Korxonalarda ishlab chiqariladigan temir-beton buyumlari. Sifatini tekshirish Reja 1. Armatura karkasini tayyorlash 2. Binoning hajmiy elementlari. 3. Yopma panellar 4. Yirik devorbop beton buyumlar. 5. Temir-beton konstruksiyalarning sifatini tekshirish. Armatura karkasini tayyorlash Temir-beton konstruksiyani tayyorlashda armatura sifatida payvandlangyon har turli armatura karkaslarini qo'llash qurilishdajuda kengtarqalgan. Payvandlangan armatura to'rlari yassi va katta hajmdagi karkaslar turar joy va jamoat binolarini tiklashda, og'ir va yengil sanoat inshootlarini qurishda ishlatiladi. Ish hajmi unchalik katta bo'lmagan ayrim qurilish obyektlarida, ayniqsa yaxlit beton konstruksiyalarni betonlashda, armatura karkaslari qo'l bilan bog'lash usulida ham tayyorlanadi. Bu usuldan qurilish obyektlari yaqinida armatura karkaslarini tayyorlovchi yuqori mexanizatsiyalashgan markaziy ustaxonalar bo'lmagandagina foydalaniladi. Bir xil o'lchamdagi karkaslar maxsus dastgohda yumshoq sim bilan ombur vositasida boklab tayyorlanadi. Yuqoridagi usullar bilan tayyorlangan armatura karkaslari qoliplarga o'rnatiladi va beton qorishmasi quyilib, konstruksiyalar ishlanadi. Binoning hajmiy elementlari. Turar joy binolarini katta hajmiy elementlardan qurish qurilish konstruksiyalari orasida eng industrial, mexanizatsiyalashtirishga qulay bo'lib inshootning tannarxini kamaytirishga imkon beradi. Ko'pgina ilmiy tekshirishlar asosida loyihalash va qurilish tashkilotlari 5-6 qavatli turar joy binolarining bir nechtasini hajmiy elementlar bilan qurishga erishdilar. Hajmiy elementlar odatda binoning bir qismini yoki bir necha xonalarini tashkil etib, yirik devor va pardevor panellardan yoki yaxlit temir-betondan, ichi bo'sh blok tarzida yuqori sanoatlashgan zavodlarda tayyorlanadi (1-rasm). Zavodtsa tayyorlangan bunday bir yoki ko'p xonali bloklarning devorlari batamom pardozlangan, sanitariya-texnika ishlari bitgan holatda qurilish maydoniga keltiriladi. Bunda ko'p mehnat talab etadigan bir qator ishlarni, masalan, pardozlash, pol, santexnika va elektr ishlari zavod sharoitida qilinadi. Xona-blok singari hajmiy elementlarning tashqi devorlari markasi 50-100 bo'lgan betondan, o'zaro payvandlab yoki tebratma-prokat usulida yaxlit beton qorishmani quyib tayyorlanadi. Betonning markasi bino qavatlari soniga bog'liq. Bino xonalarini bo'luvchi pardevorlar gips-beton yoki yengil betonlardan tayyorlanadi. Binolarni hajmiy elementlardan qurishning afzalligi uning oddiyligi hamda tez muddatda foydalanishga topshirilishidadir. Yopma panellar uzunasi bo'ylab doira va ellips shaklida bo'shliqlar qoldirilib tayyorlanadi. Maxsus konstruksiyaga ega bo'lgan betonlash agregatida qalinligi 22 sm, eni 79-159 sm, uzunligi 626 sm. gacha bo'lgan yopma panellar tayyorlanadi. Yopma panelning pastki va yuqori qatlamlariga ishchi armaturalar joylanadi. Bunda beton markasi 200 dan kam bo'lmasligi lozim. O'rta qatlamga odatda markasi 100 dan kam bo'lmagan yengil beton ishlatiladi. Yirik devorbop beton buyumlar. Ular uy-joy va sanoat binolarining tsokol qismini qurishda keng ishlatiladi. Devorbop beton bloklar markasi 75 dan kam bo'lmagan beton qorishmasidan tayyorlanadi. Bloklarning og'irligi 1,5-4,5 t. Xonaning balandligiga moslangan beton bloklar ellips yoki doira shakldagi bo'laklardan iborat, qalinligi esa 200-500 mm. ga teng. Blokning tashqi sirti rangli beton qorishmasi yoki plitalar bilan bezatiladi, ichki sirti ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.05 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.05 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc