Manzarali yog'och ashyolari Reja: Yog'och buyumlarni tayyorlashga doir texnologik xossalari Yog'och ashyolarining xillari Yog'ochsimon kompozitsion ashyolar Yog'ochdan arxitektura shakllarini yaratish Daraxt tanasining shoh-shabbalaridan va po'stloqdan tozalangan qismi yog'och ashyosi deb ataladi. Yog'och - yengil, ancha pishiq, issiqlikni o'zidan kam o'tkazadi, osonlikcha yo'niladi, randalanadi, arralanadi. Yog'och yuzasi ajoyib rang-barang teksturalarga ega. Shular bilan birga yog'ochning qurilish ashyosi sifatida ko'pgina kamchiliklari ham bor. Masalan, tolalarining joylanishiga ko'ra xususiyatlarining o'zgarishi, namlikni yutuvchanligi, namligi o'zgarishning mexanik xususiyatlariga ta'sir etishi, bikrligining qoniqarli emasligi, yorilishi, qurt va hasharotlar ta'sirida oson emirilishi, oson alangalanuvchanligi yog'ochni qurilishning hamma erlarida ishlatishga to'la imkon bermaydi. Bizning Respublikamizda qurilishbop daraxtzorlar va o'rmonlar deyarli yo'q desa ham bo'ladi. Markaziy Osiyo va Qozog'iston hududlaridagi o'rmon zahiralari Rossiyani 2,3% ni tashkil etadi. Yog'ochni qayta ishlash sanoatidagi chiqindilar miqdori 50-60% ni tashkil etadi. Shuning uchun ham, yog'och chiqindilaridan pardozbop qurilish ashyolari ishlab chiqarish qurilish industriyasining samaradorligini keskin oshiradi. Yog'och jinslar asosan ikki guruhga bo'linadi: igna bargli va yaproqli. Qurilishda ko'p ishlatiladigan igna bargli daraxtlarga - qarag'ay, tilog'och, qoraqarag'ay kiradi. Yaproqli daraxtlarga esa eman, oqqayin, qora qayin, terak, jo'ka kabilarni kiritish mumkin. Igna bargli daraxtlar o'zlarining xossalariga ko'ra yuqori sifatli, tanasining to'g'ri va tik o'sishi bilan farqqiladi. Ammo tabiatda ko'p tarqalgan bo'lishiga qaramay qurilishda yaproqli daraxtlar igna barglilarga nisbatan 10-16% gina ishlatiladi. Yog'och qurilish ashyolari sifatida daraxtning asosiy qismini 50-60% ni tashkil etuvchi tanasidan ishlanadi. Ildiz daraxtning 5-20% ni, shox-shabba va bo'toqlar esa 4-15% ni tashkil etadi. 6.1-rasm. Daraxtning tashkiliy bo'laklari. Yog'ochni tuzilishi quyidagi qatlamlardan tashkil topgan: -po'stloq; -kimyoviy qatlam; -lub qatlami (lub qatlami orqali ildizdan poyaga oziqalar o'tadi); -tirik xo'jayralar qatlami; -kambiy; zabolon- bu qatlam namlikka ega, tez chiriydi, daraxt quriganda bu qatlamda namlik ko'p bo'lgani uchun u tez quriydi; o'zak - pishgan daraxt tanasida tirik hujayralar yo'q. Yog'ochning o'zak qismi mustahkamligi kichik, bu qismi egiluvchan konstruksiyalar yasashda ishlatilmaydi. kambiya - namlikni hujayralar orqali tarqalishiga xizmat qiladi va o'ziga tortadi, ko'ndalang yo'nalishida qishgi davrda o'ziga g'amlab oladi, taxta quriganda hujayra tolalari o'zaro yaqinlashadi va kirishadi, natijada yog'och notekis shaklga ega bo'ladi. Igna bargli yog'och jinslar Qurilishda ishlatiladigan yog'och ashyolarning asosiy qismi igna bargli jinslardir. Qarag'ay qanday tuproqli yerda o'sganligiga qarab ikki xil bo'ladi: birinchisi qum tuproqli yerda o'sgan daraxtning yog'ochli qismi mayda qatlamli bo'lib, juda zich, pishiq va sarg'ish-qizil rangda, qattiq bo'ladi, ikkinchisi past tekislikdagi o'sadigan yog'ochli qismi sarg'ish, yirik hujayrali va yengil bo'ladi. Qalin daraxtzorda o'sgan qarag'ayning tanasi to'g'ri va kam shohli bo'ladi. Unda smola ko'p bo'lganligi sababli tez chirimaydi va nam ta'siriga chidamli ...

Joylangan
29 Apr 2024 | 17:03:11
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
27.03.2025 | 23:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Apr 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Arxitektura va qurilish
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
27.03.2025 [ 23:40 ]
Arxiv ichida: doc