Ko'p qavatli turar-joy binolari

Ko'p qavatli turar-joy binolari

O'quvchilarga / Arxitektura va qurilish
Ko'p qavatli turar-joy binolari - rasmi

Material tavsifi

Ko'p qavatli turar-joy binolari Reja: Ko'p qavatlt turar-joy binolarining turlari Ko'p qavatli uylarda birinchi qavat qismini loyihalash qoidalari Ko'p va bir seksiyali uylar Galereyali va yo'lakli uylar Ko'p qavatlt turar-joy binolarining turlari Shaharlardagi yashash hududlarining tanqisligi tufayli O'zbekiston Respublikasi viloyatlari markazlari, mamlakat poytaxti va Qoraqalpog'iston Respublikasi shaharlarida vaqt o'tishi bilan aholini urbanizatsiyalashgan (jamlangan) holda joylashtiradigan turar - joy binolarining asosiy tiplarini ko'p qavatli (liftli) yashash uylari tashkil eta boshlaydi. Bunday uylarning keng ko'lamda qo'llanishi yashash hududlaridan va injenerlik kommunikatsiyalaridan yetarli darajada samarali foydalanish imkonini beradi. Uylarning bunday tipi ya'ni ko'p qavatli turar - joy binolarining arxitekturaviy rejasining turli - tuman ekani, hajmiy - obrazli va konstruktiv yechimlari bo'yicha, Markaziy Osiyo regionida yetarlicha keng tarqalgan. Ular foydalanish uchun iqtisodiy tejamkor, hududdan ratsional foydalanishda samarador va turli sonli va demografik tarkibga ega bo'lgan oilalarning mamlakatning murakkab iqlim va seysmik (7 - 9 ball) rayonlarida yashashlari uchun fazoviy - rejaviy parametrlari bo'yicha me'yoriy sanitariya - gigiyenik va komfort sharoitlarni ancha uzoq bo'lgan muddatga ta'minlab beradi. Shu bilan bir vaqtning o'zida ko'p qavatli yashash uylarning qurilishi yirik shaharlarda ko'rkam fazoviy kompozitsiyalarni yaratish va o'sib borayotgan Respublika aholisini joylashtirish imkonini beradi. Ko'p qavatli turar-uylarning katta guruhini umumiy tipologik xususiyat birlashtiradi - ularda asosiy xonadondan tashqaridagi vertikal kommunikatsiya vazifasini liftlar bajaradi. Lift bo'lgani bilan zinapoya o'rniga o'tmaydi, zinapoya vertikal yo'nalishda muhim rol o'ynaydi. Ko'p qavatli turar uy- joylariga 6 qavatdan 9 qavatgacha bo'lgan uylar kiradi. 9-16 qavatli turar-uylar baland qavatli uylar turiga kirib, eng yaxshi iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega hvmda, ularda yashash uchun yetarlicha yuqori qulay sharoit yaratish mumkin. Bunday qavatli uylar yirik va yirikroq shaharlarda, hamda turar-uy fondining yuqori zichligi iqtisodiy jihatdan zarur bo'lgan hududlarda quriladi. Baland qavatli turar-joy uylari keyingi yillarda O'zbekistonda xam qurigan. Bu uylar qurilishida yer maydonini tejash jihatidan ancha qulaydir. Ko'p qavatli uylardan farqi shuki, bu uylarda kamida 2 ta lift o'rnatilgan bo'lishi shart (odam tashiydigan va yuk tashiydigan) bo'lib, bir seksiyaga va blokka juda baland uylarda tez yuradigan liftlar o'rnatiladi. Ko'p qavatli uylarda zinapoya qurilishiga katta ahamiyat berish lozim. Yong'indan, yer qimirlash chidamligiga e'tibor berish kerak, ya'ni zinapoya mustahkam va chidamli materialdan qurilgan bo'lib, dimiqmaydigan zinapoya bo'lishi kerak. Zinapoya maydonidan uning ikki tomoniga chiqadigai ochiq yo'l bo'lishi shart. Me'yor bo'yicha zinapoya maydoni isitilishi shart emas, lekin qulaylik bo'lishi uchun iloji bo'lsa isitish kerak. Zinapoyalardan tashqari ko'p qavatli turar-joylarda boshqa chiqib ketish yo'llarini, ya'ni ikki qo'shni orasidagi balkonlar yoki ayvonlar orqali bir - biridan o'tadigan yo'lni ham e'tiborga olish kerak. Zinapoya-lift tugunlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.25 MB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 27.03.2025 | 23:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.25 MB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga