Energiya tejashning me'yoriy va huquqiy bazasi Reja: Energiya tejamkorlik Qmq 2.01.04 - 97* qurilish issiqlik texnikasi Yil sayin energiya tejamkorlik yanada dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Energiya resurslarining chegaralanganligi, energiya narxining yuqoriligi, oshib borishi, energiya ishlab chiqarishning atrof-muhitga ko'rsatadigan salbiy ta'siri va shunga o'xshash barcha omillar ishlab chiqariladigan energiya miqdorining oshirilishini emas, balki energiya iste'mol qilinishini pasaytirish oqilona yo'l tutish ekanligini ko'rsatmoqda. Butun dunyoda energiyadan oqilona (ratsional) foydalanish evaziga energiya iste'molini kamaytirish yo'llarini qidirib topish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan O'zbekiston ham mustasno emas. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2013 yil 1 martdagi Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish choratadbirlari to'g'risidagi farmoyishiga muvofiq ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Elektr va issiqlik energiyasidan oqilona foydalanish doirasida olib borilayotgan ishlar hajmini yanada kengaytirish maqsadida mavjud turar-joy fondi, elektrostansiyalar, qozonxonalar hamda issiqlik bilan ta'minlovchi korxonalar binolarini rekonstruksiya qilishga alohida e'tibor ajratilmoqda. 2013 yil dekabr oyida Oliy Majlis qonunchilik palatasida sanoat, qurilish va savdo sohasidagi masala va muammolar bo'yicha majlis o'tkazildi. Mazkur majlisda Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining qonuni ijrosi bo'yicha o'tkazilgan nazorat-analitik tekshirish natijalari ko'rib chiqildi. 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslarni tejash yo'nalishida munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyeyevning 2017 yil 26 maydagi «2017 - 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 - 2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi doirasida keyingi yillarda Respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasida energiya tejamkorligini ta'minlashga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017 - 2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish choratadbirlariga doir qabul qilingan Dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektrostansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025 yilga qadar Respublikamizning ekologik toza gidroenergiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobar oshirish nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, ko'rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, milliy iqtisodiyotning energiya sig'imi yuqoriligicha qolmoqda, qayta tiklanuvchi manbalarni sanoat ishlab chiqarishiga jalb etish hisobiga yoqilg'i-energetika balansini diversifikatsiyalash darajasi jahon tendensiyasiga javob bermaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda birlamchi yoqilg'i sifatida, asosan, tabiiy gaz va boshqa an'anaviy uglevodorod yoqilg'i turlaridan foydalanilmoqda. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (quyosh, shamol va biogaz energiyasi, kichik tabiiy va sun'iy suv oqimlarining gidroenergiyasi) ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.19 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.19 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc