Keramik materiallar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi Reja. 1. Ishlab chiqarish usullari. 2. Keramik materiallar, buyumlar turlari, xossalari va ishlatilishi. 3. Pardozbop va kislota eritmalariga chidamli keramik taxtachalar. 4. Issiqlik saqlovchi keramik ashyolar. Sopol buyumlar o'zining shakli, turlari, fizik-mexanik xossalarining turli-tumanligi bilan boshqa ashyolardan farq qiladi. Ammo ularni ishlab chiqarish texnologiyasi bir-biriga o'xshash. Oddiy qurilish g'ishti. Sopol buyumlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar odatda, xom ashyo zaxiralari ko'p bo'lgan joylarga quriladi. Tuproq ekskavatorlar yordamida qazilib, temir yo'l transportlari, avtomashinalar yoki tasmali transportyorlar bilan zavodga keltiriladi. Loyni tayyorlash. Qazilma kondan keltirilgan tuproq begun va valets deb ataluvchi maxsus mashinalarda maydalanib, bir vaqtning o'zida uning tagidagi g'alvirdan o'tkaziladi, g'alvirdan o'tmagan yirik toshlar ajratib olinadi. Uncha qattiq bo'lmagan toshlar esa maydalanib, loy bilan aralashtiriladi. Gorizontal o'qqa o'rnatilgan parrakli uskunada tuproq namlanadi. Agar loy yaxshi pishitshshagan bo'lsa, uvdan ishlangan sopol buyum texnik shartlarga javob bermaydi. Ayniqsa, yupqa sopol buyumlar tayyorlashda loy qorishmasi nihoyatda puxta ishlanishi kerak. Qoliplash. Sopol buyumlarni qoliplash usuli uning shakliga; loyning xiliga, namligiga va qattiqligiga bog'liq. Sopol buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyasi uch usulga bo'linadi: 1) plastik usul (qoliplash); 2) zichlash usuli; 3) quyma (shliker) usul. Plastik usul. Tasmali zichlagich (shneklar) yordamida loy qorishmasini plastik holatda qoliplash amalda juda keng tarqalgan (1-rasm). Qorishma tayyorlash uchun keltirilgan tuproq loy qoruvchi mashinada 18-28 %gacha namlanadi va bir jinsli plastik qorishma hosil bo'lgunga qadar aralashtiriladi. Tayyor loy qorishmasi buyum shaklini beruvchi-mundshtuk o'rnatilgan tasmali zichlash uskunasiga tushadi. G'isht uchun texnik shartlar. Oddiy loy g'isht parallelepiped shaklida, o'lchamlari 250x120x65 yoki 250x120x88 mm bo'lishi kerak. Amalda aniq o'lchamli g'isht olish mumkin emas. Shu sababli, Davlat standartlariga muvofiq g'ishtning o'lchamlari quyidagicha o'zgarish bilan ishlanadi. Plastik usuldagi g'isht uchun uzunligi bo'yicha +3, -2 mm; nim quruq usuldagi g'ishtlarda esa: uzunligi bo'yicha ±3 mm, eni ±3 mm, qalinligi ±2 mm. G'ishtning markasi uning mustahkamligiga qarab aniklanadi. Terilgan g'ishtning mustahkamligi, asosan, qorishmaning mustahkamligiga emas, balki g'ishtning markasiga bog'liq ekanligi aniklandi. G'ishtning markasi 5 ta g'ishtni siqilishga va egilishga sinab (o'rtacha ko'rsatkich) topiladi. Davlat standartlariga muvofiq oddiy g'isht quyidagi markalarga bo'linadi: 30; 25; 20; 15; 12,5; 10 va7,5. Loyning yaxshi pishitilmasligi, qoliplovchi zichlagich mashinalarining qoniqarsiz ishlashi yoki g'ishtni noto'g'ri quritish va pishirish natijasida g'ishtda ko'pgina darzlar hosil bo'ladi. O'ta pishgan g'isht xumdondagi haroratning bir tekisda bo'lmasligidan hosil bo'ladi. Bunday g'isht hajmiy og'irligi, mustahkamligi, zichligi va issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyentining kattaligi bilan farq qiladi. Odatda, nam usulda qoliplangan g'ishtning hajmiy massasi 1700-1900 kgm3 dan oshmaydi. G'isht uchun suv shimuvchanlik ko'rsatkichi 8-30 % orasida o'zgaradi. Suvga to'la to'yingan ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
480.28 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
480.28 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc