Loyihalash oldidan natura holida tadqiq qilish Reja: Yodgorlikni loyihaoldi natura holida tekshirish. Arxitektura yodgorliklarini loyihalashdan oldin va keyingi ta'mirlash tadqiqotlari olib borishdagi konstruktiv xususiyatlar. Qazish ishlari (arxeologik kompleks) Yodgorlikni loyihalash oldidan natura holida tadqiq qilish ta'mirlash haqida topshiriq olingan paytdan boshlanadi va ta'mirlash ishlari boshlanguncha davom etib, so'ngra ta'mirlash tadqiqotlariga o'tiladi. Natura holida tadqiq qilishning birinchi va ikkinchi bosqichlari o'rtasida qatiyan farq yo'q. Bu bosqichlar faqat hajm jihatidan farq qiladi, ikkinchi bosqich bir muncha torroq bo'lib, yog'ochlar ishlatilmaydi, ochish soni va hajmlari, zondaj va chuqurliklar qatiyan cheklangan bo'ladi. Tadqiqotlar o'tkazish, zondajlar va ochish paytida yodgorlikning qandaydir elementlari muqarrar ravishda yo'qolishi mumkin. Shunday qilib, binoning tarixan qaror topgan qiyofasi buzulishi ro'y beradi. Shuning uchun ham loyihalashdan oldin o'tkaziladigan tadqiqot ishlari hajmi nihoyatda cheklangan bo'lishi lozim. Tadqiqot ishlarini o'tkazish uchun avvaldan tadqiqot xaritasini mo'ljallayotgan zondajlar, chuqurliklar va ochishlarni belgilab olish kerak. Mazkur xarita madaniyat yodgorliklarini qo'riqlash organlari tomonidan tasdiqlanadi, qadimiy yodgorliklar hududida qazish ishlarini olib borish uchun esa ochish varaqasi olinishi lozim. Tadqiqotlar xaritasi odatda imoratning fondli memoriy yoki hatto sxematik o'lchovlari asosida tuzib chiqiladi. Bular bo'lmagan taqdirda bino old ko'rinishlarining keng bichimli fotosuratlari va mavjud reja sxemasidan foydalanish mumkin. Yodgorlik-binoda loyihalashdan oldin va keyinchalik ta'mirlash tadqiqotlari olib borishda uning konstruktiv xususiyatlari: poydevorlarni quyish va ko'tarish, devorni tiklash, hatto tosh va g'o'lalarni yo'nish usullari ham o'rganish obyekti bo'lib qoladi. Qo'lda birlamchi tadqiqot hujjatlari bo'lgan taqdirdagina yodgorlikni loyihalash oldidan tadqiq qilishga kirishish mumkin. Zondajlar va ochish memoriy yodgorlikni natura holida tadqiq qilishning bir qadar mas'uliyatli ko'rinishlari hisoblanadi. Yetarli darajadagi aniq maqsad bilan amalga oshiriladigan zondajning me'yoriy hajmi-0,5 x 0,5 m. Zondaj yordamida devor, gumbaz va bezak elementlarining chuqur qatlamlari ochiladi. Shuningdek zondajlar bino va uning detallarining eng avvalgi yoki boshlang'ich bo'yoqlarini aniqlash uchun ham amalga oshiriladi. Oqlash va suvashni zondlash yo'li bilan o'tkir tig'li skalpel yordamida (extiyotkorlik bilan qirtishlash usuli bilan) chuqur joylarda, karnizlar tagida, deraza tokchalari ostida devor bo'yoqlarining tusi ancha-muncha o'zgarganligi aniqlanadi. Qadimiy yoki birlamchi bezak elementlarini aniqlash maqsadi ko'zda tutilgan zondajlarni suvoqni cheklangan darajada ochish hamda terilgan toshlarni o'rganishni talab etuvchi ajratib ko'rsatish mumkin. Zondajni ta'mirlash muallifi yoki uning yordamchisi yoxud ularning ishtirokida loyiha muallifidan batafsil yo'riqlar olgan tajribali tamirlovchi-g'isht teruvchi amalga oshirishi lozim. Har bir zondaj o'lchanishi va maxsus daftarda mufassal tarzda yozib borilishi zarur, daftarda zondajni amalga oshirgan kishining ismi-sharifi, zondaj sanasi ko'rsatilgan bo'lishi darkor. Tadqiqotlar xaritasi bo'yicha uning tartib raqami yozib qo'yilishi lozim. Agar zondaj ta'mirlash ishlari boshlanishidan ancha avval amalga oshiriladigan bo'lsa, u holda yana yopib ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.23 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.23 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc