Jamoat binolari va inshootlari Reja: Jamoat binolari va inshootlaridagi umumiy talablar Jamoat binolari va inshootlaridagi yong'in xavfsizligi. Jamoat binolari va inshootlarida evakuatsiya yo'llari. Jamoat binolari va inshootlaridagi umumiy talablar Jamoat binolari va inshootlarining yangi qurilishi va rekonstrutsiya qilinishi ushbu hujjat talablariga va boshqa O'zbekiston Respublikasida amal qiladigan qurilish loyihasi normalariga asoslanib ishlab chiqilgan loyihalar asosida amalga oshirilishi shart. Loyihalash normalari insonlarning xavfsizligi va sog'lig'i himoyasi, bino va inshootlardan yuqori sifatli funksional foydalanish darajasining oshirilishi, ularning uzoq saqlanishi va tamirlanishga yaroqligi, energiya tejamkorligi, hamda atrof muhitning himoya qilinishi tadbirlarining ta'minlashiga qaratilgan. Jamoat binolari va inshootlarining yer maydoniga joylashuvi va rejalanishi, ShNQ 2.07.01 talablari doirasida, qurilish loyihasi bo'yicha amalga oshirilishi shart. Qishloq joylarda jamoat binolari va inshootlarini loyihalashda qo'shimcha ShNQ 2.07.04 talablari ham hisobga olinishi kerak. Bino va inshootlarni loyihalashda QMQ 2.01.01 ga (loyihalash uchun iqlimiy va fizika-geologik shartlar) asoslangan O'zbekiston Respublikasi hududi qurilish-iqlimiy zonalarining tabiiy-iqlim sharoitlari hisobga olinishi zarur. ShNQ 2.08.01 da O'zbekiston ma'muriy tumanlari bo'yicha qurilish-iqlim zonasi va zona osti hududlari keltirilgan. qurilish-iqlim zonada- ekstremal sharoitli yarim dasht va dashtli hududlarda asosiy xonalarni ortiqcha quyosh ta'siridan va qizib ketishidan, yozda qizigan shamol va qishda sovuq shamol ta'siridan effektiv himoyalashni ta'minlash zarur; ichki muhitni noqulay tashqi ta'sirlardan maksimal himoyalashni taminlovchi bino va inshootlarning kompakt kompozitsion-rejali yechimlarini ko'llash, effektiv quyosh va changli shamollardan himoyalovchi qurilmalarni qo'llash, hamda xonalarda qulay mikroklimat hosil qiladigan texnik vositalarni qo'llash usullari taklif etiladi. qurilish-iqlim zonada-voha va tog'oldi hududlarda bino va inshootlarning kompozitsion-rejali yechimlari qulay tabiiy-iqlim sharoitlaridan maksimal to'liq foydalanishga qaratilgan bo'lishi, asosiy xonalarni ortiqcha quyosh ta'siri va qizib ketishidan himoyalovchi (soyabon, xonalarni shamollatuvchi) qulay ochiq maydonli joylar bilan bog'lanishi hisoblariga ta'minlanishi shart. qurilish-iqlim zonada-cho'zilib ketadigan sovuq qishli tog'lik hududlarda kompakt kompozitsion-rejali yechimlari, avvalom bor, bino xonalarining qish mavsumida issiqligini ta'minlashga qaratilishi kerak. Bino va inshootlarning kompozitsion-rejali yechimi, ularning qavati, bino va bloklarning bo'y ko'lami, bloklarni joylashtirish variantlari kompleks talablarni hisobga olgan holda, jumladan bino va inshootlarni xavfli geologik jarayonlardan, zilzila va yong'in xavflaridan (QMQ 2.01.11, QMQ 2.01.03, ShNQ 2.01.02 va boshq. asosan) himoyasini ta'minlash bilan aniqlanishi shart. Jamoat bino va inshootlarining qavatliligi funksional-tipologik talablar, zilzila va yong'in xavfsizligini taminlovchi talablar (ushbu normalarning 2.20 bandiga asosan binolar konstruksiyasining olovbardoshligi etiborga olingan holda) hisobga olinib belgilanadi; asosiy ommaviy bino turlari bo'yicha qavatlik 1- jadvalda berilgan. 1-jadval olingan holda aniqlanadi. Jadvalda berilmagan bino va inshootlar loyihalanishida qavatlar ushbu normaning keyingi matnlaridagi talablari bo'yicha aniqlanadi. Maxsuslashgan bolalar o'quv-tarbiyaviy muassasalari, bolalar bog'chalari va ko'r, nafas olish a'zolari xasta bolalar uchun maktab-internatlar birikki ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.16 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.16 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc