Institut talabalarning huquq va majburiyatlari, talabalarning odob-axloq normalari, talabalarning ichki tartib-qoidalari

Institut talabalarning huquq va majburiyatlari, talabalarning odob-axloq normalari, talabalarning ichki tartib-qoidalari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Institut talabalarning huquq va majburiyatlari, talabalarning odob-axloq normalari, talabalarning ichki tartib-qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Institut talabalarning huquq va majburiyatlari talabalarning odob-axloq normalari talabalarning ichki tartib-qoidalari stipendiya bilan ta'minlash sport - sog'lomlashtirish tadbirlari Reja: Institut talabalarining huquq va majburiyatlari. Talabalarning odob-axloq normalari. Talabalarning stipendiya bilan ta'minlash Talabalar turar joyi. Sport - sog'lomlashtirish tadbirlar. Tayanch iboralar: Institut, talaba, huquq, majburiyat, axloq normalari, ma'muriy jazo, stipendiya, poliklinika, sport, universiada, tadbir, axloq, qoida. 1. Samarqand davlat arxitektura - qurilish instituti (bundan buyon matnda institut deb yuritiladi)ning odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risidagi, Ta'lim to'g'risidagi, Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida gi va Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risidagi qonunlar, Yoshlar yili, Barkamol avlod yili davlat dasturlari, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli buyruqlari, institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume'tirof etilgan ma'naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. Qoidalar ishlab chiqilishida O'zbekiston Respublikasi ta'limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga, ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli, institutning asosiy funksiyasi ta'lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan. .Qoidalar institutning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanganidan so'ng kuchga kiradi va unga o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritish Ilmiy kengash qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qoidalar institutning ma'muriyati, professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa a'zolari)ning institutga oid o'zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo'lgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi. Qoidalarga rioya qilish institut jamoa a'zolarining barchasi uchun majburiydir. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs Qoidalar bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o'z zimmasiga olib imzo ko'yishi shart. Institut jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta'lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik subyektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o'zaro munosabatlarda Qoidalardagi ko'rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir. Qoidalarning maqsadi institutda sog'lom ma'naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro'-e'tiborini asrab-avaylash, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko'maklashish, institutning jamiyatdagi hamda ta'lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir. Qoidalarning asosiy vazifalari: - yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o'z mas'uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to'g'ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg'oq mutaxasislarni tayyorlash; - institut jamoa a'zolarinng ma'naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish; - yoshlar orasida odob-axloqni bo'zishga, shu jumladan zo'ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.87 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.87 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga