Liftsiz turar-joy binolari Reja: Liftsiz turar-joy binolarining tasnifi Kam qavatli turar-joy binolari O'rta qavatli turar - joy binolari Seksiyali uylar Galereya va yulakli uylar Liftsiz turar-joy binolarining tasnifi Liftsiz turar-joy binolari o'zining tipologik xususiyatidan kelib chiqib ikki guruhga bo'linadi va o'zining xajmiy- tarxiy jihatidan birbiridan farqlanadi. Buni liftsiz turar uylarning tipologik sxemasida ko'ramiz (rasm). rasm. Liftsiz uylarning tipologik sxemasi Birinchi guruhga hudud bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'langan xonadonli turar uylar kiradi. Bunday uylarning har bir xonadoni o'z yer maydoniga ega bo'lishi mumkin. Uylar qavatlari kamroq, qoida bo'yicha, bir, ikki qavatli bo'ladi. Ayrim hollarda, bu guruh uylari ko'p qavatli ham bo'ladi (uch va xatto to'rt qavatli). Ommaviy qurilishning zamonaviy amaliyotida hudud bilan bevosita aloqaga ega xonadonli uylarning ikki turidan foydalaniladi. Bu bir xonadonli (yakka tartibdagi uylar) va ikki xonadonli turar uylar, hovlisi bilan va qo'shimcha xo'jalik qurilmalariga ega bo'lib, bularni hovlili uylar deb nomlanadi, hamda ko'p xonadonli, blokli uylar, bu bloklarning har biri tashqariga chiqishiga ega bo'lib, turli xonali xonadonlardan tashkil topgan. Blokli uylarni qurishda har bir xonadon o'z yer maydoniga ega bo'lishi imkoniyati mavjud bo'ladi. (rasm. A, B). O'zbekiston turar-joylar strukturasida hovli asosiy element ekanligi yaqqol ko'rinib turadi, buni hattoki qo'rg'oncha uy o'rniga hovli so'zining qo'llanilishidan bunday turdagi uylar xovlili turar-joy deb yuritiladi. Liftsiz uylarning boshqa guruhiga umumiy kommunikatsiya - zinapoya, galereya va yo'laklar orqali xonadonlardan chiqish yo'liga ega, ko'p xonadonli turar uylar kiradi. Ular shaxsiy (individual) xonadon oldi yer uchastkasiga ega emas. Ularda yashovchi aholining dam olishi va xo'jalik ehtiyojlari uchun, bu uylarda umumiy foydalanishga mo'ljallangan yashil maydonchalar va maxsus: xo'jalik, sport va o'yin maydonchalari ko'zda tutiladi (rasm. II). Bu guruhga kiruvchi turar-joy binolari o'rta qavatdan iborat bo'lib, 3 - 5 qavat tashkil topadi. O'rta qavatli turar-joy binolari o'zining xajmiytarxiy yechimiga ko'ra seksiyali, galereyali va yo'lakli, bir seksiyali va aralash xildagi uylar (seksiya-galereyali, seksiya yo'lakli) turlariga bo'linadi. Bizning iqlim sharoitda turar-joy binolarini loyihalashda asosiy e'tiborni yozgi mavsumga qaratish, ulardan foydalanishda tashqi sirtlarning qizib ketishidan himoyalash va xonalar ichida ijobiy mikroiqlimni yaratish taqoza etiladi. rasm. Liftsiz uylarning asosiy turlari. I. Hudud bilan to'g'ridan to'g'ri bog'langan kirish chiqish joyiga ega xonadon. A - qo'rg'oncha uy (o'z hovlisi bilan); a - bir xonadonli; b - ikki xonadonli; B - blokli uylar; v - to'rt xonadonli uylar; g - ikki qavatga ega bo'lgan to'rt xonadonli uylar; d - qatorli uy; ye - atriumli uylar; II. Umumiy kommunikatsiya orqali kirish chiqish joyiga ega xonadonlar. z - seksiyali uylar; i - galereyali uylar; k - yo'lakli uylar. ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.21 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.21 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc