Ko'chish usulida rama eguvchi momentlarining kesuvchi va bo'ylama kuch epyuralarini qurish Reja: Ko'chish usulida rama eguvchi momentlarining, kesuvchi va bo'ylama kuch epyuralarini qurish. Hisoblashning to'g'riligini tekshirish. Ko'chish usulida rama eguvchi momentlarining kesuvchi va bo'ylama kuch epyuralarini qurish Berilgan rama uchun eguvchi momentlar epyurasini, avval aniqlangan Zi ko'chishlarni tegishli Mi birlik eguvchi momentlar epyurasining ordinatalariga ko'paytirib (to'g'rilangan epyuralar) hamda tashqi kuchlardan asosiy sistemada hosil bo'lgan eguvchi momentlar epyurasining ordinatalariga qo'shib qurish mumkin, yani: (18.1) M epyurasining to'g'riligi kuchlar usulidagi kabi usullarda tekshiriladi. Asosiy tekshirish, statik tekshirish bo'ladi: M epyurasi bo'yicha, kuch usulidagi kabi Q va N epyuralari quriladi. Ular uchun ham asosiy tekshirish, statik tekshirish bo'ladi. Simmetrik sistemalarni hisoblash. Nomalumlarni gruppalash. Ramalarni hisoblashda nomalumlarni gruppalash usuli tadbiq qilinsa, asosiy sistema uchun nomalum ko'chishlardan chizilgan eguvchi moment epyuralari simmetrik va teskari simmetrik bo'ladi. Natijada kanonik tenglamalar sistemasi ikki mustaqil sistemaga ajraladi. Quyidagi ramani ko'raylik. Bu yerda Za=Z1+Z2; Zb=Z1-Z2; Z3 - teskari simmetrik. Umumiy holdagi kanonik tenglamalar sistemasi Ikki gruppaga ajraladi: Nomalumlar gruppasidan qurilgan birlik epyuralar quyidagicha bo'ladi: Kanonik tenglamalar koeffitsiyent va ozod hadlari quyidagicha bo'ladi: Simmetrik ramalarga qo'yilgan tashqi yuklarni simmetrik va teskari smmetrik yuklarga ajratish usulini tadbiq etsak, hisoblashda quyidagi ikki hol hosil bo'ladi: Birinchi hol. Simmetrik yuk qo'yilgan ramani hisoblash. a) a - tugunni burchakli va chiziqli ko'chishi nolga teng bo'ladi.(18.3a - rasm). Simmetrik joylashgan tugunlarning buralish burchaklari teng, ishoralari esa teskari bo'ladi. Bu rama uchun simmetriya o'qidan chap yoki o'ng qismini hisoblash etarli bo'ladi. Simmetrik rama quyidagicha bo'lsa (18.4a - rasm), u holda, o'rta rigel chekka kesim a=-v, Mav=-Mva ramaning hisoblash sxemasi 18.4b - rasmda ko'rsatilgandek tanlanadi. Ikkinchi hol. Teskari simmetrik yuk ko'yilgan ramani hisoblash. Agar ramaning simmeiriya o'qi o'rta ustunining bo'ylama o'qiga (16,5a-rasm) mos kelsa, u holda simmetriya o'qiga nisbatan simmetrik joylangan tugunlar buralish burchaklarining qiymatlari va ishoralari bir-biriga teng bo'ladi. Agar rama quyidagicha yuklangan bo'lsa, hisoblash sxemasi mos holda o'zgaradi. (18.6-rasm). U holda o'rta av rigelning chekka kesimlari buralish burchaklarning qiymati va ishorasi bir-biriga teng (a=v) hamda uning simmetriya o'qiga mos kelgan kesimining vertikal ko'chishi nolga teng bo'ladi. Foydalangan adabiyotlar ro'yxati: Odilxo'jaev E. A., Gulomov T. U., Abdukomilov T. K., «Ќurilish mexanikasi», Toshkent, O'ќituvchi, 1985 yil. Odilxo'jaev E. A., Gulomov T. U., Abdukomilov T. K., «Qurilish mexanikasidan misol va masalalar», Toshkent, O'ќituvchi, 1974 yil. Darg'kov A. V., i dr. «Stroitelnaya mexanika», Moskva, Vesshaya shkola, 1986 yil. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
106.15 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
106.15 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: docx