Maktab binolari Reja: Maktablar klassifikatsiyasi Maktablar uchastkalari Hajmiy-rejali yechim Ixtisoslashtirilgan maktablar O'quv komplekslarining turlari Maktablar klassifikatsiyasi Vazifasiga bog'liq ravishda maktablar quyidagicha ajratiladi: umumta'lim maktablar va maktab-internatlar; bolalarni takomil tayyorlashga mo'ljallangan ixtisoslashgan maktablar va maktab-internatlar; sog'lomlashtirish va sanatoriya-bog' ko'rinishidagi maktablar; jismoniy va aqliy rivojlanishi sust bolalar uchun maxsus maktablar. Umumta'lim maktablar tarkibiga boshlang'ich, asosiy, o'rta umumta'lim maktablari; ayrim predmetlarni chuqur o'rgatishga ixtisoslashgan o'rta umumta'lim maktablari; gimnaziya va litseylar kiradi. Ta'lim darajasi bo'yicha umumta'lim maktablarida o'qitishning uchta bosqichi qo'llaniladi: o'qitishning I bosqichida 1-4 sinf o'quvchilari tahsil oladilar; o'qitishning II bosqichida 5-9 sinf o'quvchilari tahsil oladilar; o'qitishning II bosqichida 9-11 sinf o'quvchilari tahsil oladilar. Sanitariya me'yorlariga muvofiq yangidan qurilayotgan shahar maktablarining sig'imi 100 o'rindan oshmasligi, o'quvchilari soni kam bo'lgan qishloq maktablarida esa o'qitishning I bosqichi uchun - 80 o'rindan, o'qitishning I va II bosqichlari uchun - 250 o'rindan, o'qitishning II va II bosqichlari uchun - 500 o'rindan oshmasligi lozim. Maktablar uchastkalari Umumta'lim maktablari mikrotumanda shunday joylashtirilishi kerakki, yashash joyidan maktabgacha masofa 500 metrdan ko'p bo'lmasligi lozim. Maktab binosi qizil liniyadan kamida 25 metr uzoqlikda joylashishi zarur. Maktab qoshidagi uchastkalar xo'jalik, badantarbiya-sog'lomlashtirish, o'quvtajriba, dam olish funksional zonalariga bo'linadi. Badantarbiyasog'lomlashtirish zonasiga alohida talablar qo'yiladi: to'p va turli sport snaryadlarini uloqtirishga mo'ljallangan sport maydonchalari bino derazalaridan kamida 25 metr uzoqlikda joylashtirilishi va perimetri bo'yicha balandligi 2,5-3 metr bo'lgan to'siqlar bilan o'ralishi lozim; qolgan maydonchalar va bino derazalari orasidagi masofa 10 metrdan kam bo'lmasligi kerak. Uchastkalar shunday loyihalashtirilishi kerakki, ularning hududiga o't o'chirish mashinalari kirishi va halqa bo'ylab aylanish imkoniyati ta'minlangan bo'lishi lozim. Hajmiy-rejali yechim Umumta'lim muassasasi binosining balandligi 3 qavatdan oshmasligi zarur. Shahardagi imoratlar zich qurilgan sharoitlarda ta'lim muassasalarini 4 qavatli bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Umumta'lim muassasalarini avval qurilgan 4-5 qavatli binolarda joylashtirilishida to'rtinchi va beshinchi qavatlarni o'quvchilar kam qatnaydigan o'quv xonalari uchun ajratish lozim. Har bir sinfning to'ldirilishi 25 ta o'quvchidan oshmasligi zarur. Maktablardagi barcha xonalar ikkita asosiy guruhga bo'linadi: 1. O'quv xonalari: 1-4 sinflar (o'qitishning I bosqichi) uchun o'quv xonalari; 5-9 sinflar (o'qitishning Iiva II bosqichlari) uchun o'quv va laboratoriya xonalari; mehnat va kasb-xunar yo'nalishi bo'yicha o'qitish uchun xonalar. 2. Umummaktab xonalari: majlislar zali va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladigan zal; ovqat tayyorlanadigan blok; ustaxonalar; ma'muriy-xo'jalik xonalar; kutubxona va boshqa xonalar. Ta'kidlash zarurki, maktab binolarini loyihalashtirishda o'quv va umummaktab xonalari alohida ishlashini ta'minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi, sababi umummaktab xonalari o'quv mashg'ulotlari o'tkazilmayotgan vaqtda mikrotuman uchun ishlashi mumkin. Asosiy o'quv xonalarining maydonlari bitta o'quvchiga to'g'ri keladigan м2 hisobidan qabul qilinishi lozim. Bunda sinflardagi o'quvchilar soni 25 taga ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:39 ]
Arxiv ichida: doc