Loyihalarni ishlab chiqish bosqichlari Reja: Umumiy qism Namunaviy loyiha hujjatini ishlash vazifasi haqida. Namunaviy loyiha hujjatining tarkibi va ishlash tartibi. Umumiy qism Mazkur yo'riqnoma korxonalar, sanoat, transport, aloqa, qishloq va suv xo'jaligi bino va inshootlari, uy-joy va jamoat binolarini loyihalash va qurish bo'yicha namunaviy loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, maqbullash, mutaxassis nazoratidan o'tkazish tasdiqlash, chop etish, tarqatish, ko'llanish, qayta qurish va beqor qilishga doir tartiblarni o'rnatadi. Namunaviy loyihalar, bino va inshootlar alohida qismlarining namunaviy loyihaviy yechimlari, namunaviy qurilish konstruksiyalari, buyumlari va tugunlarining chizmalari, namunaviy loyiha hujjatlari sirasiga kirib, ularni andozalashtirish haqidagi qaror texnik iqtisodiy asoslashlar yoki boshqa mulohazalarga ko'ra qabul qilinadi. Namunaviy loyihalar QMQ, 1.03.01 - 96 Korxonalar, binolar va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlari tarkibi, ishlab chiqish tartibi, maqbullash va tasdiqlashga doir yo'riqnoma hamda mazkur yo'riqnoma talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqiladi. Namunaviy loyihalar yaratish huquqi yetakchi va ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlariga beriladi. Namunaviy loyihalar takroran quriladigan ishlab chiqarish binolari va yordamchi inshootlar, muntazam texnologiyaga ega bo'lgan butun korxonalar, shuningdek uy-joy, jamoat binolari va inshootlari, qishloq xo'jaligi obyektlari qurilishida ko'p marotaba foydalanish uchun ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi tez-tez o'zgarib turadigan, ammo qator takrorlanuvchi qurilish va texnologik yechimga ega bo'lgan korxonalar qurilishi uchun qurilish - texnologik seksiya, blok - seksiya, texnologik yo'llar va boshqalar bo'yicha namunaviy loyihaviy yechimlari ishlab chiqilishi lozim. Namunaviy qurilish konstruksiyalari, buyumlari va tugunlarining chizmalari bino va inshootlarini loyihalash va qurishda, shuningdek, konstruksiya va buyumlarni ko'plab tayyorlashda ko'p marotaba qo'llaniladigan qilib ishlanishi zarur. Belgilangan tartibda tasdiqdan o'tgan, loyihalashtiriladigan obyektlarning yillik ro'yxati namunaviy loyiha hujjatlarini tayyorlashda asos vazifasini o'taydi. Namunaviy loyihalar va namunaviy loyihaviy yechimlari bir va ikki bosqichda ishlanadi: texnika jihatidan uncha murakkab bo'lmagan korxonalar, binolar va inshootlarning ishchi loyihasi smeta bilan birgalikda bir bosqichda; texnika jihatidan murakkab bo'lgan korxonalar, binolar va inshootlar qiymatining smeta hisobi, bajarilgan loyiha va smeta bilan birga ishchi hujjatlar - ikki bosqichda ishlanadi. Bino va inshootlarning namunaviy loyihalariga kiritiladigan tuzatishlar ularning ishchi hujjatlari - bir bosqichda bajariladi. Memoriy - rejaviy yechimlarga aniqlik kiritish uchun loyihadan avvalgi bosqichda qoralama loyihalar ishlanishi mumkin. Namunaviy qurilish konstruksiyalari, buyumlari va tugunlarining chizmalari ham bir va ikki bosqichda ishlanadi: konstruksiya, buyum va tugunlarning nomenklaturasi va qo'llanish sohasi aniq bo'lib, variantlar bo'yicha ishlash talab etilmasa, ishchi chizmalar - bir bosqichda; - nomenklaturasi va ratsional qo'llanish sohasini aniqlash, shuningdek variantlar bo'yicha ishlash talab etilsa (mutlaqo yangi konstruktiv yechimlar uchun), texnikaviy yechim va ishchi chizmalari - ikki bosqichda amalga oshiriladi. Namunaviy loyiha hujjatlarini tayyorlashdagi bosqichlar soni obyektlarni loyihalashtirishning yillik ro'yxatida ko'rsatiladi. Namunaviy loyiha hujjatlarini ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.72 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.72 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc