Issiq izolyatsiya materiallar. Organik ashyolar asosida ishlab chiqariladigan issiq saqlagich materiallar

Issiq izolyatsiya materiallar. Organik ashyolar asosida ishlab chiqariladigan issiq saqlagich materiallar

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Issiq izolyatsiya materiallar. Organik ashyolar asosida ishlab chiqariladigan issiq saqlagich materiallar - rasmi

Material tavsifi

Issiq izolyatsiya materiallar. Oranik ashyolar asosida ishlab chiqariladigan issiq saqlagich materiallar Reja: Issiq izolyatsiya ashyolari va buyumlariga qo'yiladigan talablar Issiq izolyatsiya ashyolarining sinflanishi Organik issiq izolyatsiya ashyolari va buyumlari Umumiy ma'lumotlar. Industrial qurilishda issiq izolyatsiya ashyolari va buyumlarining ahamiyati kattadir. Issiq izolyatsiya ashyolari Qurilish materiallarining bir turi bo'lib, kam issiqlik o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Fuqaro, sanoat va ma'muriy-maishiy binolardagi har bir to'siq malum darajada o'zidan issiq va sovuqni o'tkazuvchan bo'ladi. Bino devorlarining issiqlik o'tkazuvchanligini kamaytirish uchun ular qalinligini oshirishga to'g'ri keladi, bu esa qurilish tannarxini oshirib yuborib, iqtisodiy qiyinchiliklar tug'diradi. Shuning uchun binolardagi har bir to'siq-devorlarni issiq izolyatsiya ashyolari va buyumlaridan yasash to'siq-devorlar qalinligini kamaytirishga va iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Issiq izolyatsiya ashyolarining issiqlik o'tkazuvchanlik xususiyati bu ashyolardagi g'ovakliklar bilan belgilanadi. Ashyodagi g'ovakliklar havo bilan to'lganligi uchun ham ular kam issiqlik o'tkazadilar, chunki havo eng kam issiqlik o'tkazadi (issiqlik o'tkazuvchanligi 0,024 Vtm. 0S). Issiqizolyatsiya ashyolari yuqori g'ovakli bo'lganliklari uchun ularning o'rtacha zichligi kichik bo'ladi. Issiq izolyatsiya ashyolari va buyumlariga qo'yiladigan talablar: etarli darajada mustahkam bo'lishi; biologik ta'sirga chidovchan, yani chirishga chidamli bo'lishi; turli xil gaz va suyuqliklar ta'siriga chidamli bo'lishi; gigroskopik bo'lmasligi, hamda quruq bo'lishi (chunki namlik ortishi bilan uning issiq o'tkazuvchanligi oshadi) kerak; Tuzilishiga ko'ra issiqlik izolyatsiya ashyolari bir necha guruhga bo'linadi, yani g'ovakli, donador, tolali, qatlamli va aralash. G'ovakli issiq izolyatsiya ashyolariga g'ovakli gaz beton va ko'pik betonlar, ko'pik shisha va boshqalar kiradi. Donador issiq izolyatsiya ashyolariga keramzit shag'ali va uning turlari, agloporit, shungizit va boshqalar kiradi. Tolali issiqizolyatsiya buyumlariga mineral va shisha paxta tolalari, asbest tolalari va boshqalar kiradi. Qatlamli issiqizolyatsiya ashyolariga slyudalarni ko'pchitish yo'li bilan olingan vermikulit kiradi. Donador va tolali issiqizolyatsiya ashyolari asosida aralash issiqizolyatsiya buyumlari tayyorlanadi. Issiqizolyatsiya ashyolari shakli va tashqi ko'rinishiga, tuzilishiga, xom ashyoning turiga, zichligiga ko'ra sinflarga bo'linadi. Shakli, tuzilishi va tashqi ko'rinishiga ko'ra donabay buyumlarga (g'isht, blok va boshqalar); tasmasimon va ipsimon hamda sochiluvchan holatdagi ashyolarga bo'linadi. Xom ashyoning turiga ko'ra anorganik va organik guruhlarga bo'linadi. Anorganik issiqizolyatsiya ashyo va buyumlariga g'ovakli betonlar, mineral va shisha paxta, sopol asosidagi buyumlar va boshqalar kiradi. Bundan tashqari xom ashyoning turiga qarab aralash holdagi issiqizolyatsiya buyumlari ham bor. Masalan, fibrolit (mineral bog'lovchi va yog'och qipig'i aralashmasi) yoki mineral taxta bilan organik bog'lovchi (bitum) aralashmasi. O'rtacha zichligiga ko'ra issiqizolyatsiya ashyolari quyidagi markalarga bo'linadi: Jadval Issiq izolyatsiya ashyolarining markalari Issiq izolyatsiya buyumlarining g'ovakligi juda katta bo'lganligi sababli, ularning mustahkamligi juda kam bo'lib, 0,1 dan 1,5 MPa gacha boradi. Ammo issiq izolyatsiya ashyolari tarkibini to'g'ri tanlab va texnologik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.16 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.16 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga