Maktabgacha ta'lim muassasalari Reja: Maktabgacha ta'lim muassasalarining yer uchastkalari Hajmiy-rejali yechim Maktabgacha ta'lim muassasalariga quyidagilar kiradi: bolalar bog'chasi; уmumrivojlantirish turiga mansub va bolalar rivojlanishining bitta yoki bir nechta yo'nalishlari (badiiy-estetik, jismoniy va boshq.) ustuvor bo'lgan bolalar bog'chasi; tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixologik chetlanishlarini tuzatish (korreksiyalash)ga ixtisoslashtirilgan kompensatsiyalovchi turdagi bolalar bog'chasi; nazorat va sog'lomlashtirish turiga mansub va sanitariya-gigiyenik, profilaktika va sog'lomlashtirish tadbirlar va muolajalar ustuvor bo'lgan bolalar bog'chasi; kombinatsiyalangan turdagi bolalar bog'chasi (uning tarkibiga turli birikmalar ko'rinishidagi umumrivojlantirish, kompensatsiyalovchi va sog'lomlashtirish guruhlari kirishi mumkin); bolani rivojlantirish markazi - barcha tarbiyalanuvchilarni jismoniy va psixologik rivojlantirish, korreksiya va sog'lomlashtirish yo'nalishida faoliyat ko'rsatadigan bolalar bog'chasi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining yer uchastkalari Maktabgacha ta'lim muassasalari mikrotumanlarning markazida joylashtirilgan bo'lib, foydalanish radiusi 300 metrdan ko'p bo'lmagan kundalik xizmat ko'rsatish muassasalari turiga mansub hisoblanadi. Ularga bo'lgan ehtiyoj mikrotuman aholisining demografik tarkibiga bog'liq ravishda bajarilgan hisob-kitoblar bilan aniqlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining binolaridan qizil liniyagacha masofa 25 metrdan kam bo'lmasligi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalarining yer uchastkalari chegarasidan oynalari va kirish yo'llari bo'lgan turar-joy binolari devorlarigacha masofa 10 metrdan, oynasi va kirish yo'llari bo'lmasa - 5 metrdan kam bo'lmasligi kerak. Yer uchastkalarining maydoni bitta bolaga 30-40 m2 hisobidan qabul qilinadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining yer uchastkalari quyidagi funksional guruhlarni o'z ichiga oladi: guruhlarning maydonchalari, badantarbiya maydonchasi, rezavor mevalar tomorqasi, xo'jalik maydonchasi, daraxt va gul ekilgan maydonchalar. Hajmiy-rejali yechim Maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari turli sig'imlarda loyihalashtiriladi: 1 tadan 12 ta guruhgacha yoki muvofiq tarzda 25 tadan 220 ta joygacha. Binoning maksimal balandligi - 2 qavat (alohida sharoitlarda 3 qavatli bino qurishga yo'l qo'yiladi). Maktabgacha ta'lim muassasalarining barcha xonalari uchta katta guruhga bo'linadi: bolalar guruhlarining har biri uchun xonalar - guruh yacheykalari (asosiy guruh xonasi va yotoqxona); umumiy xonalar - musiqiy va gimnastika mashg'ulotlari uchun zal; tibbiy, xizmat-maishiy xonalar, ovqat tayyorlanadigan blok, kir yuvish xonasi. Maktabgacha ma'lim muassasalari maydonlarini bitta bolaga m2 hisobidan quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASINING FUNKSIONAL SXEMASI SXEMA-1 1 - kichik yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 2 - maktabgacha yoshdagi bolaar uchun guruh yacheykalari; 3 - aralash yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 4 - guruh honalari (birinchi sinf bolalari uchun); 5 - musiqa mashg'ulotlari uchun xona; 6 - badantarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladigan xona; 7 - basseyn; 8 - maxsus mashg'ulotlar o'tkaziladigan xona; 9 - tibbiy xona; 10 - ma'muriy-xo'jalik xonasi; 11 - ovqat tayyorlanadigan blok; 12 - kir yuvish xonasi. Guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni: 2 oydan 1 yoshgacha - 10 ta bola; 1 yoshdan 3 yoshgacha - 15 ta ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
203.89 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
203.89 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc