Gumbazlar va ularning turlari loyihalash va hisoblash asoslari Reja: Gumbazlar va ularning turlari Gumbazlarni loyihalash va hisoblash. Gumbaz konstruksiyalar to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Gumbazlar qurilishi keyingi paytlarda keng quloch yoyib bormoqda. hozirgi davrda dunyoda uch mingdan ortiq turli konstruksiyadagi metal sterjenli qobiqlar qurilganligi malum, bularning aksariyatini gumbaz konstruksiyalari tashkil etadi. Oraliq masofasi (prolyot) ortgan sari bunday konstruksiyalarning samaradorligi ham ortib boradi, oralig'i 200 m dan ortiq bo'lgan yopmalarning aksariyati gumbazlardan tashkil topganligi tasodif emas. Bunday konstruksiyalarning kompozitsion imkoniyatlari mavjud va yuqori memoriy ko'rkamlikka ega bo'lgan xilma-xil binolar barpo etish imkoniyatlari bor. Gumbaz konstruksiyalari qadim zomonlardan buyon malum. Gumbazlar Iroq, Suriya, Eron, Qadimgi Rim, Markaziy Osiyo va jahonning boshqa hududlarida qo'llanib kelingan. U davrlarda asosiy qurilish ashyosi g'isht bo'lgan. Qadimgi gumbazlarning oralig'i 30-40 m tashkil etgan qobiqning qalinligi esa pastki qismida 115-17 dan yuqori qismida 130-40 gacha bo'lgan. Bu nisbatlar 19 asrning oxirigacha saqlanib keldi. Binokorliqda temirbeton va po'latning paydo bo'lishi bilan vaziyat butunlay o'zgardi - oraliqlar kattalashdi, qalinliklar kichraydi Gumbazlar - rasporli (kerki kuchili) sistema bo'lib, uning tarkibi uch asosiy elementdan: pastki tayanch halqasi, qobiq va ustki tayanch halqasidan tashkil topadi. 1-rasm. Gumbazning konstruktiv sxemasi 1-pastki tayanch halqasi;2-qobiq;3-yuqori tayanch halqasi. Gumbazning kerki kuchini pastki tayanch halqasi qabul qiladi, buning oqibatida halqada cho'zuvchi kuch, eguvchi va burovchi momentlar hosil bo'lishi mumkin. Tayanch halqasi tarhda aylana, ellips va ko'pburchak ko'rinishiga ega bo'lib, ulanish joylari bikr yoki sharnirli bo'ladi. Pastki tayanch halqasi o'zining ostidagi tayanchlarga erkin o'rnatilib, gorizontal siljishga qarshi muhofaza qilinadi. Pastki tayanch halqasida vujudga keladigan kuchlanish holatini hisobga olib, u metal yoki temirbetondan ishlanadi. Gumbazning qobig'i silliq bo'lishi, qovurg'alari meridian yoki halqa bo'ylab yo'nalgan plitalardan tashkil topishi yoki sterjenli elementlardan yig'ilib, ustiga har xil plitalar qoplanishi mumkin. Ustki tayanch halqasiga siquvchi kuchlar ta'sir etadi. Ustki tayanch halqasi orasidagi bo'shlikdan ko'pincha yoritish va havo almashtirish maqsadlarida foydalaniladi. Silliq gumbaz qobiqlarda ustki tayanch halqasi bo'lmasligi ham mumkin. Gumbazlar tarhda ham, vertikal tekislikda ham egrichiziqli (aylana, ellips) yoki ko'pburchakli shaklarda uchraydigan konstruksiyadir. Konstruktiv sxemalarga ko'ra ular gumbaz-qobiq, qovurg'ali gumbaz, qovurg'a-halqali gumbaz va to'rsimon xillarga bo'linadi. Gumbaz-qobiqlar. Ularning sirti (aylananing yoyi, ellips, parabola, sikloida yoki ularning kombinatsiyasidan hosil bo'lgan) tekis egri chiziqni vertikal o'q atrofida aylantirish orqali hosil qilinadi. Yupqa devorli qobiq va cho'ziluvchan tayanch halqasi gumbazning asosiy elementlari sanaladi. Zarurat bo'lganda fonar halqasi uskunalanadi. Gumbazning qobig'i to'lqinsimon va taxlamali elementlardan tashkil topishi ham mumkin. Gumbazqobiqlar ko'pincha temirbetondan tayyorlanadi. Qovurg'ali gumbazlar. Bunday gumbazlar radial yo'nalishda o'rnatiladigan alohida tekis qovurg'alardan tashkil topadi. Qovurg'alar bir-biri bilan yuqori cho'qqida ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc