G'isht devorli binolarni barpo etish

G'isht devorli binolarni barpo etish

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
G'isht devorli binolarni barpo etish - rasmi

Material tavsifi

G'isht devorli binolarni barpo etish Reja: Umumiy qoidalar G'ishtli devorlarni barpo etishni tashkil etish Montaj va g'isht - tosh ishlarini oqim usulida bajarish Qish mavsumida g'isht-toshli konstruksiyalarni barpo etish Umumiy qoidalar To'suvchi devor sifatida sun'iy va tabiiy toshlar keng qo'llaniladi. Bu xom ashyolar zaxirasini ko'pligi va tosh konstruksiyalarni bir qator quyidagi ijobiy ekspluatatsion xususiyatlari bilan bog'liqdir: chidamlilik, mustahkamlik tavsifi, ob-havo ta'siriga va olovga chidamliligi, amalda turli ko'rinishdagi bino va inshootlarni barpo eta olish mumkinligi. G'ishtli devorlar xonalarning yuqori darajada germetizatsiyasini issiqdan asrash va tovushdan izolyatsiya qilishni ta'minlaydi. G'isht me'moriy nuqtai nazardan shahar massivlarini umumiy ko'rinishini yanada ko'rkamlashtiradi. Bundan tashqari, g'ishtli uylar issiq, yozda esa eng shinamdir. G'ishtlar, ichki va tashqi yuk ko'taruvchi devorlarni va pardevorlarni, lift shaxtalari, ustunlarni, zina xona devorlari va hoka'zolarni barpo etishda keng foydalaniladi. Ko'p qavatli karkasli binolarda g'ishtli tashqi devorlar yuk ko'taruvchi - ora yopmalardan gorizontal kuchlanishlarni qabul qiladigan; o'zini-o'zi ko'taradigan(to'suvchi) - temir yoki temirbeton karkasga maxkamlangan va faqat o'zini massasini ko'taradigan va osma - o'rama to'singa yoki lentali oynalarni ustiga tayanadigan bo'lishi mumkin. Osma devorlarda g'isht terimi faqat me'moriy maqsadga ega bo'lib, original va ko'rimlili fasad yaratishga qaratilgan. G'ishtli devorlarning konstruktiv o'ziga xosligi. G'isht terimining mustahkamligi g'isht - tosh ishlarini sifatiga, g'isht - tosh konstruksiyalarni o'ziga xosligi, ishlash sharoitiga, g'isht va qorishma xususiyatlariga bog'liq. G'isht va keramik toshlar, plastik va yarim quruq presslangan holatda to'liq (butun) va ichi kavak qilib chiqariladi. O'lchami bo'yicha millimetrda g'isht mahsulotlari quyidagilarga bo'linadi: oddiy g'isht (250 × 120 × 65), qalinlashtirilgan g'isht (250 × 120 × 88), modul o'lchamli g'isht (288×138×138), tosh (250 × 120 × 138), modul o'lchamdagi tosh (288 × 138 × 138), yirik tosh (250 × 250 × 138), bo'shliqlari gorizontal bo'yicha joylashgan tosh (250 × 250 × 120) va (250 × 200 × 80). G'isht to'liq va ichi kavak holda, toshlar esa faqat ichi kavak holda chiqariladi. Pardozli g'isht va keramik toshlar terishga va bir vaqtni o'zida bino devorlarini pardoz qoplamasi uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning yuz tarafi tekis, bo'rtma va fakturali bo'lishi mumkin. G'isht va keramik toshlar mustahkamligi bo'yicha yetti markaga bo'linadi, kgsm2 da: 300, 250, 200, 150, 125, 100 va 75. G'ishtli konstruksiyalarda quydagi markadagi qorishmalarni qo'llash nazarda tutilgan, kgsm2: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150 va 200. Qorishma tayyorlash uchun qo'llaniladigan bog'lovchilar, to'ldirgichlar, qo'shimchalar va suv me'yoriy hujjat talablariga javob berishi kerak. Qorishmalar asosan avtomatlashtirilgan qorishma tayyorlaydigan uzellarda qorishmani xamma tashkil etuvchilari aniq o'lchamlarda tortilishi ta'minlangan holda tayyorlanishi kerak. Ishlash sharoitiga qarab alohida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 416.78 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 416.78 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga