Lak bo'yoq ashyolar Reja: Lak bo'yoq materiallarning turlari. Bo'yoqlarning tarkibi. Pigmentlar, turlari, xossalari. Moyli bo'yoqlar, laklar, emal bo'yoqlar. Lok va bo'yoqlar Pardozlash ishlarida ashyo yuzasiga surkaladigan organik moysimon, suyuq va har xil tarkibli moddalar ko'p ishlatiladi. Ular ashyo yuzasiga mustahkam yopishib, yupqa parda hosil qilib qotadi. Pardozbop ashyolar guruhiga kiruvchi.bunday moddalar va tarkiblarni lok-bo'yoq yoki bo'yoqchilik ashyolari deb ham ataladi. Bino va inshootlarni pardozlashda, zararli muhitdan muhofazalashda, ularni qattiq ashyolar bilan qoplanganda buyum hamda konstruksiyalarning boshlang'ich davridagi xossalarini ta'minlab, ularning chidamliligi hamda qurilish samaradorligi oshiriladi. Pardozbop ashyolar bezak berishda, sanitariyagigiyenaga doir sharoit yaratishda, changlanish, ifloslanish, namlanishdan, tashqi shovqindan saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bo'yoklar asosan bog'lovchi, erituvchi, pigment va kukun to'ldirgichlardan tashkil topgan. Aliflar. Lok-bo'yoqlar tayyorlashda asosan tabiiy va aralashtirilgan (sun'iy) aliflar ishlatiladi. Tabiiy aliflar o'simlik moyidan maxsus ishlab olinadi hamda surkalgandan keyin havoda tez qurib, yupqa va elastik parda hosil qiladi. Tabiiy aliflarning qotishi kolloid kimyoviy jarayon bo'lib, u havodagi kislorod bilan oksidlanish natijasidir. Tabiiy alif zig'ir, kanop, kungaboqar va boshqa o'simlik moylaridan tayyorlanadi. Buning uchun o'simlik moyiga maxsus aralashma (sikkativlar) qo'shilib, u 200°S gacha qizdiriladi. Zig'ir va kanopdan olinadigan alif qurilishda yuqori sifatli ashyo hisoblanadi. Tabiiy alifning kamchiligi uning sekin qurishidir. Tabiiy alif o'rniga quyuq-suyukligi va parda hosil qilish xossalari unga yaqin bo'lgan sun'iy hamda yarim sun'iy aliflarni ishlatish mumkin. Erituvchilar. Barcha bo'tqasimon bo'yoq tarkiblarni ishlash uchun qulay darajaga keltirishda erituvchilar katta ahamiyatga ega. Ular ishlatilishiga ko'ra 3 xil bo'ladi: moyli lok va bo'yoklar uchun; gliftal va bitum lok-bo'yoklari uchun; epoksid, nitrotsellyuloza va perxlorvinil lok-bo'yoqlari uchun ishlatiladigan erituvchilar. Yelimli suv-emulsiyali bo'yoklar uchun erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Lok-bo'yoqlarni eritishda ko'proq skipidar, solventnaft, uaytspirit va boshqalardan foydalaniladi. Pigmentlar. Kimyoviy birikmalar bilan bo'yalgan, suvda va biriktiruvchilarda, shuningdek, organik eritmalarda erimaydigan hamda kukun holatida suyuq bog'lovchilar bilan osongina aralashib bo'yoq hosil qiladigan moddalar pigmentlar deb ataladi. Pigmentlar organik va mineral bo'ladi. Mineral pigmentlar o'z navbatida, tabiiy hamda sun'iy xillarga bo'linadi. Kukun to'ldirgichlar Alyumin kukuni juda nafis maydalangan, bargsimon zarrachalardan iborat. Berkitish xususiyati, maydalanish darajasi va kimyoviy tarkibiga qarab alyumin kukuni 4 xil markali qilib chiqariladi. Tashqi ko'rinishi jihatidan olganda alyumin kukuni oson surkaladigan kumushkul ranglidir. Asosan temir yuzalarni bo'yash uchun ishlatiladigan moyli, emalli va emulsiya bo'yoq aralashmalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Berkituvchanligi 40 gm2 ga teng. Oltin rang bronza xuddi alyumin kukuni singari jez, bronza yoki misni maydalash yo'li bilan olinadi. Zarrachalari bir xil tuzilishga ega. Oltin rang bronzani moyli va emalli bo'yoqqa qo'shib, asosan, har xil ichki bezash ishlari uchun ishlatiladi. Berkituvchanligi ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.26 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.26 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc