) va xizmat ko'rsatish tizimlarini tadbiq etishga, xizmat ko'rsatuvchi personalni tayyorlashga e'tibor qaratish talab etiladi. Aniqlikni oshirish uchun turli mavzularda ko'p sonli o'lchashlarni o'tkazish zarur. Energiya audit loyihasi har bir bino uchun alohida ishlab chiqiladi. Energiya tejamkor tadbirlarning ko'lami binoning eskirish darajasiga, qabul qilingan loyihaviy yechimlarga, binoni qurish paytida qo'llanilgan texnologiyalarga bog'liq bo'ladi, shuningdek ayrim binolar uchun katta ahamiyat kasb etmaydigan energiya tejaydigan tadbirlar talab etilsa, boshqa bir binolar uchun esa yirik masshtabli rekonstruksiya ishlari talab etiladi. Butun tekshirish jarayonini puxta, etarlicha aniqlik bilan o'tkazish taqozo etiladi. Olingan axborot asosida talab etiladigan kapital mablag'lar miqdori va zarur bo'lgan eksplutatsion xarajatlar, erishiladigan foyda, tadbirlarning o'zini oqlashi hisoblab chiqiladi. Enegiya tejamkorlik bo'yicha tadbirlarni tadbiq etgandan keyin energiya servis ishlanmasidan olinadigan iqtisodiy samara, shuningdek, uzoq vaqt davomida energiya tejashni ta'minlash bo'yicha erishiladigan iqtisodiy yutuq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.84 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.84 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga