G'isht terish usullari

G'isht terish usullari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
G'isht terish usullari - rasmi

Material tavsifi

G'isht terish usullari Reja: G'isht teruvchilar ish joyi va ishini tashkil qilish Harsang toshlardan terim ishlari G'isht-tosh terish sifatiga qo'yiladigan talablar G'isht terish usullari G'isht terish usullari quyidagi uch: qorishmani kelpma yordamida sidirib borib terish, g'isht yordamida sidirib berib, qorishmani kelpmada qirqib olish usullari mavjud. Qorishmani kelpma yordamida sidirib terish usuli qachonki yuk ko'tarish qobiliyati yuqori va ustunlarni terishda qo'llanilib, chok to'la bo'lishi kerak. Bunda qorishma 2,5-3,0 sm qalinlikda devor chetida yotqizmay yoyiladi. Qorishma eni tik ko'ndalang qator uchun 21 - 22 sm, tik bo'ylama qator uchun 8 - 9 sm ni tashkil etadi. Bunda g'isht teruvchi qorishmani kelpma yordamida surib kelib, oldingi o'rnagan g'isht yon qirg'og'iga yopishtiradi va g'isht bilan uni qisib qo'yadi, shu paytda kelpma asta sekin ko'tariladi. G'isht bir tekisda yo'naltiruvchi ipga teng qilib o'rnatiladi. Tashqariga oqib chiqqan qorishma kelpma bilan sidirib olinadi (rasm 5.22). Bu usulda gorizontal va vertikal choklar to'latiladi. Rasm 5.22. Qorishmani kelg'ma yordamida sidirib o'rnatish usuli a-tik ko'ndalang qator; b- tik bo'ylama qator; 1-4 bajarish ketma-ketligi. Qorishmani g'isht yordamida sidirib terish usuli qachonki suvaladigan devor yoki konstruksiyalarda qo'llanib, bunda qorishma 2 - 2,5 sm qalinlikda devor tashqi chetidan 2-3 sm ichkariga yoyiladi. Bunda qorishma eni tik ko'ndalang qator uchun 22-23 sm, tik bo'ylama qator uchun 9-10 sm ni tashkil etadi. Bu usulda kelpma ishlatilmaydi. G'isht teruvchi bunda g'ishtni terish yuzasiga burchak ostida ushlab, u g'isht bilan qorishmani sidirib oldingi o'rnagan g'ishtga qorishmasi bilan yopishtirib qo'yadi. Bunda g'isht yordamida qorishmani sidirish oldingi o'rnagan g'ishtga 6-7 sm qolganda boshlanadi. G'isht qo'l yordamida bosib o'rnatiladi (rasm 5.23). Rasm 5.23. Qorishmani g'isht yordamida sidirib o'rnatish usuli -tik ko'ndalang qator; b - tik bo'ylama qator; 1-3 bajarish ketma-ketligi. G'isht yordamida sidirib ortig'ini kelma yordamida qorishmani sidirish usuli chok to'liq ta'minlanishi zarur bo'lgan xollarda, yani chok tekislanadigan (rasshivkalanadigan) xollarda qo'llanilib, qorishma devor chetidan 1 sm qoldirib yoyiladi. G'ishtni terish xuddi qorishmani g'isht yordamida sidirish usulidagidek bajariladi (rasm 5.24). Rasm 5.24. Qorishmani g'isht yordamida sidirib, ortig'ini kelpma yordamida sidirish usuli. 1-3 bajarish ketma-ketligi Ichi bo'sh sopol toshlarning qalinligi 138 mm bo'lib, ularni yuqoridagi usullarda terish imkoni yo'q, chunki qalinligi sababli choklarni to'liq to'ldirib bo'lmaydi. Bunga sabab g'isht yoki kelg'ma yordamida ko'ndalang chokni balandlik bo'yicha to'liq qorishma bilan to'ldirib bo'lmaydi. Bundan tashqari bu toshlar og'ir bo'lganligi sababli ularni g'isht teruvchi qo'lida ushlab turishi og'ir, shuning uchun bu toshlarni terish joyiga 900 burib terib olinadi, ustiga qorishma yoyilib olgach ikki qo'llab toshni ko'tarib, 90o ga burib oldingi o'rnagan joyga epishtirib, joyiga o'rnatiladi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 253.45 KB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 253.45 KB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga