Keramik materiallar - rasmi

Material tavsifi

Keramik materiallar Reja: 1. Keramik materiallar va ularning turlari. 2. Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish. 3. Devorbop keramik materiallar va buyumlar. 4. Qoplama keramik materillar. 5. Maxsus keramik materiallar va buyumlar. Keramik materiallar va ularning turlari Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qushilmalar qushib, qoliplash va kuydirish yo'li bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deb ataladi. Qurilishda keramik materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, pechg' va tutun trubalarini terish, kanalizatsiya va drenaj ko'rish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Keramik buyumlar yasaladigan material keramika texnologiyasida keramik sopolak deb ataladi. Konstruksiyasi jihatidan mo'ljallangan bo'yicha keramik materiallar va buyumlar ko'yidagi guruhlarga bo'linadi: - devorbop (g'isht, keramik toshlar, g'ishtdan qilingan bloklar va panellar); - tomlar uchun (ichi kovak toshlar, keramik toshlardan qilingan balkalar, tombop qoplama panellar, cherepitsa); - binolar fasadini qoplash uchun (keramik g'isht va toshlar, fasad plitkalari); - binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar); - kanalizatsiya va drenaj trubalari; - sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, yuvish bakchalari va boshqalar); - kislota bardoshli buyumlar (g'isht, plitkalar, trubalar); - yo'l materiallari (g'ishtlar, toshlar); - issiqlik o'tkazmaydigan (g'ovakli ichi bo'sh g'ishtlar va toshlar); - yengil betonlar uchun to'ldirgichlar (keramzit, agloporit); - olovga bardoshli buyumlar (g'isht va fason buyumlar). Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xom ashyolar. Gil tog' jinslarining mayda dispersiyali fraksiyasi bo'lib, suv bilan plastik qorishma hosil qilish, qurigandan keyin unga berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilgandan keyin tosh qattiqligiga ega bo'lish xususiyatiga ega. Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish Keramik materiallar va buyumlar turli o'lcham, shakl va xossalarga esa bo'ladi, lekin ularni ishlab chiqarish texnologiyasi taxminan bir xil bo'ladi va xom+ashyo materiallarini qazib olish, xom+ashyo massasini tpayyorlash, xom ashyoni qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish hamda omborda saqlashni o'z ichiga oladi. Gil qazib olish. Keramik materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun gil, odatda, bevosita zavod yaqinida joylashgan karg'erlardan ekskavatorlar va boshqa mashina hamda me xanizmlar yordamida qazib olinadi. Zavodga gil kuzovik agdariladigan vag onchalarda, avtosamosvallarda, tasmali transporterlarda, telejkali traktorlarda tashiladi. Xom ashyo massasini tayyorlash. Karg'yerdan qazib olingan va zavodga tashib keltirilgan gil tabiiy holatdan ko'pincha buyumlar qoliplash uchun yaroksiz bo'ladi va tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqariy tashlash. Yirik aralashmalarni maydalash, gilga qushimchalar arala shtirish, shuningdek, qulay qoliplanadigan massa hosil qilish uchun uni namlash kerak. Xom ashyo aralashmasi yarim quruq, plastik yoki hul (shliker) usullarida tayyorlanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xom ashyo materiallarining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.95 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.95 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga