Ko'p cho'michli ekskavatorlar yordamida gruntlarni ishlash

Ko'p cho'michli ekskavatorlar yordamida gruntlarni ishlash

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Ko'p cho'michli ekskavatorlar yordamida gruntlarni ishlash - rasmi

Material tavsifi

Ko'p cho'michli ekskavatorlar yordamida gruntlarni ishlash Reja: Gruntlarni bulpdozerlar yordamida ishlash Skreper yordamida yer ishlarini bajarish Gruntlarni zichlash Ko'p cho'michli ekskavatorlar yordamida gruntlarni ishlash Ko'p cho'michli ekskavatorlar yer ostki muhandislik tarmoqlari: suv, bug', oqava quvurlari, yer ostki kabellari, yotqizish va boshqalarni yotqizish uchun xandaq qazish ishlarini bajarishda ishlatiladi. Ularni yumshoq va katta uzunlikka ega bo'lgan xandaqlar qazishda qo'llash yanada samaraliroqdur. Bunday ekskavatorlar kavlagan xandaqlar devori vertikal, shuningdek ulardan keyin qirqilmay qolgan grunt xajmi juda oz, yani ulardan keyin asosni tozalash ishi juda kam bo'ladi. Ko'p cho'michli ekskavatorlarning smenalik foydalanish menat unumdorligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Pe= 60*S*q*n1 k1kb, m3sm Bu yerda: n1 - bir minutda to'kiladigan cho'michlar soni; C - smena davomiyligi,soat; q - cho'michni xajmi,m3 k1 - cho'michdan foydalanish koeffitsenti (yuqoriga qarang); kv - ekskavatorning vaqtdan foydalanish koeffitsenti Ekskavator yordaimda muhandislik tarmoqlari kovlanayotgan ishni shunday tashkillash zarurki, ish davomida ekskavator yer kavlashda imkoni boricha o'z yo'nalishida kavlanmay qolgan bo'lak qolmasin shuningdek poydevor osti xandaqlarini kovlayotganda o'zining harakati davomida kavlangan joyga to'qnash kelish oldi olinishi zarur. Bunday xollrada oraliq bo'laklarini qo'lda qazishga to'g'ri keladi. Kam qavatli turar-joy binolar poydevori ostki xandaqlarni kavlash uchun eng qulay va harakatchang ekskavator EM-152 dir. Cho'michning xajmi xar biri 20 l bo'lgan ekskavatorlarning kavlash xandaq chuqurligi 7 m gacha bo'lsa, soatiga 35 m3ni gacha, agar ar bir cho'mich xajmi 30 l bo'lsa va kavlanadigan xandaq chuqurligi 9,5 m gacha bo'lsa soatiga 54 m3 gacha menat unimdorligiga erishiladi. Eni 1,1 m gacha va chuqurligi 3,5m gacha bo'lgan suv yoki chiqindilar quviri yotqizish uchun mo'ljallangan xandaqalar qazishda ishlatiladigan ko'p cho'michli ekskavatorlar menat unumi soatiga 158 m3 gacha etishi mumkin. Bunday ekskavatorlarga PUL-3 tamg'ali maxsus jihoz o'rnatilsa (ushbu jihoz infraqizil nur bilan ishlaydi) xandaqlarni ar 20-30 m.ni 3 sm aniqlikda qazish mumkin. Ko'p cho'michli ekskavatorlar cho'michini joylashishiga qarab zanjirli va rotorli turlarga bo'linadi (rasm 4.10). Rasm 4.10. Ko'p cho'michli ekskavatorlar: a - zanjirli; b - rotorli; v - xandaqning ko'ndalang kesimi. Yuqoridagi ekskavatorlar gruntni qazishda veerli va paralel zaboy usullaridan foydalanishadi (rasm 4.11). Veerli zaboy deganda tsep yoki rotorli cho'michlar ekskavatorlar turgan satx yuzasidan to xandaq ichki satxigacha qazib tushish ko'zda tutiladi. Bunda ekskavator bir joyda turadi. Yetarli chuqrlikka erishilach ekskavator oldiga harakatlanib paralel tarzda zaboy hosil qilib kavlaydi. Rotorli ekskavatorning samarali tomoni uning cho'michlari ramaga maxkam qotirilganligi sababli ular yordamida xatto IV guruhgacha bo'lgan gruntlarni ishlash mumkin. Lekin ularni kavlash chuqurligi chegaralangan. Zanjirli ekskavatorlar yordamida esa yumshoq I va II guruh gruntlarni kavlash maqasdga muvofiq. Ular yordamida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 224.18 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 224.18 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga