Giltuproqli tsementlar. Kengayuvchi tsement Reja: Giltuproqli tsementlar. Kengayuvchi tsement O'zbekistonda tsement ishlab chiqarish sanoati Tsementni kuydirmay olish texnologiyasi Giltuproqli tsementlar. Ohaktosh va giltuproqqa boy bo'lgan tog' jinslarini eriguniga qadar kuydirib, klinkerni tuyib olingan, tez qotuvchan va juda pishiq gidravlik bog'lovchi giltuproqli yoki alyuminat tsement deb ataladi. Giltuproq tsementni tayyorlash uchun xom ashyo sifatida asosan cho'kindi tog' jinslaridan boksitlar ishlatiladi. Boksitlar qizil rangda bo'lib, asosan, giltuproq gidratining temir gidroksidi aralashmasidan tashkil topgan. Boksit konlari juda kam bo'lgani uchun giltuproqli tsementni ishlab chiqarishda giltuproqqa boy bo'lgan sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. Giltuproqli tsementda 40 % atrofida giltuproq (A12O3), 45 % gacha kaltsiy oksidi (SaO) va 5-10 % kremniy (SiO2) bor. Gil-tuproqli tsement qotish jarayonida suv bilan tez reaksiyaga kirishib tez quyuqlanuvchan va qotish xususiyatiga ega bo'lgan ikki kaltsiyli gidroalyuminat mineralini hosil qiladi: 2(SaOA12O3)+11N2O2SaOA12O38N2O+2Al(ON)3. Giltuproqli tsement tez qotuvchan bo'lib, 5-6 soatda 30 %dan, 1 kunda 90 %dan ko'p, 3 kunda 100 % marka mustahkamligini oladi. 28 sutkadan so'ng uning markasi yana 40 %ga ortadi. Giltuproqli tsementning markasi 1:3 nisbatida (tsement:qum) qilib tayyorlangan namunani uch kundan keyin siqilishga sinab aniqlanadi. Giltuproqli tsementning texnik shartlari 2-jadvalda berilgan. Giltuproq tsement ishlab chiqarish. Bunday tsement ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo materiallariga ximiyaviy va mineralogik tarkibi jihatidan juda qattiq talablar kuyiladi. Giltuproq tsement asosan bir kaltsiy alyuminatdan iborat bo'lishi kerak; boshqa oksidlar hosil kilgan moddalar bor bulsa, sifati buziladi. Shuning uchun begona aralashmalar kushilmagan, fakat giltuproq va kaltsiy karbonat (oxaktosh) dan tashkil topgan xom ashyolar eng yaxshi material hisoblanadi. Lekin tabiyatda ximiyaviy sof giltuproq va oxaktosh uchramaydi; jinslarda malum miqdorda har xil aralashma - kumtuproq, temir oksidi, magniy oksidi va boshqalar xam bo'ladi. Giltuproq tsement ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo materiallarda kumtuproq muayyan miqdorda (6 - 8% gacha) bo'lishi kerak. Temir oksididan xom ashyo aralashmada 10% dan ortik bulmasligi kerak. Xom ashyo materiallarini kuydirish uchun konstruksiyasi har xil issiqlik apparatlari ishlatiladi. Xom ashyo erib kesaqlash gunicha yoki batamom erigunicha kuydirilishi mumkin. Erib kasaqlash gunicha kuydirish uchun aylanma yoki shaxtali pechlar ishlatiladi. yoqilg'i sifatida gaz yoki tsement kuldan ifloslanmasligi uchun kam kulli kumir ishlatiladi. Batamom erigunicha kuydirish uchun vagrankalar, elektr va domna pechlaridan foydalaniladi. Domna pechlarda bir yula ikki xil maksulot - chuyan va giltuproq tsement klinkeri olinadi (klinker pechdan fakat muayyan ximiyaviy tarkibli shlak xolida olinadi). Domna pechida kuydirish nixoyatda tejamliligi bilan farq qiladi, chunki xom ashyo materiallar xam chuyan eritish uchun kerak buladigan yoqilg'i hisobiga eriydi. Giltuproq tsement bilan chuyanni baravariga eritayotganda yoqilg'idan qo'shimcha suratda ozgina istemol kilinadi. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.56 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.56 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:38 ]
Arxiv ichida: doc